I bob axborot logistikasi
Logistikada qo‘llaniladigan axborot tizimlari turlari
Download 189.5 Kb.
|
LOGISTIKA 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rejali axborot tizimlari.
- Dispozitiv axborot tizimlari.
- Boshqaruvchi axborot tizimlari
Logistikada qo‘llaniladigan axborot tizimlari turlari.
Ayrim korxona miqyosidagi axborot tizimlarini o‘z navbatida uch guruhga ajra-tadilar: rejali; dispozitiv (yoki dispetcherlik); bajaruvchi (yoki operativ). Har xil guruhlarga mansub bo‘lgan logistik axborot tizimlari, o‘zlarining funksional va ta’minlovchi tizimchalari bilan farqlanadilar. Ta’minlovchi tizim-chalar o‘zlarining barcha unsurlari, ya’ni texnik, axborot va matematik ta’minoti bi-lan bir-biridan farq qilishlari mumkin. Ayrim axborot tizimlarining xususiyat-lariga batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Rejali axborot tizimlari. Bu tizimlar boshqaruvning ma’muriy darajasida (bosqichida) barpo etiladilar va strategik uzoq muddatli qarorlarni qabul qilishga yordam beradilar. Yechiladigan masalalar orasida quyidagilar bo‘lishi mumkin: logistik zanjir bo‘g‘inlarini yaratish va ularni optimallashtirish; shartli-muntazam, ya’ni kam o‘zgaradigan ma’lumotlarni boshqarish; ishlab-chiqarishni rejalashtirish; zaxiralarni umumiy boshqaruvini amalga oshirish; rezervlarni boshqarish va boshqa masalalar. Dispozitiv axborot tizimlari. Bu tizimlar ombor yoki sexni boshqarish dara-jasida (bosqichida) barpo etiladilar va logistik tizimlarning yaxshi yo‘lga qo‘yil-gan ishini ta’minlash uchun xizmat qiladilar. Bunda quyidagi masalalar o‘z yechimini topishlari mumkin: zaxiralarni (omborga qo‘yishni) ... boshqarish; ombor (q.x. korxonasi) ichidagi transportni boshqarish; buyurtmalar bo‘yicha yuklarni tanlash, butlash, jo‘natiladiganlarini hisobga olish va boshqalar. Boshqaruvchi axborot tizimlari ma’muriy yoki operativ boshqaruv darajasida (bosqichida) barpo etiladilar. Bu tizimlarda axborotlarni qayta ishlanishi, ularni EHM.ga kelib tushishi tezligida amalga oshiriladi. Bu ishlarning barchasi birda-niga amalga oshiriladi, hamda ishlab-chiqarish va xizmatlarining hozirgi holati to‘g‘risida ma’lumot olish, hamda boshqaruv obyektlariga nisbatan tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish imkonini beradi. Ushbu tizimlar moddiy oqimlar nazorati, ishlab-chiqarishga xizmat ko‘rsatishni operativ boshqaruvi, xarakatlanishlar boshqarilishi va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan turli xildagi masalalarni yechishlari mumkin. Yuqorida aytib o‘tilganidek, ta’minlovchi tizimchalarda ham farqlar mavjud. Rejali, dispozitiv va bajaruvchi axborot tizimchalari dasturiy ta’minotining tav-sifiy xususiyatlariga batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Moddiy oqimlarni boshqarishning ko‘p bosqichli avtomatlashgan tizimlarini yaratish, dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasidagi katta xarajatlar bilan bog‘liq-dir. Dasturiy ta’minot bir tomondan tizimning ko‘p funksionalliligini, ikkinchi tomondan esa uning yuqori darajadagi integratsiyasini ta’minlashi lozim. Shu muno-sabat bilan, logistika sohasida boshqaruvning avtomatlashgan tizimlarini yaratish-da nisbatan arzon bo‘lgan, mahalliy sharoitlarga moslashgan, standart dasturiy ta’-minotni ishlatish imkoniyatlari izlanishi kerak. Hozirgi kunda yetarlicha takomillashgan dasturlar paketlari yaratilmoqda. Am-mo ular axborot tizimlarining barcha turlarida qo‘llanilavermaydi. Bu moddiy oqimlar boshqaruvida yechiladigan masalalarning standartlashish darajasiga bog‘liq. Rejali axborot tizimlaridagi masalalarni yechishda standartlashish darajasi eng yuqori, bu esa standart dasturiy ta’minotni deyarli qiyinchiliklarsiz moslash-tirish imkonini beradi. Dispozitiv axborot tizimlarida standart dasturlar pake-tini moslashtirish imkoniyati past. Bu bir qator sabablarga bog‘liq: korxonalardagi ishlab-chiqarish jarayoni tarixan shakllanib kelgan va biror-bir o‘zgarishlar kiritish juda qiyin kechadi; turli foydalanuvchilardagi qayta ishlanadigan ma’lumotlar tuzilmasi kes-kin farqlanadi. Bajaruvchi axborot tizimlaridagi boshqaruvning operativ darajasida, ko‘p hol-larda, individual dasturiy ta’minot qo‘llaniladi. Download 189.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling