Kurs ishning maqsad va vazifalari. O’zbekiston tarixida, o’zbek xalqining shakllanishida, Buxoro amirligining iqtisodiy tarixi Yevropadagi bu davrda mavjud bo’lgan tizimga xos bo’lgan o’zgarishlar bilan kechdi, ularni yangicha yondashuv asosida tahlil qilib, inqiroz omillarini tatqiq etib, davrga xos ilmiy xulosa va fikr mulohaza bildirish.
Maqsaddan kelib chiqib qo’yidagi vazifalar belgilandi:
Buxoro amirligining tashkil topishi. Mang’itlar sulolasining xokimiyat tepasiga kelishi. Amirlikning o’ziga xos xususiyatlar yoritish
Mang’itlar sulolasining davlat boshqaruvi an’analari o’rganish.
Buxoro amirligining iqtisodiy ahvoli va savdo aloqalari mulkiy munosabatlarni tahlil qilish.
Amirlikda savdo-sotiqning rivojlanishi sanoat ishlab chiqarishining shakllanish jarayonini tadqiq etish.
Buxoro iqtisodiyotiga chor Rossiyasi kapitalining kirib kelishi oqibatlarini bilish
Mang’itlar davrida Buxoro amirligining iqtisodiy axvoli bo’yicha dars ishlanmasi tayyorlash.
Predmeti: Buxoro amirligining iqtisodiy tarixida siyosiy tizim, iqtisodiy munosabatlar, an’anaviy ishlab chiqarish, savdo-sotiq munosabatlari.
Mavzuning ilmiy-amaliy ahamiyati. Kurs ishimizning ilmiy ahamiyati ham shundaki Buxoro amirligining iqtisodiy tarixi ilmiy asosda tahlil va tadqiq etiladi. Amalda esa tarix faniga qiziquvchilar o’z dunyoqarashlarini shakllantirishda o’sha davr tarixiy jarayonlarini o’rganishda foydalanishlari mumkin bo’ladi. AL va KXK larida dars o’tish jarayonlarida qo’llash imkoniyati paydo bo’ladi.
Kurs ishining nazariy-metodologik asoslari. BMI da Prezident
I.A.Karimov asarlari, nutq-farmonlari, Konstitutsiyamizning asosiy g’oyalari, Vazirlar Mahkamasi va Oliy majlisning qarorlari nazariy-kontseptual asos bo’ldi. Tarixiy xolislik, mantiqiy birlik, obektiv yondashuv, sabab va mohiyatidagi uzviylikni saqlash usullari asosida o’rganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |