I bob. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari 8
Download 0.84 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
MUNDARIJAMUNDARIJA 2 KIRISH 2 I BOB. BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING IQTISODIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI 8 1.1.Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik – psixologik tahlillari. 8 1.2-§. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik – psixologik tahlillari 22 1.3-§. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini shakllantirish komponentlari 33 Birinchi bob bo‘yicha xulosa 50 II BOB BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA IQTISODIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI 52 2.1-§. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni shakllantirish usullari. 52 2.2-§. Kompleks yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyati rivojlanishini tadqiq qilish vazifalari va metodikasi 65 Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar 76 III BOB. KOMPLEKS YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING IQTISODIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI 78 3.1-§. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash dasturlarida iqtisodiy tarbiya kompetensiyalarini faollashtirish va singdirish 78 3.2-§. O‘quv jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlanish darajalarini tajriba – sinov ishlarida tadqiq qilish 89 XULOSA 95 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 97 KIRISHDissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati Jahon miqyosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda iqtisodiy savodxonlikni shakllantirishga tayyorlash, o‘quvchilarda tejamkorlik sifatlarini tarbiyalash kompetentligini rivojlantirishning innovatsion yondashuvga asoslangan modellarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlariga muvofiq matematik va tabiiy fanlar bo‘yicha shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishga maqsadli tayyorlash, iqtisodiy tejamkor interaktiv dasturiy vositalarni ishlab chiqish malakasini rivojlantirish, raqamli texnologiyalarning adaptiv variantlarini qo‘llash asosida iqtisodiy bilimlarni tarkib toptirish mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dunyoda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrativ ta’lim jarayonlarini tashkil etishga tayyorlash, kompleks yondashuv asosida pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishga doir qator ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. SHuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish, ta’limni axborotlashtirish sharoitida iqtisodiy bilimlarni o‘zlashtirish sifatini oshirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish masalalarini tadqiq etish alohida dolzarblik kasb etadi. Bu esa kredit-modul tizimi asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishga doir elektiv kurslar mazmunini takomillashtirish, bo‘lajak o‘qituvchilarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik sifatlarini rivojlantirishning pedagogik tizimini ishlab chiqishni taqozo etadi. Respublikamizda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish, umumta’lim fanlarini xalqaro baholash dasturlari talablari asosida o‘qitish bo‘yicha kasbiy kompetentligini takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosati izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, innovatsion iqtisodiyot rivojlanish ko‘rsatkichlariga muvofiq pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlashning didaktik shart-sharoitlarini takomillashtirish va amaliyotga joriy etishga doir keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish” [10] kabi muhim vazifalar belgilandi. Bu esa bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning samarali usullarini ishlab chiqish, kompleks asosida pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarini o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini shakllantirishga tayyorlashning pedagogik tizimini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli [11], 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonlari [13], 2020 yil 27 fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4623-sonli [9], 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-3775-sonli Qarorlari [8] hamda mazkur sohaga taalluqli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling