I bob. Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan tahlillar


Mа’lumоtlаr bаzаsidаn uzilish


Download 1.86 Mb.
bet22/25
Sana16.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1498389
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Urakov Zafar Ruziboy o‘g‘li AT-32a (2)

Mа’lumоtlаr bаzаsidаn uzilish


Connection yanа bir mаntiqiy funksiyasi mа’lumоtlаr bаzаsi bilаn аlоqаni uzish vа dаsturdаn berkitilgаn resurslаrni оzоd qilishdir. Bu funksiyani Close () usuli аmаlgа оshirаdi.

Mа’lumоtlаr bаzаsigа murоjааtlаrni bаjаrish


Bоg‘lаnishni оchish vа yopish оdаtdа mа’lumоtlаr bаzаsigа so’rovlar yubоrilаdi. Connection sinfi аrgument sifаtidа SQL so’rov оluvchi Query() usuli yordаmidа bаjаrаdi. Аgаr so‘rоv bo‘lsа 3.10- rаsmdа ko‘rsаtilgаn оb’ekt mоdelidаn Result sinfi nusхаsini qаytаrаdi. Аgаr so’rov mа’lumоtlаrni yangilаyotgаn bo‘lsа, usul NULL qаytаrаdi vа affected_rows qiymаtini o‘zgаrtirilgаn sаtrlаr sоnigа teng qilаdi.
    1. MySQL MMBT da mа’lumotlаr bаzаsini tuzish


MySQL MMBTda ma`lumotlar bazasini yaratish juda oson va qulay tarzda amalga oshiriladi. Quyida phpMyAdmin muhitida MySQL MMBTda jadvallar qanday hosil qilinishini ko`rib o’tamiz.
MySQL bilan ishlash uchun WampServer ning PhpMyAdmin panelidan foydalanishni nazarda tutadi. Buning uchun web serverni ishga tushirib, URL qatorida localhost/phpmyadmin/. satrini kiritamiz.

3.10-rasm. PhpMyAdmin dasturining asosiy interfeysi.

3.10-rasmga asosan phpMyAdmin dasturining asosiy interfeysi quyidagi imkoniyatlarni bizga taqdim etadi. Yaratayotgan dasturimizdan foydalanish tilini


o‘zgartish, hamda dastur ishchi ko’rinishini o‘zgartirishimiz mumkin. Ya’ni orginal dastlabki phpMyAdmin dasturidan foydalanishimiz yoki hozirgi yangilangan bosqich(versiya)dagi foydalanish interfeysidan foydalanishimiz mumkin. Dastur interfeysining chap qismida yaratilgan ma’lumotlar bazalari ro‘yhati aks etadi. Interfeysning yuqori qismida dastur menyular ro’yhati aks etib boradi. Ushbu menyular ro’yhatida ma’lumot bazasi, sql so’rovlar bilan ishlash, foydalanuvchi qo‘shish, ma’lumotlar bazasini eksport, import hamda sozlash bo’limlarini ko‘rishimiz mumkin. phpMyAdmin dasturi asosiy oynasining o’ng qismida dastur umumiy ma’lumotlarini ko’rishimiz mumkin.
Keyinchalik, MySQL dasturi ishga tushirilganidan so‘ng unda ma’lumotlar bazasi yaratishimiz mumkin va ushbu jarayon quyidagi ketma-ketlik asosida amalga oshiriladi.

3.11-rasm. “phpMyAdmin” dasturi oynasida ma’lumotlar bazasini yaratish.
3.11-rasmga binoan belgi bilan ko’rsatilgan qismga ma’lumotlar bazasini
nomi yoziladi, so’ngra uning ma’lumotlar bazasi yoziladigan tili ko’rsatilgan punkt orqali tanlanadi hamda yakunda << Создать >> buyrug‘i orqali ma’lumotlar bazasi hosil qilinadi.
Keyingi bosqichda ushbu ma’lumotlar bazasida doirasida ma’lumotlarni doimiy saqlash va ular ustida qayta tahlillar o’tkazish maqsadida ma’lumotlarni jadvallar ko’rinishida saqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Quyida MySql dasturi yordamida yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotlar bazasining jadvallarini yaratamiz.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadiga binoan Axborot texnologiyalari markazi bir necha ko’rinishdagi vazifalar bilan shug’ullanib katta hajmdagi ma’lumotlarni o’z ish jarayonida amalga oshiradi. Hamda bu jarayonda Oliy ta’lim muassasasining barcha bo’lim va kafedralari ishtirok etadi. Quyida OTM tarkibidagi bo’limlarning ma’lumotlarini o’zida doimiy saqlash uchun mo’ljallangan Bo‘limlar jadvalini yaratish jarayoniga o’tamiz. Unga ko’ra yaratiladigan jadvalimiz OTM bo’limlari haqida quyidagi ma’lumotlarni saqlashi talab etiladi. Bular bo’lim nomi, bo’limning OTMda joylashgan sektori, bo’lim joylashgan qavati, bo’limning ishchi telefon raqami kabilardir (3.12-rasm).

3.12-rasm. “phpMyAdmin” dasturi oynasida ma’lumotlar bazasini jadvallari yaratish

3.12-rasmga asosan Bo‘limlar jadvalini yaratish ko‘rsatilgan bo’lib, unda biz jadvalga nom berish, jadval ustunlarini qo‘shish, ma’lumot turi, ma’lumot uzunligini va boshqa qiymatlarini ko’rsatishimiz mumkin. Natijada 3.13-rasmdagi ko’rinishga ega bo’lamiz.



3.13-rasm. Xodimlar jadvalini ma’lumotlar bilan to’ldirilgan ko’rinishi

Shu tarzda boshqa jadvallar ham hosil qilinadi. Jadvallar hosil qilingach ular ustida turli amallarni bajarish mumkin. Masalan, jadvalga ma`lumotlarni yozish, o`zgartirish, o`chirish, ma`lumotlarni eksport qilish ya`ni arxiv holatida sql kodini ko`chirib olish va import qilish imkoniyatlari ham mavjud. Jadval hosil qilingach ustun nomini, tipini va boshqa xususiyatlarini kiritish uchun 3.14-rasmda ko`rsatilgan oynadan foydalanamiz.



3.14-rasm. Jadvalda ustun nomlarini, tiplarini va boshqa xusasiyatlarini
kiritish

MB ning asosini jadvallar, jadvallarning asosini esa ma`lumotlar tashkil qiladi. Jadval ustunlari yaratilgach, Insert tugmasi yordamida yangi oyna ochiladi va shu oynada ma`lumotlar kiritilishi amalga oshiriladi. Quyida jadvalga ma`lumot kiritilishi jarayoni ko`rsatilgan.



3.15-rasm. Jadvalni to`ldirish jarayoni

Barcha jadvallarni shu tarzda yaratamiz va to`ldiramiz. Lozim bo`lsa o`zgartirish kiritishimiz ham mumkin.


Quyida MySQL MMBT ning menyu panelidagi berilgan funksiyalar ro`yhatini ko`rishimiz mumkin :
Browse- jadval ma`lumotlarini ko`rish buyrug`i
Structure- jadval strukturasini ya`ni jadvalnki tashkil etuvcih ustunlar ro`yhatini ko`rsatadi
SQL- sql kodini kiritish uchun maxsus oyna
Search- qidiruv oynasi
Insert- jadvalga yangi qator qo`shish
Export- ma`lumotlarni boshqa joyga olib o`tish uchun sql kodini olish(eksport qilish)
Import- boshqa kompyuterda yozilgan ma`lumotlarni olish(import qilish)
Operations- jadvallar ustida turli amallar bajarish, o`zgartirish
Empty- jadvaldagi ma`lumotlarni o`chirish
Drop- jadvalni o`chirish
Ushbu ko’rinishda jadvallar hosil qilingandan va yaratilganidan so’ng ushbu jadvallar o’rtasida o’zaro boglanishlarni o’rnatish va yagona ma’lumotlar bazasi ko’rinishiga keltirish ishlarini amalga oshiramiz.
Bog’lanishlarni hosil qilish ishlari SQL tili kodlaridan foydalangan holda amalga oshiramiz. Quyida Bo’limlar va Buyurtmalar jadvalining o’zaro bog’lanishlari keltirilgan(3.15-rasm).
ALTER TABLE buyurtmalar_qismi ADD CONSTRAINT FK_buyurtmalar_bo limi FOREIGN KEY (bolimi) REFERENCES bolimlar(id)


3.16-rasm. Jadvallar o’rtasida o’zaro bog’lanishni hosil qilish

Yuqoridagi ishlarning amalga oshirilishi tamomlanganidan so’ng Arxiv bo’limi ma’lumotlar bazasining umumiy ko’rinishi quyidagi ko’rinish hosil qiladi(3.16- rasm).



3.17-rasm. Malumotlar bazasini tuzishning ER-diagrammasi

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling