I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili


O’zbek tilida so’z o’zagi


Download 289.5 Kb.
bet9/21
Sana30.04.2023
Hajmi289.5 Kb.
#1416781
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili

1.3. O’zbek tilida so’z o’zagi
Morfemika grammatikaning alohida bir bo’limi bo’lib, so’zlarning morfemik tarkibini, undagi morfemalarning o’zaro munosabatini , turlarini o’rganadi.
O’zbek tili agglutenativ tilar sirasiga kirganligini uchun so’zning o’zagi saqlanib qoladi.
Morfema – so’zning ifoda qilinishi jihatdan tovushdan keyin turadigan semantik –morfologik birlik bo’lib, so’zning eng kichik ma’noli qismidir. Morfema so’zning qayta bo;linmaydigan eng kichik ma’noli qismi sifatida leksik ma’noni ham anglatadi. Masalan , mexnatkashlarimizni so’zi- mexnat-, kash-, lar-, imiz-, ni qismlardan iborat. Bu qismlarning har biri shu tarkibda o’ziga xos ma’lum ma’noda qatnashgan .12
Leksik ma’no anglatish yoki anglatmasligiga ko’ra morfemalar ikki turga bo’linadi:

  1. O’zak morfema.

  2. Affiksal morfema

Masalan, uzumzor, mevali, bog’bon, ishchi, ishla, borgan, bolalar so’zlarining uzum, meva, bog’, ish, bor, bola qismlari o’zak morfema, -zor, -li, -bon, -chi, -la, -gan, -lar, qismlari affiksal morfema hisoblanadi.
So’z morfemalarini aniqlash uchun ularning hozirgi tilimizda hoh leksik, hoh grammatik ma’no anglata olishi hisobga olinadi. Ajratilmoqchi bo’lgan qism hozirgi tilda ma’no anglatmasa, boshqa so’zlar tarkibida kela olmasa, uni morfema deb bo’lmaydi. Shunga ko’ra ma’noli qismlarning chegarasini turli so’z tarkiblarini qiyoslash asosida aniqlanadi.
O’zbek tilida morfemalar o’zakka ketma-ket, biri orqasidan ikkinchisi qo’shiladi. So’zni morfemik tarkibga ajratish oxirgi morfemani belgilab olishdan boshlanadi va ketma- ket ravishda o’zak morfemani belgilash bilan tugallanadi.
Masalan:
Muz > muz+la > muzla+t > muzlat+il > muzlatil+gan,
Ko’k > ko’k+ar > ko’kar+tir > ko’kartir+ish > ko’kartirish+di,
Tom > tom +chi > tomchi +la > tomchila + moq > tomchilamoq+da.
O’zak morfema - so’zda albatta ishtirok etadigan, leksik ma’noni bildiruvchi qismdir. O’zak morfema yangi so’z yasalishi uchun, shakl yasalishi uchun ham asos bo’la oladi. Masalan, mevali, mevasiz, sermeva so’zlarida meva so’z yasalishi uchun asos bo’lsa, mevani, mavamiz, mevalar so’zlarida meva shakl yasalishi uchun asos bo’ladi.
O’zak morfema so’zning leksik ma’nosini bildiruvchi asosiy qism bo’lganligi uchun asosiy morfema, affikslar shu o’zak bilan birgalikda, shu orqali qo’llanganligi uchun ergash morfema yoki yordamchi morfema deb nomlanadi.13

Download 289.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling