I bob. Bitiruv malakaviy ishini yozish metodikasi. 1Rahbarlik qilish. Bitiruv malakaviy ishi


hisobga olish maqsadga muvofiqdir


Download 413.49 Kb.
bet2/2
Sana25.01.2023
Hajmi413.49 Kb.
#1120735
1   2
Bog'liq
bmi

hisobga olish maqsadga muvofiqdir:
- tadqiq etilayotgan muammoning adabiyotlarda yoritilishi va
ishlanganlik darajasi;
- oliy ta’limda ta’lim olish davrida talabaning kurs ishlari hamda
boshqa ilmiy ishlarni bajarish borasida egallagan kо‘nikmalari;
- bitiruv ishini bajarish uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlarni topish
imkoniyati;
- iste’molchi tashkilotning bitiruv malakaviy ishi materiallariga
qiziqishi va ehtiyoji;
- talabaning imkoniyatlari va nazariy-amaliy tayyorgarlik
darajasi.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Titul varag‘i
- Mundarija
- Kirish
a) tanlangan mavzuning dolzarbligi;
b) ishning maqsad va vazifalari;
v) ishning obyekti va predmeti;
g) metodologik asosi va tadqiqot metodlari;
d) himoyaga olib chiqilayotgan holatlar;
ye) ishning amaliy ahamiyati;
j) ishning tuzilishi.
- Asosiy qism.
- Xulosa.
- Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati.
- Ilovalar.
Bitiruv malakaviy ish bitiruvchining kasbiy erudisiyasi yuqori
darajasini, uning metodik tayyorgarligini, kasbiy faoliyat kо‘nikma va
malakalarini egallaganligini aniqlashi lozim. Shunga kо‘ra bitiruv
malakaviy ishning maqsadi:
- nazariy bilim va amaliy kо‘nikmalarni tizimlashtirish va
mustahkamlash;
- bilim va amaliy kо‘nikmalardan aniq ilmiy-tadqiqotchilik va
ilmiy-amaliy muammolarni hal qilishda foydalanish;
- mustiaql ish kо‘nikmalarini rivojlantirish;
- materialni umumlashtirish va mantiqiy bayon qlish
kо‘nikmalarini rivojlantirish;
- eksperimental tadqiqot metodikasini egallash.
Bitiruv malakaviy ishni bajarishdatalaba quyidagi qobiliyatlarni
namoyish etili talab qilinadi:
- mustaqil ravishda ilmiy-tadqiqotchilik va ilmiy-amaliy
vazifani qо‘yish, uning dolzarbligi va ahamitini baholash;
- tadqiqot farazini ilgari surish;
- ish mavshusi bо‘yicha axborotni tо‘plash va qayta ishlash;
- olingan materialni о‘rganish va tanqidiy tahlil qilish;
- aniqlangan muammoni chuqur va har taraflama tadqiq qilish;
- о‘rganilayotgan muammoni hal qilishning о‘z variantini ishlab
chiqish, tavsiflash va asoslash;
- xulosa va olingan natijalarni amaliyotga joriy etish yuzasidan
takliflarni ishlab chiqish, rasmiylashtirish va mantiqiy asoslab berish.
Bitiruv malakaviy ish mavzulari fanni rivojlantirishning ustuvor
yо‘nalishlari va amaliyot ehtiyojlariga muvofiq tarzda kafedrada ishlab
chiqiladi va OTM Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Talaba taklif qilingan mavzulardan birini tanlaydi, shu bilan birga
о‘ining shaxsiy ilmiy-tadqiqot ishi tajribasiga tayanib, mustaqil
ravishda mavzu taklif qilishi va uni ishlab chiqish maqsadga
muvolfiqligini asoslashi mumkin. Mavzular rektor buyrug‘i bilan
tasdiqlanadi. Mavzuni о‘zgartirishga faqat istisno tarzida yо‘l qо‘yiladi
va rektor buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Bitiruv malakaviy ishni talaba kafedraning tavsiyasi bilan OTM
professor-о‘qituvchilari tarkibidan tavsiya qilingan va tasdiqlangan
ilmiyrahbar qо‘l ostida bajaradi.
Bitiruv malakaviy tadqiqot ustida ishlash uchun talaba qator
bosqichlarni kо‘zda tutadigan reja-grafik ishlab chiqadi va rahbar bilan
kelishadi. Bu bosqichlar quyidagicha:
- kasbiy faoliyat sohasini belgilash va ish bag‘ishlanadigan
muammoni aniqlashtirish;
- ish mavzusini, uning ishchi nomini va tadqiqot farazini
shakllantirish;
- axborot makonini belgilash va muaamoga oid adabiyotlarni
izlash,annotatsiyalangan kartoteka tuzish, manbalarni referatlash. Bunda
talaba
mavzuning umumiy masalalaridan xususiy muammoga yoki
tanlangan muammoni xususiy о‘rganishdan uning umumiy manbalariga
tomon yо‘lni belgilashi mumkin;
- nazariy tadqiqot natijalarini muhokama qilish, maqsad, vazifalar va
tadqiqot farazini aniqlashtirish, ishning amaliy qismi uchun vazifalarni
belgilash;
- eksperimental baza, metodikalarni aniqlash va eksperimentining
borishini rejaalashtirish;
-eksperimental tadqiqot о‘tkazish va natijalarni tо‘plash, tahlil
va talqin qilish;
- bitiruv malakaviy tadqiqot nomini (zarar hollarda)
korreksiyalash, ish matnini yozish va rahbar tomonidan tekshirishilishi;
- ishni, ilovalarni, illyustrativ materialni rasmiylashtirish;
- ishni taqrizchiga taqdim qilish, taqriz bilan tanishish;
- himoya uchun chiqish (ma’ruza) ni tayyorlash, zarur hollarda
uni aprobatsiyalash (sinovdan о‘tkazish – dastlabki himoya qilish).
Reja-grafik majburiy meyoriy hujjat sanaladi, rahbar tomonidan
imzolanadi, mutaxassis tayyorlovchi kafedra mudini tomonidan
imzolanadi.
Reja-grafik bitiruv malakaviy ishga, sarvaraqdan keyin qо‘shib tikiladi.
Rahbar ishning bajarilishini qismlar bо‘yicha va yaxlit tekshiradi,
ishning grafika muvofiq bajarilishini nazorat qiladi va kafedrani
bitiruvchi talaba ishining ahvoli haqida muntazam xabardor qilib boradi.
Malakaviy ish rahbari talabaga ishni tayyorlash va yozish davrida
nazari va amaliy yordam beradi, ish strukturasi, mazmuni va uni
rasmiylashtirish,
adabiyotlarni tanlash va sh.k. yuzasidan tasviyalar beradi. Bundan
tashqari, rahbar asoslash, kompozisiya, uslub va sh.k. larga oid
kamchiliklarni, ularni bartaraf qilish yо‘llarini kо‘rsatib, maslahatlar beradi.
Bitiruv malakaviy ishni talaba mustaqil bajarishi va barcha zarur
hujjatlarni rasmiylashtirishi, jumladannamoyish qilinadigan materialni
tayyorlashini nazarda tutish lozim. Mavzuni nazariy va metodik
jihatdan tо‘g‘ri ishlab chiqish va yoritish, uning sifati va mazmuni
uchun javobgarlik tо‘lig‘icha talabaning zimmasidadir.
Tugallangan ish rahbarga topshiriladi, rahbar uni о‘qib chiqqach,
imzolaydi va yozma xulosa beradi. Rahbarning xulosasi asosida kafedra
talabani himoyaga qо‘yish haqda qaror qiladi. Kafedra mudiri talabani
himoyaga qо‘yish mumkin emas, deb topsa, masala rahbarning
majburiy ishtirokida kafedra yig‘ilishida kо‘rib chiqiladi va bayonnoma
rasmiylashtirladi.
Buyruq bilan himoyaga qо‘yilgan bitiruv malakaviy ish taqrizga
yuboriladi. Taqrizchi sifatida, odatda, tadqiqot bazasi sanalgan
ta’limmuassasining yetakchi mutaxassislaridan biri, shuningdek,
tadqitqot muammosi bо‘yicha ekspert sanalgan OTM professorо‘qituvchisi jalb qilinadi. Taqrizchilar tarkibi kafedra mudiri tomonidan
tasdiqlanadi.
Taqrizni olgan, talaba ilmiy rahbari bilan birgalikda taqrizchining
e’tirozlariga javob tayyorlishi, zarur hollarda ishga tegishli tuzatish va
tо‘grilashlar kiritishi kerak bо‘ladi.
Taqrizchi tomonidan ishda jiddiy kamchiliklar aniqlangani holda
ular bartaraf etilgach, kafedra uni qayta taqrizga yuborishga haqli.
Kafedra mudiri rahbar taqrizi va yoki dastlabki himoya natijalari va
yoki taqrizchilar e’tirozlariga asosan talabani bitiruv malakaviy ishni
DAK da himoya qilishga qо‘yib bо‘maydi, deb hisoblasa, bu
masala muallif va rahbar ishtirokida kafedra yig‘ilishida kо‘rib chiqiladi.
Himoyaga qо‘yilgan bitiruv malakaviy ish rahbar xulosasi va
taqrizlar bilan DAK ga himoyaga yuboriladi.
Bitiruv malakaviy ish, odatda, quyidagicha tuzilishga ega bо‘ladi :
kirish, nazariy qism (birinchi bob), eksperimental tadqiqot (ikkinchi
qism), psixologik-pedagogik tavsiyalar (uchinchi bob).
Kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi asoalanadi, uning
maqsadi, vazifalari belgilanadi, predmeti, obyekti qisqacha
tavsiflanadi, tadqiqot farazi shakllantiriladi va amaldiy ahamiyati aks
ettiriladi. Bundan tashqari, kirish qismida ish boblarining qisqacha
tavsiya keltiriladi. Tadqiqot mavzusining dolzaobligini asoslash nazariy
manbalar, ijtimoiy rivojlanish tendensiyalari va kasbiy amaliy faoliyat
realiyalariasosida amalga oshiriladi. Tadqiqot dolzarbligining isboti
vanatanimiz vaxorij ollimlarining о‘rganilayotgan muammoga katta
e’tibor qaratishi, shuningdek, yetarlicha yiritilmagan va aniqlashtirishni
ialab etadigansavollarning mavjudligi bо‘lishi mumkin. Qо‘yilgan
muammoning yechimi kasbiy sohadagi faoliyat, muayyan muassasalar
ishini takoillashtirish uchun ahamiyat kasb etishi ham bо‘lishi mumkin.
Bitiruv malakaviy shi maqsadi qо‘yilgan muammoni yechishdan
iborat.
Tadqiqot vazifalari uning maqsadini aniqlashtiradi va bajarish ketmaketligini belgilaydi. Odatda, bitiruv malakaviy ishda quyidagi vazifalar
qо‘yiladi:
- о‘rganilayotgan muammoga doir nazariy manbalar tahlili;
- о‘rganilayotgan hodisaning dolzarb holati, shuningdek, ehtimol,
uning keyingi rivojlanish istiqbollari va sabablarini aniqlash;
- eksperimental bazani belgilash;
- tadqiqot metodlarini tanlash;
- empirik tadqiqot о‘tkazish;
- amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot obyekti sifatida umuman hodisa yo uning ayrim tomonlari
rivojlanishi va namoyon bо‘lishining qonuniyatlari va jarayoni bо‘lishi
mumkin. Har qanday holatda tadqiqot obyekti tanlangan mavzu va ish
muammosiga muvofiq kelishi lozim.
Tadqiqot predmeti ishning mavzusi va obyektiga qat’iy muvofiq
va aniq belgilanishi kerak. BMI predmeti sifatida u yoki bu hodisaning
xususiyatlari, strukturaviy komponentlari, uni о‘rganish, uni
tashhislashning yо‘llari va metodlari, о‘quv-tarbiyaviy chora-tadbirlar,
psixologik-pedagogik, ta’sir samaradoroligini oshiradigan sharoitlardan
iborat bо‘lishi mumkin.
BMI amaliy ahamiyati uning muammoni hal qilish, tadqiqot
natijalari amaliyotda kо‘rsata oladigan aniq yordamda о‘z ifodasini
topadi. Odatda, ishning amaliy ahamiyatini о‘rganilayotgan hodisaning
aniqlangan xususiyatlari va ishlab chiqilgan tavsiyalar tashkil etadi.
Tadqiqotning nazariy qismi birinchi bobda (zarur hollarda ikki
bobda) taqdim etilishi kerak. Unda vatanimiz va xorij olimlarining
ishlari tahlili va talqini, о‘rganilayotgan muammoga turli
yondashuvlarnig о‘ziga xosliklari, uning umumiy problematikada tutgan
о‘rni va ahamiyati, hal qlinmagan, zaif yoritilgan va aniqlashtirishni
talab qiladigan masalalar bayon qilinadi. Uning analitik yо‘nalganligini
kuchaytirish uchun materialni turli asoslarga kо‘ra tizimlashtirish,
umumlashtirish va tasniflash tavsiya etiladi.
BMI ning sifatli bajarilishi kamida 50 ta nazariy manbani
о‘rganishni talab etadi, ular orasid mutaxasislar monografiyalari va
ilmiy maqolalar (ular adabiyotlarning asosiy qismini tashkil qilishi),
darslik va о‘quv qо‘llanmalar, lug‘at va ma’lumotnoma (spravochnik)
lar bо‘lishi kerak.
Nafaqat xorij, balki madburiy tartibda mahalliy tadqiqotchilar
ishlari keltirilishi lozim.
Matnda, о‘rganilgan adabiy ma’lumotlarga havolalar bilan bir
qatorda, BMI muallifining nuqtai nazari, pozisiyasi, sharhi aks ettirilishi
va asoslanishi lozim.
BMI birinchi bobi о‘rganilayotgan muammoning alohida jihatlarini
aks ettirgan kamida ikki paragrafni о‘z ichiga olishi kerak. Har bir
paragraf mantiqiy asoslangan xudosalar, masala mohiyatining qisqacha
bayoni bilan tugallanadi. Bob oxirida tadqiqot muammosining ishlanganlik
darajasi, uni о‘rganishning asosiy yо‘nalishlari, uning dolzarbligi va
sh.k. haqida xulosa keltiriladi. Birinchi bob yuzasidan xulosalar
eksperimental amaliy tadqiqot asoslanishini о‘z ichiga olishi kerak.
Analitik sharh matniga quyidagi talablar qо‘yiladi: axborotning
tо‘liq va ishonchliligi; axborotga tanqidiy bahoning mavjudligi; struktura
mantikqiyligi; kompozision yaxlitlik; xulosalarning asoslanganligi;
bayonning aniq va lо‘ndaligi.
BMI ikkinchi bobbi eksperimental tadqiqot natijalarini о‘z ichiga
oladi. Odatda, u 3 paragrafga bо‘linadi. Bu holda birinchi paragrafda
sinaluvchilar tarkibi, ularning kengaytirilgan tavsifini (soni, yoshi, jinsi,
ijtimoiy maqomi, holati xususiyatlari va sh.k.) keltirish maqsadg
amuvofiq. Ikkinchi paragrafda eksperimental tadqiqotning borishi,
shakllari va metodlarini (qayerda, qachon va qay muddatlarda, yakka
yo guruh tartibida о‘tkazilgani, foydalanilgan metodlar va aniq
eksperimental metodikalar) tavsiflash va asoslash, qо‘llangan
metodlarning BMI maqsad va vazifalariga muvofiqligini isbotlash kerak.
Tadqiqot о‘tkazish uchun zarur kо‘rgazmali va matn materiali kо‘p joy
talab etsa, ularni ilovalarda berish tavsiya etiladi. Paragraf matnida
metodikalarnng umumiy tavsifi va ilovaga havola, bibliografik manbalar
keltiriladi.
Uchinchi paragraf empirik tadqiqot natijalarining miqdor va sifat
tahliliga bag‘ishlanishi mumkin. Muallif, masalan, tadqiqot davomida
sinaluvchilar о‘zini qanday tutganini tavsiflaydigan natijalar
bayonnomalaridan misollar keltirishi, aniqlangan faktlarni tushuntirishi
lozim. Olingan natijalarni miqdoriy qayta ishlashning tadqiqot natijalari
va xulosalarning ishonchliligi va asoslanganligini tasdiqlovchi maxsus
metodlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Natijalarni grafik, diagramma,
jadval va sh.k. kо‘rinishda taqdim qilish maqsadga muvofiq.
Ikkinchi bob va uning tarkibidagi paragraflar ham qilingan ishlarni
qisqacha umumlashtiruvchi xulosa bilan tugallanishi kerak. Xulosalar
tadqiqotda qaysi qoidalarda о‘z tasdig‘ini topgani, о‘rganilayotgan
hodisaning qaysi yangi xususiyatlari aniqlanganini kо‘rsatib berishi
lozim. Ayni vaqtda tadqiqot natijalari va xulosalaridan muayyan
vazifalarni hal qilishda qanday foydalanish mumkinligini ta’kidlash kerak.
Uchinchi bobda sinaluvchilar bilan olib boriladigan ish yо‘llari va
vositalari keltirilishi, yordamning bu shakllari samaradorligi
eksperimental isbotlanishi va faoliyati kо‘rsatilgan muammolarni hal
qilish bilan bog‘liq mutaxassilar uchun tavsiyalar berilishi mumkin.
Unda talaba bolalarni psixologik-pedagogik tashhislashni, ular bilan
olib boriladigan о‘quv-tarbiyaviy va korreksion ishlarni, oila, mahalla
va jamoatchilik bilan hamkorlikni takomillashtirish, ta’lim muassasasi
ish sifati va natijaliligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.
Barcha taklif va tavsiyalar amaliy aniq xarakterda bо‘lishi, ularning
amalda qо‘llanishini ta’minlaydigan ishlanma darajasiga yetkazilishi
kerak.
Muayyan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun о‘rganilayotgan
muammoning nazariy tadqiqi, mavjud ilg‘or mahalliy va xorijiy tajriba,
shuningdek ikkinchi bobda keltirilgan eksperimental tadqiqot
ma’lumotlari asos vazifasini о‘taydi.
Xulosada tadqiqot natijalari keltiriladi. Qо‘yilgan muammoni ilmiynazariy va eksperimental-amaliy о‘rganish asosida uning dolzarbligi
ta’kidlanadi, maqsad va vazifalarning hal etilganlik darajasi kо‘rsatiladi,
ishchi faraz tasdiqlanadi yo inkor etiladi, ishning amaliy ahamiyati
(muallifning muammoni hal qilishga hissasi) baholanadi. Zarur hollarda
yanada chuqur ishlashni talab etadigan masalalar doirasi, muammoni
о‘rganish istiqbollari belgilanadi.
Xulosada kirish yoki asosiy qismning mazmunini takrorlashga yо‘lqо‘yilmaydi.
Adabiyotlar ruyxati BMI mavzusiga mos kelishi, turli nashrlarni
о‘z ichiga olishi kerak. Adabiyotlar rо‘yxati mualliflar sarlavhasi
(mualliflar F.I.O.) yoki asosiy nomlanishlarning qat’iy alifbo tartibida
tuziladi.
Rо‘yxat foydalanilgan meyoriy-huquqiy hujjatlardan boshlanadi,
keyin nashr qlingan о‘quv-metodik adabiyot, jurnal maqolalari,
nihoyasida internet manbalari keltiriladi. Nashr yili va joyi, sahifalar
soni albatta kо‘rsatiladi, bunda chiqish ma’lumotlar sohasida bibliografik
talabalar bilan belgilangan qisqartishlarga yо‘l qо‘yiladi. Rо‘yxatni
rasmiylashtirishda shu talablarga tayanish tavsiya qilinadi.
Adabiyotlarning tartiblangan rо‘yxati arab raqamlari va nuqta bilan tartib
raqamlanadi.
Ishni tamomlagach, ayniqsa, asosiy qism matnini yozishda
adabiyotlar rо‘yxati tо‘ldirilgan bо‘sa, matndagi havolalarning
kо‘rsatilgan nashrning adabiyotlar rо‘yxatidagi raqamga mosligi
qо‘shimcha tekshiriladi.
Ilovada BMI matni bilan bevosita bog‘liq bо‘lmagan jadvallar,
grafik va sxemalar, shuningdek, eksperiment bayonnomalari, olib
borilgan dars va mashg‘ulotlar tavsifi, sinaluvchilarning rasmlari va
boshqa, muallif matnda keltirish zarur deb topmagan, materiallar
keltirilishi mumkin. Shuningdek, ilovada glossariy berilib, unda ishda
qо‘llangan asosiy tushuncha va terminlar keltiriladi.
Bundan tashqari, ishga о‘zbek, rus va ingliz tillarida annotatsiya
tayyorlanib, unda ishning maqsadi va qisqacha mazmuni keltiriladi. Bitiruv
malakaviy ish uchun baho davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari,
bitiruv malakaviy ish rahbari va taqrizchilar muhokamasi va ularning
fikrini muvofiqlashtirishdan keyin kollegial asosda qо‘yiladi. Bitiruv
malakaviy ishni baholash ishning о‘zini va uning himoyasini
baholashdan iborat bо‘ladi.
Bitiruv malakaviy ish uchun sifatini baholashda uning darajasi
inobatga olinadi. Ish amaliy yо‘nalishda inovatsion xarakterda bо‘lishi,
tadqiq qilinayotgan muammoga amaliy yoki ilmiy hissa elementlarini о‘z
ichiga olishi lozim. Bahoning xolis bо‘lishi uchun har bir qism (bob) mazmuni talaba tomonidan muammoning qо‘yilganligi, asosiy tushunchalarning
aniqlashtirilgani, tasniflar va ularning belgilari ishlab chiqilganligi,salbiy
hodisalar sabablarining aniqlangani, muammoni hal qilishning asosiy
yо‘llari belgilangani, turli nuqtai nazarlar umumlashtirilgani, tizimlargani
va tahlil qilingani, alohida pozisiyalar tanqidi, amaliy xarakterdagi
takliflar kiritilgani nuqtai nazaridan tahlil qilinadi.
Bitiruv malakaviy ish himoyasini baholashda talaba ma’ruzasining
sifatiga, ya’ni uning:
- о‘rganilayotgan muammo asosini tashkil etadigan nazariy
qoidalarni
soddalashtirmasdan va kundalik tushunish hamda jonli sо‘zlashuv tilida
izohlashga о‘tmasdan aniq ifodalab bera olishi;
- hodisalarni boshqa ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘lay olishi,
ularning hayotiy tajribaga ta’sirini belgilay olishi;
- muammoga о‘z yondashuvini, olingan natijalarni yetarli darajada
aniq Shakllantira olishga, asosli bayon qila olishiga e’tibor qaratiladi.
Talaba bitiruv malakaviy ish himoyasida «qoniqarsiz» baho olsa, u qayta
himoya qilish huquqi bilan universitetdan chiqariladi. Bir marta qayta
himoyaga yо‘l qо‘yiladi.

Download 413.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling