I bob. Bolalar folklori o`zbek bolalar adabiyotining sarchashmasi


Download 41.8 Kb.
bet5/6
Sana15.02.2023
Hajmi41.8 Kb.
#1199186
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maqol

Шунинг учун хам суз санъаткорлари, шунингдек, бо­ лалар ёзувчилари халк огзаки ижодига, айникса, макол- ларга купрок мурожаат этганлар ва улардан унумли фой- даланганлар.
Маколлар мавзу жихатидан бой, хилма-хил ва ранг- барангдир. Уларда она-Ватанни севиш, уни ташки ва ички душманлардан куз корачигидек саклаш, унга содик булиш роялари жуда ихчам, охангдор бир шаклда, образли ифо- даларда гавдалантирилгандир:
Булбул чаманни севар, Одам — Ватанни севар.
Она юртинг омон булса, Ранги руйинг сомон булмас.
Дустлик, биродарлик, душманга нафрат, ахиллик ва бирдамлик гоялари хам маколларнинг асосий магзини ташкил этади:
Кукка бокма, купга бок!
Дуст сузини ташлама, Ташлаб бошинг кашлама.
Маколларда мехнат инсоннинг курки, зийнати сифа­ тида ифода этилади. Шунингдек, хамкорликда, кенгашиб килинган мехнат серунум булади, деган foh илгари сури- лади:
Дарё сувини бахор тоширар, Одам кадрини мехнат оширар.
Дарахт япрори билан куркам, Одам мехнати билан куркам.
Купгина маколларда ёшлар илм-хунарли булишга ча- кирилади:
Билаги зур бирни йикар, Билими зур мингни йикар.
Илм — акл чирори.
Олим булсанг, олам сеники.
Тил, нутк маданияти ва донолик х,ак,ида х,ам анчагина маколлар яратилган:
Тилга эътибор — элга эътибор.
Доно айтса — эл айтгани, Элнинг гамини еб айтгани.
Халк маколларида яхшилик, халоллик, туррилик хамда ростгуйлик улурланиб, ёмонлик, ёлрончилик ва каллоб- лик эса кораланади:
Турри булсанг, усиб бориб гул буларсан, Эгри булсанг, усиб бориб кул буларсан.
Яхши билан юрсанг етарсан муродга, Ёмон билан юрсанг, коларсан уятга.
Яхшидан от колар, Ёмондан дод колар.
Ахлок-одоб хакидаги маколларда хам таълим-тарбия- вий foh илгари сурилади:
Болани ёшдан асра, Нихолни бошдан асра!
Рахмат олган омондир, Лаънат олган ёмондир.
Бола, азиз, одоби ундан азиз.

  1. 2. 2. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISH USULLARI

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan ishlashda badiiy so’z katta o’rin tutadi. Bolalar xalq ertaklari, she’r, hikoyalar eshitishni yaxshi ko’radilar. Bolalar adabiyoti, avvalo o’zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go’zalligi, tilning ifodaliligi, she’riy so’zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi. Buyuk rus demokratik V.G. Belinskiy bolalar kitobi tarbiya uchun yoziladi, «Tarbiya – buyuk ish, u insonning taqdirini hal qiladi» - degan edi. Badiiy adabiyotning qimmati bolaning har bir jihatdan o’sishiga ta’sir ko’rsatishidadir. Badiiy adabiyot bolaga jonajon o’lka tabiatining kishilarning mehnati va hayotini, ularning qilayotgan ishlari va ko’rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqyealar, bolalarning o’yinlari, ermaklari va qilayotgan mehnatlarini himoya qilib beradi. Kishilarning ichki dunyosini yoritib, ularning xarakterlari, his-tuyg’ulari, xatti-harakatlarini, shuningdek, tasvirlangan hodisalarga yozuvchining munosabatini ko’rsatib, badiiy adabiyot asarlari bolani hayajonlanishga, asar qahramonlariga achinishga yoki ularni qoralashga majbur qiladi. Eng yaxshi badiiy adabiyot asarlari bolalarda biror narsaga yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz, to’g’ri-noto’g’ri deb, o’zlariga xos bir yordam beradi. Bolalar kitobning qiziqarli mazmuni do’stlik, halollik, mehnatsevarlik, o’rtoqlik namunalarini ko’rsatadi. Bolalar badiiy adabiyot asarlari estetik jihatdan tarbiyalashga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Badiiy asarlarning yorqin obrazlari, jonajon tabiatning shoirona manzaralari, she’rlarning musiqaviyligi, tilning o’tkirligi, ifodaliligi bolalarga yoqadi. Bolalar badiiy so’z qudratini his etadilar, uncha katta bo’lmagan ertaklar, xalq ashula hamda she’rlarini tez va osongina eslab qoladilar. Badiiy so’zga muhabbatni ilk yoshdan boshlab tarbiyalab borish zarur, bola bog’chadan maktabga ana shu muhabbat bilan o’tadi va keyinchalik Vatan adabiyotini sevadigan bo’lib qoladi. Xalq og’zaki ijodi – ertaklar, topishmoqlar, maqollar, qo’shiqlarning ko’plari uzoq o’tmishda va hozirgidan tubdan farq qiladigan voqyeligidan tubdan farq qiladigan turmush sharoitida yaratilgan xalq ijodi asarlaridan faqat tarbiya vazifalariga javob beradiganlari tanlab olinadi. Aql-idroki yoki jasurligi bilan, sabr-toqati yoki mehnati bilan har qanday qiyinchiliklarni yengadigan dovyurak, vijdonli qahramonlar ishtirok etadigan ertaklardan bolalar juda hayratlanadilar, bunday ertaklar bolalarni ijobiy qahramonlarga nihoyatda hayrixoh bo’lishga, yovuzlikka, nohaqlikka, qizg’anchiqlikka, makr-xiylaga nisbatan murosasiz bo’lishga majbur etadi. Bolalar kitobi bolaga tushunarli bo’lgan, uning aqli va qalbiga yetib borgan, ya’ni bola yozuvchining hikoya qilayotgan narsasini tushunadi hamda his eta olgan taqdirdagina u o’zining tarbiyaviy rolini bajaradi. Tarbiyachilar bolalarning asarlar haqidagi bilimlarini mustahkamlab borish uchun oldingi yosh guruhlarida ularning qaysi asarlar bilan tanishganlarini bilishlari kerak. Buning uchun yil boshida oldingi guruh dasturini ko’rib chiqish va takrorlash materialini belgilab olishi lozim. Tarbiyachi taqvim-reja tuzish paytida yaqin bir-ikki hafta ichida bolalarga o’qib beradigan asarlarini tavsiya ro’yxatidan belgilab oladi. Bunda u bolalarda histuyg’u va xulq-atvorni, tevarak-atrofga har xil qiziqish hamda munosabatlarni tarkib toptirishdek muhim tarbiyaning umumiy vazifalariga amal qiladi. Bolalarning qiziqqan narsalarini, ularning o’zaro munosabatlarini, o’yinlarini kuzatish yaxshi kitob tanlashga ancha yordam beradi. Har bir asarni tevarak-atrofdaga ma’lum hodisalar bilan bog’lash va o’sha vaqtdagina o’qib berish lozim, deb o’ylash noto’g’ri. Albatta, kitobdagi hodisalarga bog’liq mavzuni o’qib berish kerak. Lekin boshqa vaqtda ham bunday kitob o’qishni o’tkazish lozim. Tarbiyachi asar tanlagach, bolalarga uni qanday yetkazish lozimligini aniqlab olishi kerak. Notanish so’zlari ko’p bo’lgani uchun bolalar mazmunini tushuna olmaydigan asarni o’qimagan ma’qul. O’tmishda tarixiy davr bilan bog’liq bo’lgan mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlarida, masalan, A.S. Pushkin ertaklarida, xalq ertaklarida uchraydigan juda ko’p notanish so’zlarni tushuntirish kerakmi? degan savol tug’iladi. Bu so’zlar bolalarning asar mazmunini tushunib olishlariga xalaqit bermaydimi, shuning uchun ularni tushuntirmasa ham bo’ladi. Badiiy adabiyotdan foydalanadigan mashg’ulotlar g’oyat osoyishta sharoit yaratilishini talab etadi. Muhimi, xech narsa bolalarni eshitishdan chalg’itmasligi lozim. Mashg’ulotlarni tez uyushtirish, uni bolalar adabiyotiga xos sog’lom, optimistik xarakterda, xushchaqchaqlik bilan o’tkazish kerak
Xulosa. Til, falsafa va badiiy ijodning o'ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo'lgan bir janridir. Har biri tilimiz ko'rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta oladigan bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko'p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik va falsafiy qarashlari, qisqasi, O'zi va O'zligi to'la namoyon bo'lgandir. Shuning uchun ham maqollar g'oyatda keng tarqalgan bo'lib, asrlar davomida jonli so'zlashuv va o'zaro nutqiy munosabatlarda, badiiy, tarixiy va ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik adabiyotda doimiy ravishda qo'llanilib kelgan va qo'llanmoqda. Yillararo, davrlararo ularning yangilari yaratilib turgan, eskilarining — jonli muomalada, tilda mavjudlarining ma'no doirasi kengayib yoki torayib borgan. Hatto ularning muayyan qismi unutilib ketgan. Chunki o'zbek xalqining bunday ulkan folklor merosi folkloristik nuqtayi nazardan keyingi asrlargacha deyarli to'planmay va o'rganilmay kelgan. Bundan xalq maqollari o'tmish adiblari, shoirlari, tarixchilari e'tiboridan mutlaqo chetda ekan, degan xulosa chiqarmasligimiz kerak.

Bolalar xalq ogʻzaki ijodida maqollar yetakchi oʻrinda turadi. Xalq yaratgan gʻoyat ixcham, chuqur va tugal maʼnoli gaplar maqol deb yuritiladi. Maqol xalqning, bir necha avlodlarning aql-u farosati hamda turmush tajribasining yakuni, ular donishmandligining mahsulidir. Maqollarda hayotning achchiqchuchugini tatib koʻrgan, turmushdagi hodisalarga aql koʻzi bilan qaraydigan, sof vijdonli, oliyjanob mehnat ahlining biror voqeahodisadan, biror kishidan yoki biror ishdan chiqargan xulosasi bayon qilinadi. Bu xulosa biror kishi uchun (koʻproq bolalar uchun) yoʻl koʻrsatuvchi boʻlib xizmat qilishi mumkin. Maqollar xalqning aql-idroki, ijtimoiy-tarixiy tajribasi, kurashi hamda mehnatning badiiy ifodasi sifatida yaratib kelinmoqda.


Maqollar chuqur maʼnoni ifoda eta bilishi, ixcham, pishiq va puxtaligi bilan xalq ogʻzaki ijodining boshqa turlaridan farq qiladi. Ularda mehnatkash xalqning orzu-umidlari, oʻzaro munosabatlari, vatanparvarlik, insonparvarlik xislatlari, oʻyfikrlari oʻziga xos shaklda aks etgan boʻladi. Shu sababdan ular bolalarni toʻgʻri, mantiqiy fikrlashga, maqsadni qisqa, ixcham va loʻnda bayon etishga oʻrgatadi, ularning badiiy didini oshiradi, tarixiy hodisalarning mohiyatini yaxshiroq, chuqurroq payqab olishga yordam beradi. Bundan tashqari, maqollar ona tilining eng nozik badiiy xususiyatlarini bilishga va soʻz boyligini ham oshirishga koʻmaklashuvchi bir vosita sifatida xizmat qiladi.
Shuning uchun ham soʻz sanʼatkorlari, shuningdek, bolalar yozuvchilari xalq ogʻzaki ijodiga, ayniqsa, maqollarga koʻproq murojaat etganlar va ulardan unumli foydalanganlar.
Maqollar mavzu jihatidan boy, xilma-xil va rang-barangdir. Ularda ona-Vatanni sevish, uni tashqi va ichki dushmanlardan koʻz qorachigʻidek saqlash, unga sodiq boʻlish gʻoyalari juda ixcham, ohangdor bir shaklda, obrazli ifodalarda gavdalantirilgandir:
Bulbul chamanni sevar,
Odam – Vatanni.
* * *
Ona yurting omon boʻlsa,
Rangi roʻying somon boʻlmas.
Doʻstlik, birodarlik, dushmanga nafrat, ahillik va birdamlik gʻoyalari ham maqollarning asosiy magʻizini tashkil etadi:
Koʻkka boqma, koʻpga boq!
* * *
Doʻst soʻzini tashlama,
Tashlab boshing qashlama.
Maqollarda mehnat – insonning koʻrki, ziynati sifatida ifoda etiladi. Shuningdek, hamkorlikda, kengashib qilingan mehnat serunum boʻladi, degan gʻoya ilgari suriladi:
Daryo suvini bahor toshirar,
Odam qadrini mehnat oshirar.
* * *
Daraxt yaprogʻi bilan koʻrkam,
Odam – mehnati bilan.
Koʻpgina maqollarda yoshlar ilm-hunarli boʻlishga chaqiriladi:
Bilagi zoʻr birni yiqar,
Bilimi zoʻr mingni yiqar.
* * *
Ilm – aql chirogʻi.
Til, nutq madaniyati va donolik haqida ham anchagina maqollar yaratilgan:
Tilga eʼtibor – elga eʼtibor.
* * *
Dono aytsa – el aytgani,
Elning gʻamini yeb aytgani.



Download 41.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling