I bob. Bolalar folklori o`zbek bolalar adabiyotining sarchashmasi
Download 41.8 Kb.
|
maqol
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqollar tahlili: 1.Hayvon olsa, qarga shod, Odam olsa, mulla shod.
- 2.Kop gap eshshakka yuk.
Maqollarda o‘z va ko‘chma ma’no. Maqollar o‘z va ko‘chma ma’nolarga ega bo‘lishi bilan yana ham diqqatga sazovordir. «Yomon xotin olguncha, bo‘ydoq yurgan yaxshiroq», «Qizi borning nozi bor», «Quda bo‘lguncha, ko‘p sinash, quda bo‘lgach, ko‘p siylash» kabi maqollar o‘z ma’nosida qo‘llanadi. Ayrim maqollar faqat ko‘chma ma’noda qo‘llanadi. «Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamas», «Egrining omochi yerga botmas», «O‘tin ayirgan bolta maydonda qolar» kabi maqollar bilan tanishganimizda ko‘chma ma’no yashiringanini his qilamiz.
Maqollar tahlili: 1.Hayvon o'lsa, qarg'a shod, Odam o'lsa, mulla shod. Bu maqol oz ma'noda turiga kiradi. Bu maqolda qayerlardadur hayvon o'lib qolsa o'laksaxo'r qushlar birpastda uchib kelib uni yeyishini "shod" deb ta'riflanyapti. Biron bir odam o'lib qolsa albatta mulla chaqiriladi. Mullaning ham tirikchiligi shudir, uning ham bola chaqasi bor. Shuning uchun" hayvon o'lsa,qarg'a shod; odam o'lsa mylla shod" deyilgan. 2.Ko'p gap eshshakka yuk. Bu maqol ko'chma ma'noda kelgan. Xalqimiz bu maqolni kop gapiradigan odamlarga qarata aytadilar. Go'yoki gap eshakka og'irlik qilayotgandek. Ko'p gapirmasdan ishingni qil, ortiqcha gapirib yubording degan ma'noda ishlatiladi. 3.Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga, Yomon bilan yursang, qolarsan uyatga. Bu maqol oz ma'noda kelgan. Bu maqolni koproq biz yoshlarga bobo, buvilarimiz kop ishlatishadi. Ya'ni bu maqolda doim yaxshi insonlar bilan do'stlashgin,ular bn birga bo'lgin ana shunda hamma ishlaring doim yaxshi boladi, niyatingga erishasan deyilyapti. Agar yomon odamlar bilan dostlashsang, ular bilan bir ish qilsang bir kunmas bir kun jamoat oldida uyatga qolasan deyilyapti. Bu maqolda tazoddan foydalanilgan ya'ni zidlantirish-" yaxshi","yomon","murodga","uyatga" so'zlari bir biriga zidlanib kelyapti. 4.Oldingdan oqqan suvni qadri yoq. Bu maqol ko'chma ma'noda kelyapti. Ya'ni xozir senda bor narsalarni qadriga yetgin,shukur qilgin deyilyapti.Keyin afsus chekib qolasan degan ma'noda kelgan. Download 41.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling