I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8


Download 0.84 Mb.
bet6/37
Sana23.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1651298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Iqtisodiy madaniyat – murakkab integral ta’lim sanaladi. Shu bilan bir qatorda ijtimoiy – iqtisodiy madaniyatning mohiyatini bilish, shu jumladan uni bashorat qilish, shakllantirish, saqlash va mustaxkamlash usullarini hisobga olgan holda, insonning ijtimoiy ahamiyatga ega hayotiy qadriyatlarini baholash tizimi. Insonning iqtisodiy madaniyati, ijtimoiy – iqtisodiy xulq – atvori, hayotiy faoliyat davomida inson hayotining sifati bilan tartibga solinadi. Shaxsni individual darajada shakllantirish, o‘z – o‘zini anglashi va rivojlantirishi bir qancha komponentlarni o‘z ichiga oladi: maqsadli, mazmunan, kognitiv, texnologik yo‘nalishlarda olib boriladi. Iqtisodiy madaniyat pedagogik jarayonda insonning umumiy madaniyatining asosiy komponentlaridan biridir.
Biz iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un bo‘lishni istayotgan bir davrda yashayapmiz. Bu harakatlar respublikamizning barcha jabxalarida mehnat qilayotgan kishilardan, jumladan, yoshlar talim-tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan kishilardan yuksak professional tayyorgarlikka, g‘oyaviy-siyosiy barkamol, tashkilotchilikka va iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lish lozimligini taqozo qilmoqda. Bu o‘zgarishlar har bir o‘qituvchini yangicha fikrlashga, sharqona ish yuritishga, tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning faol ishtirokchisi bo‘lishga undaydi.

1.2-§. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik – psixologik tahlillari


Bugungi kunda ta’limning sifatini oshirishga intilish, integratsiyalashayotgan mintaqalar uchun ta’lim dasturlari va andozalarini bir xillashtirish, «butun umr mobaynida uzluksiz ta’lim» strategiyasini amalga oshirish globallashuv jarayonlarining yanada chuqurlashuvi va takomillashuvida muhim omilga aylanmoqda. Shu bilan bir qatorda yoshlarga ko‘plab imkoniyatlar eshigi ochib berish talab etilmoqda. Shu boisdan ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev “Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” asarida “Biz yoshlarga oid davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz” [16; 56-b.], deb ta’kidlagan edi.
Barchamizga ma’lumki, uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillarida ta’limning milliy yo‘naltirilganligi, har tomonlama kamol topgan, ma’naviy boy insonni shakllantirishga alohida e’tibor berilgan. Shu bilan birgalikda,
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da: “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish: uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash; ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish; ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish” [10] kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Davlat ta’lim standarti bo‘yicha bolalarning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o‘z o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olish ko‘nikmalarini egallashlariga erishishi lozim.
Ta’lim – tarbiya jarayonida bo‘lajak mutaxassislarning iqtisodiy – madaniyatini rivojlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.
Iqtisodiy madaniyatning falsafiy jihatdan B. Valiev [41], L. Jo‘raev [57], B. Tolipovlar [106], psixologik jihatdan esa I.Andreeva [29] o‘rganishib ilmiy izlanishlarida tadqiq etishgan. Bugun har davrdagidan ko‘proq oliy ta’lim muassasasiga yangicha fikr yuritadigan o‘qituvchini tayyorlashni, uning kasbiy mahorat va malakasini takomillashtirishning zamonaviy shakl, usul, vositalarini ishlab chiqish zarurligini bosh vazifa qilib qo‘ymoqda.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi faol, iqtisodiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatga tayyor bo‘lishi kerak. Ma’lumki, bu faoliyat respublikamiz hayotidagi yangi hodisalar, taraqqiyot, shakllanishni ta’minlaydi.
O‘qituvchi respublikamiz ijtimoiy hayotidagi muammolar va hozirgi jarayonlarga, bu jarayonlardagi o‘z kasbiy faoliyat o‘rni va qiymatiga, jahon iqtisodiy taraqqiyotidagi ulkan muammolar va yo‘nalishlariga to‘laqonli yondashuv asosida baho bera olishi, dialektik ravishda fikrlay olishi, o‘z nuqtai-nazarini dalil-isbotlar yordamida himoya qila bilishi kerak. U o‘quvchilar bilan olib boriladigan tashkiliy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda jamoa, kasbiy va ijtimoiy faoliyat ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, mohirona qarorlar qabul qila olishi, bu qarorlarning ijtimoiy oqibatlari va axloqiy talablarini hisobga ola bilishi lozim.
O‘qituvchi iqtisodiy madaniyatini takomillashtirishning axvolini o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qituvchi mehnatiga baho berishda rasmiyatchilikka barham berish, o‘qituvchi-tarbiyachining ijodiy ishlashi uchun shart-sharoit yaratish, faoliyatni rag‘batlantirishning yangi reyting tizimiga o‘tish, o‘qituvchilar nazariy, usuliy, amaliy tayyorgarligini o‘rganishning mezonlarini ishlab chiqish va o‘qituvchi mehnatiga shu asosda baho berish zarur [117; 165-b.]. Bu holat har bir o‘qituvchida o‘z faoliyat natijalariga befarq qaramaslik, ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyani tadbiq qilish va shu asosda o‘quvchilar bilimdonligini oshirishga erishish, ular tarbiyalanganligini yaxshilash uchun izlanishga undaydi.
Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining iqtisodiy madaniyatga erishishida mehnat qilish muhim ahamiyatga ega. Mehnat, bilish, mahorat, ijod - inson hayotining bosh mezonlaridir.
Bu mezonlar faoliyat orqali shakllanadi va amalga oshiriladi - mehnat qilish, izlanish jarayonida yutuqlar qo‘lga kiritiladi, mahoratga erishiladi. Pedagogik mahoratga ega bo‘lish yo‘lida harakat qilayotgan, izlanayotgan har qanday o‘qituvchi, shubhasiz, egallashi lozim bo‘lgan ilmiy-nazariy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish uchun o‘qituvchilik pozitsiyasiga ega bo‘lishi kerak, mazkur pozitsiya ijtimoiy jihatdan progressiv, shaxsiy jihatdan optimistik bo‘lib, zamonaviy pedagogika, psixologiya, metodikaning ilg‘or g‘oyalarini o‘zida aks ettirishi lozim. Bu o‘z navbatida pegagogik jarayonga demokratik va insonparvarlik nuqtai-nazaridan yondashishni taqozo qiladi. Bunday yondashish faoliyat asosida amalga oshiriladi. Faoliyat mahoratga etkazuvchi bosh mezon bo‘lib hisoblanadi. Chunki o‘qituvchi mehnati uning pedagogik faoliyati, pedagogik mahorat, muloqoti va shaxsining birligidir. Pedagogik faoliyat - o‘qituvchi mehnatining istiqbolini, texnologiyasini, vazifalarini ta’sir ko‘rsatish yo‘llarining majmuidir.
N.Muslimov olib borilgan tadqiqotlar g‘oyalariga tayanib, o‘qituvchining kasbiy shakllanish yo‘li va yo‘nalishini belgilab beruvchi metodologik g‘oya va qarashlarni ajratib olishga imkon beruvchi quyidagi mezonlarni ajratib ko‘rsatadi:
1. Tarixiylik – predmetni uning rivojlanib borish jarayonida o‘rganish. “Har qanday ijtimoiy fan ob’ektni yaxlit va majmuaviy tarzda o‘rganishni tarixiy mezoni asosida qaraydi. Shunga ko‘ra, tadqiqotchi ob’ektning mavjud holati hamda istiqboldagi rolini baholaydi.
2. Mantiqiylik – o‘rganilayotgan ob’ektni alohida, uni o‘rab turgan muhitdan ajratib olingan holda emas, balki aynan yaxlit tizim sifatida qarashni ko‘zda tutadi. Aks holda, ushbu ob’ektni o‘rganish natijalari tadqiqot mahsuli emas, balki faqat ma’lum natijalarni qayd etishdan iborat bo‘lib qoladi.
3. Dialektik mezon – shaxsning ijtimoiy munosabatlarning faol sub’ekti ekanligi to‘g‘risidagi etakchi falsafiy g‘oyalar yangicha talqin qilish natijasida tadqiqotlar mazmuni ham vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi. Bu ma’noda dialektik mezon tarbiyaning etakchi mezoni sifatida o‘z davrining ustuvor ijtimoiy-madaniy g‘oyalariga yo‘naltiriladi. Foyalar maqsad, mazmun, metod va tarbiya natijalariga aylana borib, pedagogik jarayonning metodologik asosini belgilab beradi.
4. O‘qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanishi o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish jarayoni, ijodkorlik esa kasbiy faoliyatini loyihalashga bo‘lgan ob’ektiv ehtiyoj sifatida qaraladi. O‘qituvchining kasbiy tayyorgarlik jarayonini individual loyihalash g‘oyalari kasbiy-pedagogik ta’limning ob’ektiv etakchi mezoni bo‘lib qolmoqda [81; 31-32-b.].
Iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish talabalarni ijtimoiy hayotga nisbatan munosabatini shu bilan birga o‘zligini namoyon etishga, ularning kommunikativ qobiliyatlarini oshirishga xizmat qiladi, deb ta’kidlagan olim V.A.Slastenin [97; 512-b.]. Shu bilan birga olim V.A.Slastenin iqtisodiy – madaniyatni shakllantirish holatini baholash uchun aniq mezonlar va ko‘rsatkichlarni ko‘rsatib o‘tadi.
(1.1-jadval).


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling