I bob. Badiiy asarning umrboqiyligi masalasi


Аdаbiy turlаr vа jаnrlаr. Uch jildlik. - Tоshkеnt: Fаn, 199], 1992. 1.2.Badiiy asar tilini tahlil qilishning xilma-xil shakli


Download 150 Kb.
bet3/6
Sana29.01.2023
Hajmi150 Kb.
#1138203
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ad.shunoslik

_________
3. Аdаbiy turlаr vа jаnrlаr. Uch jildlik. - Tоshkеnt: Fаn, 199], 1992.

1.2.Badiiy asar tilini tahlil qilishning xilma-xil shakli
Shu she`rni tahlil qilgan A.Hamdamov ko`rsatib o`tganiday: «Chigal sharoitga tushib qolgan odamlar, ko`pincha, bu ahvolning haqiqiy sababini qidirib o`tirmasdan, shu holatga sabab bo`lgan kishini so`ka boshlaydilar. “Hangoma” sherining qahramonlari ham bu «an`anati davom ettirishadi:
- Qora qishda to`y silmay Battar bo`lgur, nokas, gov. Bachchag`arning aslida Fe`li sovuq edi-yov.
Voqea sodir bo`layotgan vaqt ham shoir tomonidan bir necha marta turli usul va shakllarda eslatiladi.
Shu tarzda dastlabki tanishuv tahlili amalga oshadi. So`ng matndagi ayrim so`zlar ustida to`xtash mumkin bo`ladi. Bular:
bo`ralamoq - shiddat bilan yog`moq
ovul — ko`chmanchi chorvadorlar o`rnashgan joy; qishloq
Talabalarning e`tibori voqealar rivojiga, bundagi tasvirga, tas-virlardagi ifoda imkoniyatlariga tortiladi. Birgina qish manzarasining o`zinigina olaylik. Banddan bandga o`tgan sari qish tasvirining, ayniqsa savuq va izg`irinning kuchliroq bo`yoqlarda ko`rsatilishini kuzatish mumkin. Endi matndagi vaqt oqimiga e`tiborni tortish mumkin bo`ladi. «Hangoma» she`rida vaqtning ifodalanishi ham o`ziga xos tarzda kechgan. Birinchidan, u fasl ma`nosida (qish), ikkinchidan sutkaning bir qismi ma`nosida kuzatiladi. Voqealar ertalab, (har holda kunning birinchi yarmida-kunduz kuni) boshlanadi. Kunduz so`zi ishlapshlmasdan turib, tasvir maromidan shu narsa anglashiladi. Birining otga, boshqasining eshakka minishi, qorning yog`ib turganligini ko`rish, suhbatning xotirjam va izchil davom etayotganligini ko`rsatuvchi tasvirlar shunga xizmat qiladi.
Chollarning tuni bilan adashib, qiynalib yurganlari maxsus ko`rsatil-masa-da, «qish», «sovuq» so`zlari oldidan keltirilgan «qora» sifatlashi shu vazifani ham bajara oladi. Qolaversa, quyidagi band ayni vaqtda o`zidan oldingi paytning qorong`i kecha ekanligini tasdiqlab turadi:
Nihoyat, ularning harakatidagi navbatdagi payt ko`rsatiladi (Tongga yaqin qishloqqa kirshidilar qalpshrab).
Tahlilning navbatdagi bosqichida she`rdagi ruhiy holatlar tasviri va talqinini kuzatish mumkin. Unda ham yuqoridagi tartibni davom ettirshi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Matn mazmunini to`la anglab yetish uchun ayrim savol va topshiriqlardan foydalanish mumkin bo`ladi. Xususan:
1. «Qor yog`ardi bo`ralab, Qolishmasdi dovuldan» misralarida muallif ob-havoning yomonligi, qishning ancha qattiq ekanligini alohida ta`kidlagan. Shunga qaramay ikki chol nima uchun yo`lga tushishdi ? Matnda shu holat izohlanganmi? U qaysi misralarda o`z ifodasini topgan?
2. Voqeaning ayni qishning qahratonida bo`layotganligi nima uchun qayta
eslatiladi? Shu maqsadlarni amalga oshirish uchun adib qanday tasvir
vositalaridan, so`z va so`z birikmalaridan foydalanadi?
3. Voqeaning sodir bo`lgan joyi aniqmi? U qaysi so`zlar orqali ifoda
etilgan?
4. SHe`rda o`zbekona ruhiyatning aks etgan o`rinlarini ko`rsata olasizmi? Shoir ularni qanday aks ettirgan?
5. «Qor tindi-yu, chollarning ichiga kirdi quyun» ifodasining mazmunini izohlang.
6. Chollarning bir-birlariga qanday so`zlar bilan murojaat qilganlariga e`tibor bering. Ularning nima uchun shu so`zlarni qo`llaganlarini asoslang.
7. Adashib qolishdagi noqulaylik va vahima yanada kuchaytirib berilgan bandlarni toping. Shoirning topqirligini qanday baholaysiz?
8. SHe`rda ikki cholning ulovi alohida e`tiborda bo`lgan. Ularning
tasviri bilan bog`liq ifodalarning o`ziga xosligi nimada deb o`ylaysiz?
9. SHe`rda takrorlanib qo`llangan bir necha so`zlar mavjud. Ular bajarayotgan badiiy-uslubiy vazifalarni tushuntirishga harakat qiling.
10. SHe`rning boshlanshii va oxirgi bandlaridagi fe`l shakllariga
e`tibor bering. Ularning qo`llanishidagi farq va sabablarni izohlang.
Yuqorida tahlil qilingan matnlar natijasida, biz quyidagi xulo-salarga kela olamie. Matnning bevosita so`z bilan ifodalangan tashqi tomoni uningi chki, yashirin tomonini ochishga ham imkon beradigan asosiy omildir. Faqat bu omil «bir o`lchamli» bo`lmaydi. YA`ni faqat ifoda imkoniyatining o`zi uning ichki ma`nosini butun qamrovi va to`laligi bilan ochib berishga qodir emas. O`quvchilarning matndagi mavjud mazmun-mohiyatni to`la anglab yetishlari uchun undagi lisoniy xususiyatlarning butun majmuiga, matnning qurilishiga, uning qismlari orasidagi mantiqiy aloqadorlikka e`tibor berish zarurati seziladi. Demak, tahlil jarayonida matnning faqat ko`rinishi, tashqi tomoni emas, balki mana shu tashqi tomon — so`zlar va gaplar bilan ifodalanadigan qismdan tashqari, ularning o`zaro munosabat va aloqadorligidan kelib chiqadigan ma`no ham asosiy o`rin tutishini anglab yetish maqsadga muvofiq bo`ladi».
Demak, badiiy asar tilini tahlil qilishning ham xilma-xil shakl va ko`rinishlari mavjud. Bularning hammasi esa o`quvchilarning badiiy asar bilan yaqinligini kuchaytiradi, ularning qalbida badiiy so`zga, adabiyotga, ular orqali esa ezgulikka bo`lgan mehrini oshiradi.

Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling