I bob. Bolalarda son sanoq haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish


Download 1.03 Mb.
bet1/14
Sana19.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1624183
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Bolalarda son sanoq haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish


Mundarija

I.Kirish………………………………………………………………………..……3

I BOB. Bolalarda son sanoq haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish
1.1 Son-sanoq bo‘yicha tasavvurlarni shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish………………………………………………………………….8
1.2 Turli guruh bolalarda son-sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish…………..…………………….........18

II BOB. Bolalarda butun sonlar qatori haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish


2.1 Sanash va o‘lchash jarayonida bolalarda butun sonlar qatori haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish……………………………………………………...29
2.2 Bolalarni butun predmetni teng bo‘laklarga bo‘lishga o‘rgatish.……………33

III. Xulosalar…………………………………………………………………….38


Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………40


Ilovalar…………………………………………………………………………41

Kirish
Maktabgacha ta'lim tizimini qayta qurishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bolaning xususiyatlari, imkoniyatlari, layoqati va qobiliyatlarini e'tiborga olgan holda uni shaxs sifatida mukammal rivojlantirishga qaratilgan ta'limdir. Ma'lumki, har bir inson o‘zining intilishlari, qobiliyati va imkoniyatlariga ko‘ra hayotda o'z o‘rnini topa olgan sharoitda rivojlanuvchi jamiyatni barpo-etishi mumkin. Jamiyatdagi insonning to‘laqonli faoliyati, ya'ni bolaning har kungi hayoti, ishlab chiqarish faoliyati, undan yuqori darajadagi umumiy rivojlanish va umumiy madaniyatini takomillashib borishi talab qilinadi. Shuning uchun bizning asosiy vazifamiz maktab yoshigacha bo'lgan bolalarni bilimga undash, faollikka chaqirish, amaliy faoliyatning har bir turida matematik tushunchalarning muhimligini ko‘rsatish, fikrlashga o‘rgatishdan iboratdir. Demak, zamonaviy maktabgacha ta'lim oldida bolalarga yoshligidan boshlab mustaqil, faol matematik tushunchalarni rivojlantirish vazifasi turibdi. Zamonaviy fanda matematik tushunchalarni rivojlantirishning bir necha yo‘nalishlari belgilandi: falsafa bilimlarning haqqoniylik muammosini ko‘rib chiqadi; mantiq tushunchani ivojlantiruvchi bilim tizimi sifatida o'rganiladi, psixologiya har bir bolaning mustaqil fikrlash jarayonini nimaga, qaysi fikrlash jarayoni orqali namoyon bo'lishini, inson fikrlash jarayoni yordamida noma'lumni, yangilikni topadi, degan farazni ko‘rib chiqadilar; pedagogika bolalardagi ijodiy faoliyatni shakllantirish yo‘llarini, yosh avlodni ijodiy mehnatga tayyorlashni tekshiradi.1
Matematik tushunchalarni rivojlantirish muammosi psixologik nuqtai nazardan quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
1) tushunchaning tuzilishi va shaklining paydo bo'lishi;
2) tushunchalarni shakllantirish uchun aqliy harakatlar va aqliy faoliyat yo‘llarini, usullarini rivojlantirish.
Psixologik, pedagogik tadqiqotlarni ko‘rib chiqib shunday xulosa mumkinki, bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish tarbiyachi (pedagog) rahbarligida, maqsadli tashkil qilingan faoliyat jarayonida samarali rivojlanadi. Tarbiyachi (pedagog) rahbarligida ta'lim jarayonida umumiylashtirish, fikrlash, mantiqiy bog'lash bilimlari rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o'z aksini albatta topadi. Maktabgacha ta'lim jarayonida bunday sharoitlarning yaratilishi masalani yechishda o‘rganilayotgan bilimlarni mustahkamlash, masalani mustaqil yechish ko‘nikmasini rivojlantirish, muammoni yaqindan ko'ra bilish va uni yecha olish, olingan natijalardan masalani yechish jarayonida foydalanishni bilish uchun imkon yaratadi. Ushbu masalani yechishda psixologlarning birlamchiligi shundaki, bolada matematik tushunchalarni shakllantirish maxsus psixologik qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. Ammo matematik tushunchalar inson bilan birga tug'ilmaydi. Bolalarda shu xususiyatlarni tarbiyalashda maktabgacha ta'lim katta ahamiyat kasb etishi kerak. Fan-texnika va hayotning zamonaviy rivojlanish darajasi maktabgacha ta'lim oldiga o‘sib kelayotgan yosh avlodlarga ta'lim-tarbiya berish jarayonini uzluksiz takomillashtirish vazifasini qo‘yadi. Psixologlar, pedagoglar va metodistlar tajribali o'qituvchilar bilan birgalikda matonat bilan darsni tashkil etish yo‘llari, shakllari hamda uslublarini izlashmoqda, bilim va ko'nikmalar sifatini ko'tarish sharoitlari ishlab chiqilmoqda. Ta'lim-tarbiya sifatini kuchaytirish talablarini qo‘yayotganda yosh avlod bilan matonatli xizmat qilish muhimdir, maktabgacha ta'lim faqatgina aniq bilimlar hajmini belgilabgina qolmay, balki o‘zlashtirilgan bilimlar olingan natijalar asosida bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdan iboratdir. M. A. Danilov, L. V. Zankov va boshqalarning tadqiqotlarida bolaning o‘quv faoliyati qulay sharoitda, ularning aqliy faoliyatini rivojlantirishning turli fanlardan foydalangan holda kechadi. Demak, ta'lim uslublari boladagi ijodiy faoliyatni rivojlantirish uchun matematik tushunchalarni shakllantirishga qaratilishi, ishning turli uslublarini mujassamlashtirishi lozimdir.
Bolada matematik tushunchalarni shakllantirish masalasiga Yu. M.Kolyagin, Yu. I. Kulyutkin, L.M.Fridman, psixologlar, pedagoglar va slubchilar K. Dunker, J.Piaje, J. Poyalarningmashhur tadqiqotlari katta ahamiyatga ega.Bolalardagi matematik tushunchalarni rivojlantirishning psixologik abiatining o‘rganilishi, asosiy qismlarining aniqlanishi,tushunchalarni hakllantiruvchi umumiy shartlarini chuqurroq o‘rganishga imkon yaratadi. Psixologik, pedagogik tadqiqotlarni ko‘rib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish tarbiyachi (pedagog) rahbarligida, maqsadli tashkil qilingan faoliyat jarayonida samarali rivojlanadi. Tarbiyachi (pedagog) rahbarligida ta'lim jarayonida umumiylashtirish, fikrlash, mantiqiy bog‘lash bilimlari rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o‘z aksini albatta topadi. Maktabgacha ta'lim jarayonida bunday sharoitlarning yaratilishi masalani yechishda o‘rganilayotgan bilimlarni mustahkamlash, masalani mustaqil yechish ko'nikmasini rivojlantirish, muammoni yaqindan ko'ra bilish va uni yecha olish, olingan natijalardan masalani yechish jarayonida foydalanishni bilish uchun imkon yaratadi. Ushbu masalani yechishda psixologlarning birlamchiligi shundaki, bolada matematik tushunchalarni shakllantirish maxsus psixologik qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. Ammo matematik tushunchalar inson bilan birga tug‘ilmaydi. Bolalarda shu xususiyatlarni tarbiyalashda maktabgacha ta'lim katta ahamiyat kasb etishi kerak. Fan-texnika va hayotning zamonaviy rivojlanish darajasi maktabgacha ta'lim oldiga o‘sib kelayotgan yosh avlodlarga ta'lim-tarbiya berish jarayonini uzluksiz takomillashtirish vazifasini qo‘yadi. Psixologlar, pedagoglar va metodistlar tajribali o‘qituvchilar bilan birgalikda matonat bilan darsni tashkil etish yo‘llari, shakllari hamda uslublarini izlashmoqda, bilim va ko‘nikmalar sifatini ko‘tarish sharoitlari ishlab chiqilmoqda. Ta'lim-tarbiya sifatini kuchaytirish talablarini qo‘yilmganda yosh avlod bilan matonatli xizmat qilish muhimdir, maktabgacha ta'lim faqatgina aniq bilimlar hajmini belgilabgina qolmay, balki o‘zlashtirilgan bilimlar olingan natijalar asosida bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdan iboratdir. M. A. Danilov, L. V. Zankov va boshqalarning tadqiqotlarida bolaning o‘quv faoliyati qulay sharoitda, ularning aqliy faoliyatini rivojlantirishning turli vositalardan foydalangan holda kechadi. Demak, ta'lim ushiblari boladagi ijodiy faoliyami rivojlantirish uchun matematik tushunchalarni shakllantirishga qaratilishi, ishning turli uslublarini mujassamlashtirishi lozimdir. Bolada matematik tushunchalarni shakllantirish masalasiga Yu. M.Kolyagin, Yu. I. Kulyutkin, L.M.Fridman, psixologlar, pedagoglar va slubchilar K. Dunker, J.Piaje, J. Poyalarning mashhur tadqiqotlari katta ahamiyatga ega. Bolalardagi matematik tushunchalarni rivojlantirishning psixologik tabiatining o‘rganilishi, asosiy qismlarining aniqlanishi, tushunchalarni shakllantiruvchi umumiy shartlarini chuqurroq o‘rganishga imkon yaratadi.Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa. maktabgacha ta’lim sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya olishi masalasi davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar dasturul amal bo‘lmoqda. Maktabgacha ta'lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror (2016-yil, 29-dekabr), “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risida”gi PF-5198-sonli Farmon (2017-yil 30-sentyabr), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 528-sonli Qarori (2017- yil, 19-iyul), “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi” kabi me'yoriy huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.2 Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va m a’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarda matematik tasavvur va bilimlarni rivojlantirish ularning intellektual jihatdan yetuk insonlar boMib ulg‘ayishida o‘ziga xos o‘ringa ega. Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda. aniq tizim va ketma-ketlikda bcriladi. Hozirgi jarayonda “Matematik tasavvurlari shakllantirish nazarivasi va metodikasi” lanining niazmunidan kelib chiqib tayyorlangan ushbu qollanma maktabgacha ta’lim yo'nalishi bakalavnat talabalari, shu yo‘nalishning maxsus sirtqi va sirtqi ta’limi talabalari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilariga kerakli ma'lum ot va metodik yordam bera oladi. Q o‘llanma zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hisobga olib tayyorlangani va bugungi kun talablariga to‘laqonli javob berishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” fanining asosiy maqsadi boUajak maktabgacha ta'Hm tashkiloti xodimlari - tarbiyacbilarni maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy hamda metodik asoslari bilan tanishtirishdan iborat. Mazkur o‘quv qo'llanmada ana shu ilmiy-nazariy asoslar, bu jarayonda qo‘llanishi maqsadga muvoliq bo'lgan zamonaviy ta'lim texnologiyalari, didaktik o‘yinlar. usul va vositalar masalasi yoritildi. Ushbu o’quv qo'llanm a maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasiga bag’ishlangan. Qo'llanmada turli yosh guruhidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish ta’limining asosiy didaktik tamoyillari, bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarda predmetlar miqdorini idrok qilish, esda olib qolish va taqqoslashning o‘ziga xos xususiyatlari, sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlari, vaqtni idrok qilish, bolalarning maktabga tayyorlik darajasiga qo'yiladigan minimal talablar, oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan metodik ishlarni rejalashtirish kabi masalalarga oid ma’lumotlarga keng o‘rin berilgan. Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg’ulotlarida foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar, didaktik o‘yinlar ko'rsatib o‘tilgan.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling