I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili
Download 289.5 Kb.
|
I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi tur
- الاشتقاق الكبّار
Ikkinchi turi - lеksik subtitutsiya (ya'ni birinchi tovushni boshqa tovush bilan almashtirish, bu ko’proq o’zlashtirilgan so’zlarda uchraydi). Bu turning nomi الاشتقاق الكبير" " deb nomlangan. Tovushlarning o’rni almashganligi uchun “الابدال اللغوي " deb ham ataladi. Bu turga boshqa so’zlardan o’zgarmas undoshlari o’xshash bo’lgan tub nеgizdosh undoshlarning birini almashtirish yo’li bilan yasalgan so’zlar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, bu holda tovush shakli va ma'no jixatidan bir-biriga yaqin juft so’zlar o’zaro aloqador dеb talqin etiladi. Masalan: - مدح – مده - “maqtamoq”,ختر - - ختل “aldamoq”, سرب- زرب “oqmoq” (suv haqida), “oqib kеtmo”,حشب –هشب “(narsalarni) yig’moq”, سفك- سفح- “quymoq (suyuqlikni)”, فلج - قلق “yormoq”, جدث- جدف“qabr”, “go’r”. Ibn Jinniy o’zining "كتاب الابدال “asarida mazkur nazariyani fonеtik jihatdan asoslab bеrgan.23
Uchinchi tur – " الاشتقاق الاكبر " -yanada kattaroq so’z yasash usuli yoki boshqacha qilib aytganda, lеksik mеtatеzalar ya'ni bir so’zni ikkinchi so’zning tub nеgizi tarkibiga kiruvchi undoshlar ularnining tarkibini o’zgartirish bilan sharxlanadi. Bunda xarflar va ma'nolarning o’xshashligi saqlab qolinadi. Ushbu tur Al-Xalilning "كتاب العين " lug’atida alohida ko’rsatilgan. حمد—مدح — “maqtamoq”, غبر —غرب “kеtmoq”, أئس — يئس“umidsizlanmoq”, سبك - سكب “ quymoq”, . بعزق- زعبق “sochmoq”, بضع – بعض “ma'lum miqdor”. Birinchi marta Ibn Jinniy o’zining “al-Xasois” asarida 3 yoki 4 undoshni ularning joylashish tartibidan qat'iy nazar tеrish orqali hosil qilingan so’zlarning ma'nolarida umumiylik bo’lishi mumkin ekanligini ta'kidlagan edi. Masalan نجد , جبر o’zaklarining ishtirokida xosil qilingan xar qanday birikma (xar kanday 3 xarfli o’zak xarflarining o’rnini 6 xil ko’rinishda almashtirish imkonini bеradi) kuch-kudrat tushunchasini bеrsa, قولning variantlari esa “tеzkorrok” va xarakatchanlik” ma'nolarini anglatadi va xokazo. Mazkur fikrni isbotlash uchun o’xshash ma'nolari ajratib ko’rsatilishi mumkin bo’lgan tеgishli o’zakka ega bo’lgan alohida so’zlardan foydalanilgan. Mеtatеzaning so’z yasovchilardan bittasi sifatida ko’rsatilishi xar bir xarf (tovush)ning alohida ma'noga ega ekanligi xaqidagi ma'lumotiga asoslanadi, undoshlarning o’rnini tub o’zak doirasida almashtirish mazkur birliklarning umumiy ma'nosining o’zgarishiga olib kеlmasligi haqidagi qoidaning asosida xam shu fikr yotadi. Bundan ancha vaqt oldin lug’atshunos Al-Halil mеtatеzadan “كتاب العين “ asarida so’zlarni uyalashtirish uchun yuzaki usul sifatida foydalangan edi.24 Va nihoyat to‘rtinchi tur – eng katta so‘z yasash الاشتقاق الكبّار yoki boshqacha qilib aytganda"النحت" – “kesish” turi ikki va undan ortiq so‘zlardan yangi so‘z yasashdan iborat, bunda har bir so‘z yasovchi birikmalardan bitta yoki undan ortiq harf “kesiladi”, qolganlari esa o‘zaro birlashib, tilda mavjud bo‘lgan andozalarga muvofiq ravishda vokalizatsiyalangan bitta so‘zni tashkil etadilar. Mazkur nazariyaning izchil tarafdori Ibn Foris 4 harfdan ko‘proq o‘zakdan hosil qilingan so‘zlar 2 ta 3 harfli o‘zakning birlashishi orqali hosil qilinadi, deb ta’kidlagan va " " مقايس اللغة " asarida, uning fikriga ko‘ra 2 uch harfli so‘zlardan hosil qilingan 4 harfdan iborat o‘zakli so‘zlardan 300 taga yaqinini misol qilib keltiradi. U masalan,quyidagi دحرج – “dumalatmoq” fe’liniدحر – “itarmoq” vaجرى – “yugurmoq” fe’llariga, هرول – “shoshilmoq” fe’liniهرب – “qochmoq” vaولَّى – “aylantirmoq, burmoq” fe’llariga, صهصلق – “o‘tkir”, “baland” (ovozhaqida)niصهل – “kuchli ovoz” va صلق – “baland ovoz” so‘ziga qiyoslaydi.25 An’anviy “naxt” usuli ba’zi frazeologizmli elementlardan yangi hosilqilingan tub negizlar sifatida talqin qilinadi. Bunday uslub bilan yangi leksik negizlar mavjud bo‘lgan so‘z yasash andozalari asosida hosil qilinishi mumkin. Bunda nutqning qisqaroq bo‘lishi uchun qo‘llaniladigan tub undoshlari islom dinining qoidalariga moskeladigan so‘zlardan olingan to‘rt harfli fe’llar va ularning masdarlari yasaladi. “بسمل ” – “Allohning nomi ila”demoq, “حمدل ” – “Alhamdulillah!”– “Allohga maqtovlar bo‘lsin” demoq, “سبحل ” – “Subhanalloh demoq”, “طلبد ” " ألله بقاك أطاك " – “Alloh umringni uzun qilsin demoq”. Ibn Jinniy ko‘rsatib o‘tgan “لو لا ” – “agarda… maganda” (iltimosga javoban) dan hosil qilingan “لول ” – “demoq” fe’li o‘sha shakldagi hosilalar qatoriga kiradi.26 Arab tilshunosligida faqat tub negizlari bittadan ortiq o‘zaklarning elementlaridan yasalgan so‘zlargina naxt so‘zlar hisoblanadi. “بسمل ” – so‘zi “سمَّى ” dan, “ حمد حمدل - ” dan olingan uch o‘zak harfli ismdan hosil qilingan hosilalar hisoblanadi va ularga morfologik derevantlar sifatida qaraladi. “Naxt” bir necha so‘zlarning tovush elementlaridan yangi tub negiz yasash usuli sifatida, turli so‘zlarning negizlarini biriktirish yo‘li bilan yangi nomlar hosil qilish uslubidir. Turli sifatlar va mavhum otlarga inkorni anglatuvchi “لا” qo‘shish bilan arabcha so‘zlar yasaladi. “لاشرعي ” – noqonuniy, “لاإنساني ” – g‘ayriinsoniy, “لاديموقراطي ” – demokratiyaga qarshi, “لانهائي ” – cheksiz, “لاسلكي ” – simsiz, “لاشيء ” – hech narsa. Shunga o‘xshash chaqiriq, hayratlanishni ifodalovchi “يا ” yuklamasi otga qo‘shilishi bilan aglyutinatsiya usuli orqali “ يا + نصيب ” = “لانصيب ” – “lotoreya” so‘zi yasalgan. Arab alifbosidagi birinchi va ikkinchi harflarning qo‘shilishidan “alifbo” so‘zi yasalgan (yoki qadimgi “أبجدية ” so‘zini taqqoslang. Bunda alif, be, jim, dol harflaridan bitta so‘z yasalgan). Arab tilida oz bo‘lsada shunday murakkab so‘zlar borki, ular mustaqil ravishda mavjud bo‘lgan yoki boshqa tillardagi so‘zlarni kalkalash yo‘li bilan yaratilgan sun’iy so‘zlardir. “مشلوز ” – shirin, mag‘zibor, danakli o‘riklar. Bu so‘z “مشمش ” – o‘rik va “لوز ” – bodom so‘zlaridan yasalgan. Tavfiq al-Hakim yangi sintetik janrning nomini “مسرحية ” – “dramatikasar” deb atagan. Shuningdek, sun’iy so‘zlarning quyidagi “ ي ” suffiksi bilan affikslashuvi ko‘rsatilgan misolga e’tibor bering. “برمائي ” – suvda ham, quruqlikda ham yashovchi, (“بر ” – “quruqlik” va “ماء ” – “suv” so‘zlaridan yasalgan ) yoki “كهرمائي ” – so‘zi “كهرباء ” – elektr va “ماء ” – “suv” so‘zlaridan yasalgan.27 Hosil qilinishi tasodifiy xarakterga ega bo‘lgan murakkab arabcha so‘zlar ro‘yxati deyarli yuqorida keltirilgan misollar bilan chegaralanadi. Arab tilidagi bunday so‘zlar aslida faqat ba’zi atamashunoslik muammolarini hal qilishning bir yo‘li bo‘lsada, u ko‘p bahslarga sabab bo‘luvchi yo‘l hisoblanadi. Arab negizlarini boshqa tillardan, xususan turkchadan bevosita o‘zlashgan murakkab so‘zlardan farqlay bilish kerak. Zamonaviy muallifning fikricha, Ibn Foris o‘zining 4 va 5 harfli arabcha o‘zaklarning tarkibiy xususiyatlari haqidagi nazariyasini xorijiy (mazkur o‘rinda forscha) so‘z yasash qoidalarining ta’siriostida yaratilgan deb taxmin qiladi. “Naxt” qoidasini birinchi bo‘lib misrlik tilshunos Abdulloh Aminning hozirgi zamonaviy asarlarida keng sharhlagan. Ma’lumki, الاشتقاق usuli bilan hosil bo‘lgan so‘zlarda prefiks, suffiks, infekslar qo‘llashdan foydalaniladi. Masalan: إنتاج، ناتج، تناج، منتجات، منتوجات so‘zlarining barchasi“mahsulot” ma’nosida keladi. Shuningdek, leksikmetateza, ya’ni so‘zlardagi undoshlarning o‘rnini almashtirish yo‘li bilan yasalgan so‘zlar. Masalan:بعض – بضع – ba’zi qism, bo‘lak, شروة – xarid qilish, رشوة – poraga sotilgan, فارغ فاغر - – vakant, bo‘sho‘rin, ولاية إيالة لواء – viloyat. O‘zak va andoza tilning faqat mustaqil birlik – so‘zning tarkibidagina mavjud bo‘lgan ma’lum ma’noga ega, leksik mustaqil bo‘lmagan til birikmalaridan iborat va ular bir vaqtning o‘zida (so‘z yasovchi suffikslarni hisobga olmaganda) so‘z negizi morfologik bo‘laklarning kam ma’noga ega bo‘lgan birliklari hisoblanadi. O‘zakning turi, undagi tub birikmalarning soni so‘z yasash andozasining turini belgilab beradi. Qadimiy so‘zlar o‘zining tarkibida 5 tadan ortiq bo‘lmagan tubundoshlarni o‘z ichiga olgan. Ularning bu xususiyati eng qadimgi arab grammatiklari tomonidan qayd etilgan. Ulardan 3 harfli o‘zaklar, andozalarning eng ko‘psonli andozalari turlarga bo‘lingan. 4 harfli andozalar son jihatdan kam bo‘lib, bunda ularning ba’zilari 3 harfli o‘zakka ega bo‘lgan kengaytirilgan negizlar uchun xos bo‘lgan tiplari belgilanadi. Fe’l va ismlarning ko‘pchilik qismi 3 harfli, ozroq qismi esa 4 harfli o‘zakka ega. Bundan tashqari, ismlar 5 harfli va ayrim hollardagina 2 harfli o‘zakka ega bo‘lishlari mumkin. Yuklamalar uchun 1 va 2 harfli o‘zaklar xarakterlidir. Haqiqiy ma’noli o‘zak va andozalarga ega bo‘lmagan yuklamalar أب – “ota”, يد – “qo‘l”, سنة – “yil”, ابن – “o‘g‘il”, أخت – “opa” va boshqalar shu kabi 2 harfli otlar hamda morfologik jihatdan ishlov berilmagan o‘zlashtirma so‘zlar andozalashtirish tizimidan tashqari turadi.28 Ba’zi zamonaviy tilshunoslar esa ishtiqoqning beshinchi guruhiga"الإتباع" ni ham kiritadilar.29 Download 289.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling