I bob. Asalarilar haqida umumiy maʼlumot
Asalarichilikning iqtisodiy ahamiyati
Download 480.68 Kb.
|
kurs ishi guli
2.2 Asalarichilikning iqtisodiy ahamiyati
Asalarichilik bilan qadimdan shug’ullanib kelganlar. Yaqinda qadimgi Misrda arxeologlar tomonidan o’tkazilgan qidirishlar vaqtida topilgan sopol idishlarda qurib qolgan asal va mum qoldiqlari borligi aniqlangan. Bu idishlar fir’avnlarning 15 dinastiyasiga to’g’ri kelib, bundan 3000 yillar ilgari ham kishilar asalarichilik bilan shug’ullanganliklaridan dalolat beradi. Bundan tashqari, kishilar asalning davolash xususiyatini ham yaxshi bilganlar. Eramizdan oldingi 323-yilda Hindistonda mashhur sarkarda Aleksandr Makedonskiy vafot etadi. Uning jasadi bir necha ming kilometr masofaga (o’sha zamon transportida) Grestiyaga keltiriladi. Bunda jasad butunlay buzilmagan holda keltirilgan bo’ladi, chunki, murda butunlay asal bilan suvalgan va u chirituvchi bakteriyalarni o’ldirish xususiyatiga ega bo’lgan. 2.2. 1- rasm. Asalarichilik Asalarilar haqida gap ketganda ko’z o’ngimizga asal va uning mumi keladi. Asalarilar ko’pchilik o’simliklarni changlantirib, hosildorligini oshirishda ham katta ro’l o’ynaydi.
2.2 2- rasm. Asalarichilik Har bir asalari oilasi yil davomida 100—120 kg asal to’playdi. Shundan 60—70 kg asalarining o’zi uchun oziq bo’lsa, qolgan 40—50 kg asal esa biz uchun qoladi. Kushandalardan himoyalanish uchun asalarilarda o’tkir nish bo’ladi. U keyingi qorinning uchki qismida joylashgan zaxarli bezlari bilan tutashgandir. Bu bezlarda ishlanib chiqqan asalari zaxarining tarkibi oqsil moddalar va kislotalardan iborat bo’lib, uning rangi va tarkibi ilon zaxariga o’xshab ketadi. Asalari zahari har xil hayvonlarga turlicha ta’sir etadi. Tipratikan, ayiq kabilarga asalari zaxari unchalik ta’sir ko’rsatmaydi. Agar odamni asalari chaqsa, uning nishi va nerv tugunchalari asalari tanasidan ajralib qoladi va asalarining o’zi tezda o’ladi.Asalari zaxaridan ba’zi kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Bunda asalari zaxarining konsentratsiyasini kamaytirib yoki undan malham tayyorlab bod va nerv kasalliklarini davolashda, qon bosimini kamaytirishda yoki organizmning umumiy tonusini hamda ish qobiliyatini oshirishda foydalaniladi. Ammo asalari zaxaridan vrach maslahati bilan foydalanish kerak, chunki u o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, odamlarga turlicha ta’sir etadi. Ko’pchilik odamga unchalik ta’sir ko’rsatmasa ham, lekin ba’zi kishilarda esa ich surishi, qusish va hushsiz bo’lib qolishi, biror organga qon quyilishi kabi nohush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Hatto juda ko’p asalari chaqqanida odamlarning o’lib qolish hollari ham kuzatilgan. Download 480.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling