I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili


Download 289.5 Kb.
bet8/21
Sana30.04.2023
Hajmi289.5 Kb.
#1416781
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili

Ikki o’zakli – فم, يد

  • Uch o’zakli –صبر, طلب

  • To’rt o’zakli –ترجم, دخرج

  • Besh o’zakli –عندليب, سفرجل

    Fe’llar esa faqat uch va to’rt undosh o’zakdan iborat bo’ladi.
    O’zakni tashkil etuvchi undoshlarning harakteriga bog’liq holda fe’llar quyidagi turlarga bo’linadi:
    Fe’l asl harflarida illatli harf bo’lishi yoki b’lmasligi e’tibori bilan ikki turli bo’ladi:

    1. Sahih, ya’ni to’gri o’zakli fe’l.

    2. Mu’tal, ya’ni o’zagida illat harfi bor fe’l.

    Sahih - asl harflarida illatli harf bo’lmagan fe’l. Buning o’zi uch turlidir:
    1. Solim, ya’ni sog’lom fe’ldir, o’zak harflarida hamza va muzo’af (ikki bir jinsli harf) bo’lmagan fe’l. Bu fe’lning o’zak harflari xar xil xarflardan tashkil topadi.
    Masalan:كتب, خرج
    2. Mahmuz , ya’ni o’zak harflaridan birida hamza bo’lgan fe’l. Masalan: أكل, سأل, قرأ
    3. Muzoaf, ya’ni o’zagi uch undoshli bo’lgan fe’lning ikkinchi va uchinchi undoshi bir jinsdan bo’lgan fe’ldir.
    Masalan:فرّ, حبّ
    Mu’tal – o’zak harflaridan biri yoki ikkitasi illatli harf bo’lgan fe’l. Bunday fe’llar besh turlidir:

    1. Misol – so’z o’zagining birinchi harfi illatli bo’lgan fe’l. Masalan: وعد, يسر

    2. Ajvaf – so’z o’zagining ikkinchi harfi illatli bo’lgan fe’l.

    Masalan: قام, طاف

    1. Noqis – so’z o’zagining uchinchi harfi illatli bo’lgan fe’l.

    Masalan: دعا, رمى

    1. Multaviy – so’z o’zagining birinchi va uchinchi harfi illatli bo’lgan fe’l. Masalan: وفى, وحى

    2. Lafif – so’z o’zagining ikkinchi va uchinchi harfi illatli bo’lgan fe’l. Masalan: قوى, روى 11

    Noo’zak harflar. Yuqorida aytganimizdek, so’z o’zak undoshlar hamda o’zak tarkibiga kirmaydigan unli va undosh tovushlar majmuidan iborat bo’ladi. Arab tilida o’zak tarkibiga kirmaydigan unli va undoshlarni ifodalovchi harflar 10 ta. Ular noo’zak harflar deyiladi. Ular: ه,ء , ا , ل , ي , و , م , ت , ن , س Bu harflarni yodda saqlashni yengillatish uchun ularni bir jumla holiga keltirilgan: - اليوم تنساه - ‘alyavma tansaahu –“sen bugun uni unutasan”. Bu jumladagi ي , و , ا harflari, undosh bo’lib ham, unli bo’lib ham kelishi mumkin. O’zak undosh bo’lib ham, noo’zak undosh bo’lib ham kelishi mumkin.



    Download 289.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling