I-bob. Atrof muhit – tabiiy hodisa. Atrof muhit manitoringi
Qo’riqxona, milliy bog` va buyurtma qo’riqxonalar
Download 52.38 Kb.
|
atrof muhit docx
Qo’riqxona, milliy bog` va buyurtma qo’riqxonalar.
1993 yilda «Maxus muhofaza qilinadigan hududlar to’g`risida» qonun qabul qilindi. Unda bunday hududlarni aniqlash, ularni tartibga solish, muhofaza qilish qonun-qoidalari qayd qilingan. O’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ularning nodir va tugab borayotgan turlarini saqlab qolishda, sonini ko’paytirishda qo’riqxona, milliy bog` va buyurtma qo’riqxonalar ahamiyati kattadir. qo’riqlanadigan erlarning umumiy maydoni 2 mln. gektardan ortiq. Mamlakatda 9 qo’riqxona bo’lib, 5 tasi – tog`da, 2 tasi – daryo qayiridagi to’qayda va 1 tasi cho’l landshaftlarida joylashgan. Bular Chotqol tog`-o’rmon, Zomin, Qizilqum, Bodayto’qay, Nurota, Zarafshon, Hisor, Surxondaryo, Kitob qo’riqxonalaridir. Bu qo’riqxonalarda bioekologik tadqiqotlar olib boriladi. Qo’riqxonalardan tashqari kamayib ketayotgan o’simlik va hayvon turlarini saqlab qolish va tiklash maqsadida 9 ta buyurtma qo’riqxona barpo etilgan. Bular Arnasoy, Qorako’l, Sayg`oq, Sudoch’e, Sarimish, Qoraqir, Qarnobcho’l, Qo’shrabot, dengizko’l buyurtma qo’riqxonalar bo’lib, ularda qishlovga uchib keluvchi yirik qushlardan – o’rdak, g`oz, birqozon, oqqush, suv qushlaridan o’rdak, g`oz, qoravoy, flamingo (qizilg`oz) himoya ostiga olingan. Alohida ekologik, tarixiy va nafosat ahamiyatiga ega bo’lgan, shu bilan birga tabiatni muhofaza qilish, rekreastiya, ilmiy, madaniy, ma’rifiy maqsadlarda foydalanishga mo’ljallangan alohida muhofaza etiladigan ob’ektlarni o’zida qamrab olgan milliy bog`lar ham tashkil etilgan. Bundan milliy bog`lar hozircha 2 ta: Zomin milliy bog` (maydoni 241,1 km2) bilan Ugom-Chotqol milliy bog`i (5745,9 km2) ajoyib iqlimli sermanzara landshaftlari aholining dam olib, xordiq chiqarishi, sport turizmi mashg`ulotlari bilan shug`ullanishi uchun juda qulaydir. Unda bargli siyrak tog` o’rmonlari, butazorlar, archazorlar, subalp o’tloqlari tabiiy komplekslari va ularda yashaydigan noyob hayvonlar muhofaza qilinadi, ilmiy ishlar olib boriladi. Tabiatning noyob, diqqatga sazovor ob’ektlariga g`orlar, ajoyib shaklli qoyalar, daralar, sharsharalar, yer qatlamlari ochilib qolgan joylar, sharsharalar, o’ziga xos buloqlar, katta yoshli daraxtlar kiritiladi. Tabiatning bunday ob’ektlari ilmiy, rekreastiya, turizm, sayohat, nafosat maqsadlarida o’rganiladi va muhofaza qilinadi. Tabiatning go’zal, rang-barang, havo va suvi musaffo, tabiati shifobaxsh landshaftlari ham maxsus muhofaza qilinadi. Chunki bunday landshaftlarni asil holida saqlab qolib, muhofaza qilish, ulardagi tabiiy jarayonlar va ekologik muvozanatning vaqt davomidagi qonuniy o’zgarishlarini tadqiq qilish jihatidan ham muhim ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhoaza qilish davlat qo’mitasi respublika hududida 400 dan ortiq tabiat yodgorligini hisobga olgan. Bulardan 80 ga yaqini jonsiz tabiat yodgorliklaridir. Jonsiz tabiat yodgorliklari orasida xilma-xil karst relefi shakllari, shu jumladan, arxeologik ahamiyatga ega bo’lgan g`orlar va ungurlar, shuningdek nodir buloqlar, sharsharalar, ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lgan qoyalar va geologik ochilmalarni muhofaza qilish muhim vazifalardan hisoblanadi. Sayrobdagi qadimiy chinor, Boysundagi Chorchinor, odamlarning qadimgi ajdodi topilgan Teshiktosh g`ori, Xo’jakentdagi qoyaga chizilgan rasmlar, Chinor, Amir Temur g`ori, Qirqqiz, Odamtosh, «Dinazavrlar jangi» qoyalari va boshqalar shular jumlasidan. Ularning betakror, sehrli va maftunkor manzaralari jiddiy muhofazaga muhtojdir. Tabiat bilan jamiyatning o`zaro munosabati murakkab jarayon bo`lib, u zamon va makonda tez o`zgaruvchandir. Inson tabiat boyliklaridan qancha ko`p foydalansa, tabiat ham unga shuncha "tashvish" keltiradi. Tabiat boyliklarini maxsuldorligini va tabiiy sharoitini inson uchun qulayligini saqlab qolish uchun ulardan extiyojga yarasha, me'yorida foydalanishni hamma joyda amalga oshirish, tabiatini izchillik bilan boyitib borish, uning komponentlari o`rtasidagi tabiiy o`zaro muvozanatni barqaror saqlab turish zarur. Shundagina tabiat bilan inson o`rtasidagi o`zaro munosabat ijobiy tusga ega bo`ladi. O`zbekistonning mustaqillikka erishishi tabiat muhofazasi muammolarini jadal va katta mas'uliyat bilan hal qilishda yangi bosqich ochdi. Konstitutsiyamizda "Yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir" deb mustahkamlab qo`yildi. Bundan tashqari 1992 yil 9 dekabrda O`zbekiston Oliy kengashi O`zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida" qonunini qabul qildi. Endilikda ekologik muammolar hukumatning doimiy nazoratida, bu soxada ilk muvofaqqiyatlar ko`lga qiritilmoqda. Atrof muhitning ekologik holati va hududlar ekologik muvozanatining buzilishi ko`p jihatdan atmosfera havosining tarkibiga hamda uning turli ishlab chiqarishlar ta'siridagi salbiy o`zgarishlariga bog`liqdir. O`zbekiston hududining o`ziga xos tabiiy xususiyatlari uni ekologik xo`jalik rayonlariga ajratish va har bir rayon yer usti atmosfera havosining ifloslanish potensialini aniqlashga imkon berdi. Respublika hududida atmosfera havosining ifloslanish potensiali 2,4 dan 3,3 gacha o`zgarishi qayd qilindi. Atmosfera havosining ifloslanish darajasining kattaligi (3,0-3,3) Chirchiq-Ohangaron va Farg`ona vodiysida kuzatiladi. Bunga sabab bu yerdagi hududiy ishlab chiqarish majmualari nisbatan rivojlanganligida, avtotransport harakatining ko`pligi tog`-kon sanoatining salbiy ta'siri va qishloq xo`jaligida zararli ximikatlardan ortiqcha foydalanishdir. O`zbekistonda 1994 yilda atmosfera havosiga chiqarilgan jami chiqindilarning miqdori 264 mln. tonnani tashkil qilgan bo`lib, uning 0,9 mln. tonnasi sanoat korxonalari chiqindisi, 1,4 mln. tonnasini transport vositalaridan chiqqan ifloslovchi moddalar tashkil qilgan. Chunonchi Toshkentda atmosfera havosining ifloslanishida shahar transportining hissasi 80% dan ortiqdir. O`zbekistonda atmosfera havosining ifloslanishi yirik sanoat tutunlari bilan birga shamol yo`nalishi mintaqalariga ham to`g`ri keladi. (Masalan, Chirchiq-Toshkent, Angren-Ohangaron, Nurobod-Olmaliq-Bo`ka va b.) Olmaliq, Angren, Farg`ona, Qarshi kabi shaharlar havosi eng ko`p ifloslangan shaharlardir. Keyingi yillarda O`zbekistonda atmosfera havosining tozaligini saqlash bo`yicha birmuncha ijobiy ishlar kuzatilmoqda. Xulosa:
Xalqaro ekologik-huquqiy javobgarlikda aybdorlarga nisbatan noqulay siyosiy kechinmalarni qo‘llash sanksiyasi ham mavjud. Jazo turi xalqaro tashkilotlar yoki ularning sudlov organlarining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi. Aybdor deb topilgan xalqaro sub’yekt xalqaro tashkilotlar safidan chiqariladi yoki ularga nisbatan turli ko‘rinishdagi yoki shakldagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, har¬biy, ekologik «boykot» e’lon qilinadi. Bunga yaqqol misol qilib BMТ¬ning Iroq Respublikasiga nisbatan bir necha yil mobaynida qo‘llanilgan iqtisodiy «boykot»ini olsak bo‘ladi. 2000-yil fevral oyida Rossiya Federatsiyasiga qarashli «Volga-Don» mazut tashuvchi daryo kemasi Bosfor bo‘g‘ozida Iroq xom ashyosini olib ketayotganda ush¬landi va yoqilg‘i konfiskatsiya qilindi hamda kema qarashli kompaniyaga katta jarima solindi. Iroq Respublikasi urushni targ‘ib qilish va yadro qurolini yaratish orqali tabiatga va inson hayotiga tajovuz qilayotgan harakatlari uchun u xalqaro Gaaga sudi qarori bilan siyosiy sanksiyaga tortildi. Ammo yurisprudensiyada qo‘llaniladigan asosiy prinsiplardan biri «Huquqbuzarliklar uchun jazoning muqarrarligi» xalqaro-eko¬logik javobgarlikda hanuzgacha to‘lig‘icha qo‘llanilmayapti, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Eng nufuzli xalqaro sudlov organi — BMТ ning xalqaro Gaaga sudi 1945-yil BMТ bilan bir vaqtda faoliyat yurgiza boshladi. Sudya¬lar Bosh Assambleya tomonidan 5 yil muddatga saylanadilar. BMТ Nizomining 99-moddasiga binoan Gaaga sudi Xavfsizlik Kengashiga, xalqaro ekologik masalalar, jumladan, ekologik xavfsizlikni saqlashga doir har qanday masalalarni ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish huquqiga ega. Xalqaro ekspertlarning ma’lumotlariga ko‘ra Yer kurrasida davlatlar yoki transkontinental kompaniyalar tomonidan sodir etilayotgan ekologik huquqbuzarliklarning bor-yo‘g‘i 7—8 foizi xalqaro sudlov organlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Vaholanki, ularning hammasi ham yetarlicha javobgarlikka tortilmayaptilar, natijada atrof-muhitga yetkazilayotgan zararni qoplash uzoq muddatga cho‘zilib ketmoqda. Gaaga sudidan tashqari bir qancha regional va subregional toifadagi xalqaro sudlar mavjud. Ular 200 dan ziyod ikki va ko‘p tomonlama imzolangan shartnoma va kelishuvlar bo‘yicha xalqaro ekologik javobgarlik sanksiyalarini qo‘llashlari mumkin. Bunda davlatlar o‘z¬larining milliy qonun me’yorlarini yoki xalqaro tashkilotlarning Ni¬zom¬larini «ro‘kach» qilib ko‘rsatishlari aslo inobatga olinmasligi kerak. Chunki, xalqaro ekologiya huquqi prinsipiga binoan atrof-muhitni muhofaza qilishda xalqaro huquqiy-me’yoriy normalar milliy normalarga nisbatan ustuvorlikka egadir. Download 52.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling