و - ا - ي
Sahih harflar, deb hech bir vaqt tushib qolmaydigan va ikkinchi harfga almashmaydigan harfalarga aytiladi. Yuqoridagi uchta harfdan boshqa harflardan boshqa harflar sog’lom harflardir. Masalan, قطع
So’zini olsak, uni nechta qilipga solsak ham, o’zak harflari tushib qolmaydi:
قطع- يقطع- قاطع- مقطوع- اقطع
Bunda قطع kalimasini besh qolipga solganimizda, so’z o‘zaklari o’z holicha qoladi.
Endi o’zagida illatli harflar bor so’zni olib ko’raylik:
Masalan:قول kalimasini olib ko’raylik. Turli qolipga solinsa, و" "harfi ikkinchi harfga alishadi yoki tushib qoladi:
قال – قائل – قلت – قل
Bunda قول ning " و" i birinchi misolda "ا" ga, ikkinchi misol "ي"ga aylangan. Keying misollarda esa tushib qolgan.7
Arab tilida so’z o’zagi. Arab tilidagi so’zlarning o’zagi uning skletini tashkil etib faqatgina undosh tovushlardan tuziladi. So’zning o’zagi ko’pincha asosiy umuman ma’nolarni bildiradi. So’z tarkibidagi unli tovushlar o’zakning ma’nosini o’zgartiradi va grammatik munosabatni aks ettiradi. So’z strukturasini o’zgarishi va tovushlarning almashish hodisalari arab morfologiyasining harakterli hususiyatidir.
Bu so’zlarning forma va konkret leksik ma’nolari farqlansa ham ular o’zaro umumiy o’zakka ega, ular asosiy ma’no bilan bog’lanadilar.
Arab tilida so’zning o’zagi undosh tovushlardangina iborat bo’ladi. O’zakni tashkil etuvchi undosh tovushlar o’zak undoshlar deyiladi. O’zak undoshlar so’zdagi umumiy ma’noni ifodalaydi. O’zak undoshlarning oldiga , orasiga, orqasiga unli va noo’zak undoshlarning qo’shilishidan so’z hosil bo’ladi. Masalan:
كتب - kataba - yozdi
يكتب –yaktubu –yozayapti,
كاتب -katibun- yozuvchi,
مكتوب - maktubun-xat,
كتابة - kitabatun-yozish,
كتاب- kitab-kitob,
- مكتب maktab-yozuv stoli,
مكتبة - maktabatun- kutubxona,
Do'stlaringiz bilan baham: |