I bob. Arxeologiya fani haqida umumiy tavsif


Download 58.23 Kb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi58.23 Kb.
#1408729
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ARXEOLOGIK QAZUV ISHLARIDA ETNOGRAFIK KUZATUV USULLARI


MAVZU: ARXEOLOGIK QAZUV ISHLARIDA ETNOGRAFIK KUZATUV USULLARI.
REJA:
KIRISH
I BOB. ARXEOLOGIYA FANI HAQIDA UMUMIY TAVSIF

    1. Arxeologiya fani haqida umumiy tavsif

    2. Arxeologiya fanining vujudga kelishi tarixi

II BOB. ARXEOLOGIK QAZUV ISHLARIDA ETNOGRAFIK KUZATUV USULLARI
2.1 Arxeologik qazuv ishlari
2.2 Qazuv ishlarida etnografik kuzatuv usullari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. Milliy mustaqillik xalqimiz tarixida yangi uyg’onish davrini boshlab berdi. Rus chorizmi va totalitar tuzum illatlari va tazyiqidan xolos bo’lib, o’tmish tariximizni, ajdodlarimizning boy ilmiy-madaniy merosini yangicha ruh iftixor va shijoat bilan xolisona o’rganishga kirishdik. Barcha jabhada bo’layotgan islohotlar singari ma'naviy hayotimizda ham chukur hamda yangicha tafakkur asosida keng tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Birinchi prizidentimiz tarixchilar oldiga quygan eng dolzarb va ustivor vazifalar – milliy davlatchiligimiz tarixi va o’zbek xalqining etnogenezini tadqiq etishda etnografiya (etnologiya)- elshunoslik (xalkshunoslik) fanining o’rni beqiyosdir. Etnografiya va enoarxeologiya ko’p qirrali ijtimoiy fan bo’lib, uning asosiy tadqiqot ob'yekti millatlar, xalqlar va elatlar (etnoslar) hisoblanadi.1
XXI asr boshiga kelib jahon aholisi soni 7 mlrd.dan oshdi. O’tgan XX asr mobaynida dunyoning etnik qiyofasi, unda yashovchi xalqlarning taqdirida tub o’zgarishlar ro’y berdi. Birinchi va ikkinchi jahon urushlari millatlar taqdirida ayanchli iz qoldirdi. Hozirgi davrda jahonda fanga ma'lum ikki mingdan ortiq xalqlar va elatlar yashaydi. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda yer ko’rrasida etnoslarning soni 3-4 mingga yetadi. Shulardan 257 tasi bir million kishidan ortiq aholiga ega bo’lgan xalqlardan iborat bo’lib, ular jahon aholisining 96% ini tashkil qiladi. Eng kam sonli aholiga ega 1,5 mingga yaqin xalqlar dunyo aholisining atigi 1-2% ini tashkil qiladi. Dunyo aholisi 3 mingga yaqin tilda so’zlashadi. Sayyoramizning Avstraliya, Afrika, Amerika qit'alarida ibtidoiy jamiyat darajasida turgan urug’-qabilalardan tortib, katta-kichik xalq va elatlargacha mavjuddir. Albatta, ular ham sekinlik bilan qabilaviy tuzum sharoitidan bozor munosabatlari girdobiga tortilmoqda.

Download 58.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling