I bob. Buxoroga sovet davlatining xujumi va uning oqibatlari


Qurolli kurashning harbiy rahbarlari va g’oyaviy rahnamolar


Download 223.75 Kb.
bet6/8
Sana13.04.2023
Hajmi223.75 Kb.
#1353307
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Buxoroga sovet davlatining xujumi va uning oqibatlari

2.2. Qurolli kurashning harbiy rahbarlari va g’oyaviy rahnamolar.

SHarqiy Buxoro va O’rta Buxoro istiqlolchilarining yo’lboshchilari va


g’oyaviy rahnamolari ko’p bo’lgan. Harbiy rahbarlar o’rtasida shubhasiz Ibrohimbek qo’rboshi (1889-1932) alohida ajralib turgan.
Muhammad Ibrohimbek 1889 yili hozirgi Dushanbe shahridan 12 kmuzoqlikda joylashgan Ko’ktoshda tug’ilgan bo’lib, u o’zbek xalqining laqay
elatidan, laqaylarning to’rtta urug’idan biri bo’lgan esanxo’ja urug’iga mansub hisoblanadi. Ibrohimbekning otasi CHaqaboy Bobo o’g’li qishloq oqsoqoli hamda Ko’ktosh laqaylarining urug’ boshlig’i bo’lgan. SHu bilan birgalikda Chaqaboy oqsoqolga Buxoro amiri tomonidan 1870 yili miroxo’r va 1894 yili to’qsabo unvonlari berilgan34. CHaqaboy to’qsabo umrining oxirigacha Ko’ktoshda yashab, taxminan 1910 yili shu yerda vafot etgan.
Ibrohimbek eski maktabda o’qib savod chiqargan. So’ngra Yovondagi Domulla Muhammadiyning mahalliy madrasasi va Hisor madrasasida ta’lim olgan. U yoshligidan uloq, ya’ni ko’pkarilarda muntazam qatnashib, mohir chavandoz va uloqchi sifatida o’zining dadilligi va g’ayratli ekanligi bilan tengqurlari o’rtasida alohida ajralib turgan.
1919 yili Ibrohimbek Hisor begi tomonidan qorovulbegi unvoni bilan taqdirlangan. U Ko’ktosh laqaylaridan zakot yig’ishga mutasaddi shaxs qilib tayinlangan. Keyinchalik u laqaylarning yetakchilaridan biri Abduqayum parvonachining qiziga uylangan1. Bu qizning ismi Bibixaticha bo’lgan. Ibrohimbekning Bibixatichadan G’ulomhaydar ismli o’g’li bo’lgan. U taxminan 1932 yili 4 yoshida kasallikdan o’lgan. Ko’p o’tmasdan G’ulomhaydarning onasi ham Dang’ara tumanida o’z opalarining qo’lida vafot etadi.
Ibrohimbekning shaxsiy hayoti ham murakkab kechgan. U o’zining butun
faoliyatini xalq ozodligi uchun kurashga sarflagan. Bundan uning oila a’zolari, qarindosh-urug’lari va yaqin do’stlari jabr ko’rgan. Sovet hokimiyati Ibrohimbekka qarshi kurash bahonasida ularni qatag’on qilgan.
Buxoroda amirlik tuzumi ag’darib tashlangach, Sharqiy Buxoroda ham sovet hokimiyati majburan o’rnatiladi. Ibrohimbek 1921 yil boshlarida qisqa muddat ichida 10000 nafardan ortiq askar to’plab, Ko’lob va Baljuvon viloyatlarini qizil askarlardan tozalaydi. Buxoroning so’nggi hukmdori Said Olimxon Ibrohimbek huzuriga maxsus vakillarini yuborib, uni bolьsheviklar va qizil armiyaga qarshi kurashini rag’batlantirib turgan.
Ibrohimbek 1926 yil iyun oxirida Afg’onistonga o’zining 50 nafar qurollangan yigiti bilan o’tgach, dastlab Xonobodda qisqa muddat yashaydi. So’ngra u poytaxt Kobulga keladi. Ibrohimbek bilan Said Olimxon Qal’ai Fotuda o’zaro uchrashgach, sobiq hukmdor Ibrohimbekning Vatandan Afg’onistonga o’tish sabablari, so’nggi oylardagi siyosiy va harbiy jarayonlar bilan tanishadi. Olimxon unga Qal’ai Fotudagi o’z qarorgohida qolishni taklif etadi hamda o’z hisobidan oyiga 1500 rupiya maosh tayinlaydi. Afg’oniston amiri Omonullaxon ham Ibrohimbekka oyiga 550 qobuliy rupiyasi miqdorida maosh belgilaydi. Bu paytda afg’on harbiylarining o’rtacha oyligi 30 rupiya bo’lgan. Ibrohimbek ma’lum muddat Qal’ai Fotuda tinch va osoyishta hayot kechiradi. Biroq afg’on hukumati Ibrohimbekning Kobuldan chiqishiga ijozat bermaydi. Bu paytda Ibrohimbekning oilasi va Xurrambek qo’rboshi Xonobodga kelishgan edi. 1927 yil yanvar oyida Ibrohimbekning oilasi Xonoboddan Kobulga keladi va u Qal’ai Fotuda o’z oilasi bilan 1929 yilning bahorigacha yashaydi.
Bu davrda Afg’onistonda yuz bergan murakkab siyosiy jarayonlar, harbiy
vaziyatning o’zgarishi, Afg’onistonda hokimiyat tepasiga Habibullaxonning (1890-1929 - u Bachai Saqqo nomi bilan mashhur bo’lgan) kelishi buxorolik va turkistonlik muhojirlar ahvoliga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Ibrohimbek va uning laqay urug’doshlari bilan afg’on askarlari o’rtasida qurolli to’qnashuvlar bo’ldi. Ayrim manbalarda yozilishicha, Afg’oniston hukumati bilan turkistonlik muhojirlar o’rtasidagi bu urush bir yilcha davom etdi35.
Ibrohimbek bilan turkman muhojirlarining boshlig’i Eshon Xalifa (uni Xalifa Eshon ham deyishgan) o’rtasida o’zaro ittifoq tuzilgach, uning obro’si juda oshib ketdi.
1930 yil boshlarida Ibrohimbek ixtiyorida 1500 miltiq bo’lgan. Eshon Xalifa tinimsiz ravishda Ibrohimbekni o’z huzuriga – Axchiga da’vat etib, maktublar yuborib turgan. Ibrohimbek turkman muhojirlarining asosiy yo’lboshchilaridan biri Qurbon Kanuchakka ham maktub jo’natib, tez orada Axchiga borishini ma’lum qildi. 1930 yil 10 yanvarda Xolmurod Ko’sa To’qsaboning Andxuydagi uyida turkman muhojirlarining yetakchilari yig’ilib, o’zaro kengash o’tkazishdi. Kengashda aytilishicha, “Turkman yovmutlarining yetakchisi Junaidxon (1857-1938) tez orada Hirotdan Mozori SHarifga keladi va Buxoroga harbiy yurish qilish masalalari muhokama qilinadi.
Ibrohimbek ham o’z navbatida Eshon Xalifa siymosida butun turkmanlarni birlashtirishi mumkin bo’lgan kuchni ko’rar, bunday nufuzli din arbobi va yo’lboshchining muhojirlar o’rtasidagi obro’-e’tibori shunday murakkab pallada unga juda zarur edi. SHu sababdan ham Ibrohimbek o’zining harbiy rejalari va siyosiy maqsadlarini doimo Eshon Xalifa bilan maslahatlashib turgan. Bu davrda turkmanlar Ibrohimbek qo’shinini moddiy mablag’ va qurol-yarog’ bilan qo’llab-quvvatlashdan tashqari hatto to’plagan zakotlarini ham Ibrohimbekning odamlariga yig’ib berganlar36.
Afg’oniston shimolida Ibrohimbekning mavqei kuchayib borgan sari sovet hokimiyati unga qarshi jiddiy choralar ko’rish yo’lini axtaradi. Moskvadan qizil armiya qo’mondonligiga Janubiy Turkiston (Shimoliy Afg’oniston) hududiga kirib, Ibrohimbek va boshqa qo’rboshilar guruhlariga qarshi harbiy harakatlar olib borish vazifasi yuklatiladi. Ibrohimbekning harbiy kuchlarini Afg’onistonning o’zida yakson qilish maqsadida 1930 yil iyunida Yakov Melkumov qo’mondonligidagi qizil askarlarning kavaleriya brigadasi Ayvaj chegara posti orqali Afg’onistonga kiritildi. Ular Aylobod (Aliobod), Oqtepa qishloqlari, shuningdek, Qunduz daryosi atrofidagi 35 km masofada joylashgan laqay, qo’ng’irot, do’rmon kabi o’zbek urug’lari va qozoq muhojirlarining chodir va o’tovlarini yakson qilib, muhojirlarning pishib yetilish arafasida bo’lgan bug’doyzorlarini yoqib tashlashdi. Afg’onistonga bostirib kirgan qizil askarlar tomonidan qo’lga olingan barcha turkistonlik muhojirlar o’ldirildi.
Xullas, Afg’onistondagi Nodirxon (Muhammad Nodirshoh) hukumati sovet askarlari yordamida Ibrohimbek qo’rboshining harbiy kuchlariga qarshi hujum boshlaydi. Afg’oniston podshosi Muhammad Nodirshoh va Bosh vazir Muhammad Hoshimxon farmoni bilan yaxshi qurollangan qo’shin Ibrohimbek o’rnashgan Tohariston (Tahor) viloyatiga tashlanadi. Said Olimxon afg’on ma’murlarining tazyiqi ostida Ibrohimbekka o’zining eshikog’asi Said Ahmad Hoji orqali maktub yuborib, uni Afg’onistonda mahalliy hokimiyatga qarshi kurashni to’xtatib, SSSRga hujum qilishga da’vat etadi.
Bu paytda afg’on hukumati turkman muhojirlarining g’oyaviy rahnamosi Eshon Xalifani ham turli va’dalar berib, qimmatbaho sovg’alar bilan siylab, u bilan Ibrohimbek o’rtasida bo’lgan ittifoqchilikka putur etkazgan. Xullas, Eshon Xalifa ham o’z qavmining tinchini o’ylab, mahalliy ma’murlar fikriga ko’nishga majbur bo’lgan. Buning oqibatida Ibrohimbek va uning yaqin safdoshlari Shimoliy Afg’onistonda yakkalab qo’yilgan edi. Voqealarning bunday rivojidan keyin Ibrohimbekni Afg’oniston hududidan chiqib ketishi muqarrar bo’lib qoladi. Ibrohimbek 1931 yil mart oyining oxirida Panj daryosi atrofida o’nlab qo’rboshilarning kichik guruhlarini SSSR chegarasidan o’tishini uyushtirdi. Ibrohimbekning o’zi 1500 kishilik saralangan qo’shini va 8 nafar qo’rboshisi bilan 1931 yil 1 aprel kechqurun CHubek chegara postidan yurtga o’tadi. Ibrohimbek bilan birga Abduqayum Parvonachi, Isaxon Eshon, Polvon Dodxoh Boynazar, Xanjan, Ernazar, Ko’ganbek va Tashman qo’rboshi, Egamberdi botir kabi qo’rboshilar ham chegaradan o’tdilar. Aynan CHubek chegara posti orqali 5000 kishi Afg’onistondan Vatanga qaytadi.
Ibrohimbek qo’rboshi o’z yurtiga qaytgach, sovet qo’shinlariga qarshi harbiy amaliyotlar olib borish bilan cheklanmasdan Tojikiston SSR va O’zbekiston SSR rahbariyati, O’rta Osiyo harbiy okrugi qo’mondonligi, VKP(b) MK O’rta Osiyo byurosi, joylardagi mahalliy sovet hokimiyati organlariga turli murojaatnomalar va maktublar yuboradi. U sovet hokimiyati vakillari bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekanligini, o’zi bilan Afg’onistondan SHarqiy Buxoroga o’tgan muhojirlar, xususan, tinch aholi vakillari (qariyalar, ayollar, yosh bolalar) sovet hokimiyatining madadiga muhtojligi, shuningdek, uni va yigitlarini avf etishsa, ortiqcha qon to’kilishini istamaganliklari uchun ular o’z qurollarini hokimiyat vakillariga topshirishga tayyor ekanliklarini va taslim bo’lishlarini ta’kidlaydi. Biroq Ibrohimbekning ushbu murojaatlari sovet hokimiyati tomonidan javobsiz qoldiriladi. Toshkent va Moskvada Ibrohimbek va uning harbiy kuchlarini butunlay tor-mor qilish va tugatish rejasi ishlab chiqiladi va ushbu rejani zudlik bilan amalga oshirishga kirishiladi. Ibrohimbekning yurtga qaytishi haqidagi ovoza O’rta Osiyo respublikalarida keng tarqaladi.
Bolsheviklarning keng miqyosda Ibrohimbekka qarshi urush e’lon qilishi bilan bir qatorda sovet hukumatidan jabr ko’rgan aholining muayyan qatlami uning qo’shiniga qo’shilish istagida bo’lgan. CHunki bu davrga kelib O’zbekiston SSR va Tojikiston SSRda ham kollektivlashtirish jadal sur’atlarda amalga oshirilayotgan, qishloq aholisining muayyan qismi quloq (mushtumzo’r) sifatida o’z yurtidan surgun va badarg’a qilinayotgan, xullas, sovet rejimining qatag’on siyosati o’zining avj nuqtasiga ko’tarilgan bir payt edi.
1931 yil 23 iyunda Kofirnihon daryosining o’ng qirg’og’idagi Xo’jabulbulon qishlog’ida Ibrohimbek qo’rboshi yarador holatda o’zining ikki nafar safdoshi: Sohib Komandir va Mulla Rahmat bilan sovet hokimiyati vakillariga taslim bo’ladi. Xo’jabulbulon va Ishqobod qishloqlarini Abdulla Valishev boshchiligidagi OGPUning 10-polki 2- divizioni chekistlari o’rab olishgan edi1. Xullas, Ibrohimbek va uning yaqin safdoshlari qo’lga olingach, ular zudlik bilan avval Stalinobod (hozirgi Dushanbe), so’ngra esa Toshkentga olib kelinadi.
Ibrohimbek va uning 15 nafar safdoshi Toshkentda SSSR XKS huzuridagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (OGPU) chekistlari tomonidan bir yildan ortiq vaqt davomida tergov qilindi. Tergov ishlari maxfiy va shoshilinch tarzda olib borildi. Tergov Ibrohimbekka qo’yilgan ayblarni “tan oldirilishi” bilan tugallandi. 1932 yil 13 aprelda tergov jarayoni yakunlandi. 1932 yil avgustda Ibrohimbek va uning 15 safdoshi ustidan o’lim hukmi chiqarildi37.
Xullas, sovet hokimiyatiga qarshi 7 yil davomida kurash olib Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi kurashgan qo’rboshilar va ularning g’oyaviy rahnamolari o’rtasida Fuzayl Maxdum, Davlatmandbek, Eshon Sulton, Abduqayum Parvonachi, Asadullabek, Isaxon Eshon, Egamberdi botir, Xurrambek, O’tanbek, Nodira qiz, Eshon Sulton, Tog’ay Sari, Eshoni Sudur (Sulaymon Salohiddinov) kabi yirik harbiy rahbarlar va ulamolar bo’lgan. Ba’zi jadidlar ham ular safiga o’tib, harakatga g’oyaviy madad berishdi.
Fuzayl Maxdum Abdug’afforbek o’g’li (uning ikkinchi nomi Hoji Abdulkarim bo’lgan) yirik qo’rboshi bo’lishdan tashqari, mashhur ulamo ham
bo’lgan. Fuzayl Maxdum XIX asr so’nggi choragida nufuzli saroy amaldori oilasida tug’ilgan. U mukammal diniy tarbiya olib, ma’rifatli inson va yirik ulamo sifatida Buxoro amirligida shuhrat qozongan.
XX asrboshlaridan Fuzayl Maxdum Qorategin viloyatida beklik qilgan. 1920 yil kuzida SHarqiy Buxoroga qizil armiya qismlari tajovuz qilgach, Fuzayl Maxdum Qorategin qo’rboshisi sifatida Ibrohimbekning asosiy o’rinbosari hisoblangan. 1921 yilda uning qo’l ostida 3000 yigitdan iborat 26 nafar qo’rboshilarning harbiy guruhlari harakat qilgan38. U Qorategin va SHerobod muzofotlarida qizil armiyaga qarshi kurash olib borgan tadbirli va bahodir bir qo’mondon edi.
Qizil askarlar qo’lidan 1921 yil mart oyida Darvoz bekligi (markazi – Qal’ayi Xumb)ni tortib olib, bu yerdagi bolьsheviklar hukmronligiga barham berganligi uning eng mashhur janglaridan bo’lgan. U G’arm va Qal’ayi Xumbni uzoq vaqt bosqinchilar tajovuzidan himoya qilib turgan.
G’arm shahrida miltiqsozlik, o’q-dori yasash, harbiy kiyimlar tikish ustaxonalarini ochgan. U Qorategin viloyati hududida mustaqil siyosat yuritgan. Said Olimxon SHarqiy Buxorodan Afg’oniston hududiga o’tib ketgach, Fuzayl Maxdum Qorateginda mustaqil davlat tuzganligini e’lon qilgan. Taniqli yozuvchi Sadriddin Ayniyning yozishicha, 1921-1923 yillarda Sharqiy Buxoroda Fuzayl Maxdumning nomi xutbaga qo’shib o’qilgan. Fuzayl Maxdum o’z hokimiyatini mustahkamlash uchun qog’oz aqcha bosib chiqargan va uni savdo-sotiq muomalasiga kiritgan.
Fuzayl Maxdum bilan Anvar Poshoning munosabatlari yaxshi bo’lgan. Biroq Said Olimxon va Ibrohimbek bilan Fuzayl Maxdum o’rtasida ba’zi kelishmovchiliklar ham bo’lib turgan. Qorategin va Darvoz viloyatlari qizil askarlar tomonidan bosib olingach, 1923 yil avgust oyida Fuzayl Maxdum ukasi Sadod, Darvoz begi Dilovarshoh va oz sonli askarlar bilan birgalikda Afg’onistonga o’tib ketgan. Keyinchalik u bir necha marta Sharqiy Buxoro hududiga qaytib, qizil askarlarga keskin zarbalar bergan. Xususan, 1929 yil aprel-may oylarida Darvozning markazi – Qal’ayi Xumbda Fuzayl Maxdum qisqa muddat davomida sovet hokimiyatini tugatganligi bolьsheviklarni qattiq xavotirga solgan.
Fuzayl Maxdum Kobulda yashaganida Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilarning yetakchisi SHermuhammadbek qo’rboshi bilan tez-tez ko’rishib turgan. Ba’zan ular birgalikda SHarqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi kurashgan edilar.
Fuzayl Maxdum Hijozga borib, muqaddas Haj ziyoratini bajargan. Keyin Peshovar va Qoshg’arga jo’nagan. Hindistonning musulmonlar yashaydigan hududiga o’tib, SHeri Kashmir laqabli harbiy kishi bilan yaqindan tanishadi. U Hoji Abdulkarim (ba’zi manbalarda Hoji Umar) nomi bilan Qoshg’ardagi mujohidlar safiga qo’shilib, SHarqiy Turkistonda Xitoyning mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashadi. Dushmanlari tomonidan u qo’lga olinib, XX asr 30-yillari o’rtalarida Koshg’ardagi sovet vakolatxonasiga topshirilgach, bolьsheviklar tomonidan qatl qilinadi39.
Asadullabek (1897-1925) ham yirik qo’rboshilardan biri bo’lgan. U Ko’ktoshdan 12 km masofada bo’lgan Rangontog’ yo’nalishidagi Toshmachit qishlog’ida tug’ilgan. Uning otasi Mulla Xidir To’qsabo yirik yer egasi va katta miqdordagi chorvaning sohibi bo’lgan. Asadullabek otasining mahalliy madrasasida saboq olgan. Sovet tarixchilaridan biri F.Ilьyutkoning yozishicha, 1913 yili Asadullabekning otasi Mulla Xidir To’qsaboning aylanma kapitali 3 mln. rublni tashkil etgan2. Bu sarmoya o’sha payt uchun juda katta miqdordagi mablag’ hisoblangan.
Asadullabek 1921 yili qo’zg’olonchilar safiga qo’shilgan va Dushanbeni
o’sha yili qizil askarlardan ozod qilishda jonbozlik ko’rsatgan. U otasidan meros qolgan katta miqdordagi boylikni qurolli harakatni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga sarflaydi. Hisor, Regar, Yurchi, Denov va Boysun atrofidagi janglarda muvaffaqiyat qozonib, istiqlolchilar va aholi o’rtasida katta nufuzga ega bo’lgan. Asadullabek Bosh qo’mondon Ibrohimbekning asosiy o’rinbosariga aylangan. SHu tufayli Ibrohimbek undan Surxon vohasidagi mahalliy qo’rboshilar o’rtasida vujudga kelgan ayrim nizolar va ixtiloflarni bartaraf etishda, qurolli harakat qatnashchilarining harbiy kuchlarini yagona maqsad atrofida birlashtirishda unumli foydalangan.
Isaxon Eshon (1880-1932) yirik din arboblaridan biri bo’lib, u Samarqand yaqinidagi Dahbedda tug’ilgan. Madrasa tahsilini olgach, muridlari huzuriga ko’chib, Hisor yaqinidagi Qorayog’och qishlog’ida yashay boshlaydi. Uning SHarqiy Buxoroda ko’plab muridlari bo’lgan. Keyinchalik Isaxon Eshon Ibrohimbekning piri hamda g’oyaviy rahnamosi sifatida harbiy jarayonlarda asosiy mavqeni egallagan. 1923 yili Ibrohimbekning topshirig’i bilan u Surxon vohasida faoliyat ko’rsatayotgan Rahmon Dodxoh, Temurbek, O’tanbek va Xurrambek guruhlarini birlashtirib, qizil armiyaga qarshi kurashni yanada faollashtirish uchun ular huzurida bo’lgan. Bobotog’da u chekistlar tomonidan qo’lga olingan. Oradan ko’p o’tmay Yoqubboy og’aliq va Tog’ayboyning kafilligi asosida Isaxon Eshon qamoqdan ozod etilgan. 1925 yili yana chekistlar tomonidan qo’lga olinadi. Dushanbedagi GPU qamoqxonasidan Sohib komandir va Mulla Odina bilan birgalikda qochishga muvaffaq bo’ladi va Afg’onistonga o’tib ketadi. Ibrohimbek bilan 1931 yil bahorida yurtga qaytgach, u Ibrohimbekning asosiy o’rinbosari va piri sifatida faoliyat ko’rsatgan. Qizil askarlarga 1931 yil yozida taslim bo’ladi. 1932 yil avgustda Ibrohimbek va safdoshlari (o’n oltilar) qatorida u ham Toshkentda otib tashlangan.
Xurrambek qo’rboshi Hayit o’g’li o’zbeklarning qo’ng’irot elatidan, qo’ng’irotlarning xushtamg’ali urug’idan bo’lib, u asosan Surxon vohasida harakat qilgan. Ba’zi adabiyotlarda Xurrambek qo’ng’irotlarning tortuvli urug’ining kallar bo’g’iniga mansub, deb ham yoziladi. Xurrambek Buxoro madrasalarida tahsil olgan. U Surxon vohasidagi qo’rboshilarning eng tadbirkori va yovquri bo’lgan. Unga bo’ysunuvchi qo’rboshilar orasida qo’ng’irotlardan Rahimberdibek, Mahmudbek Qachay, Mustafoqul, do’rmonlardan Toshmatbek, Nurmuhammad To’qsabo, turkman juzlaridan Husanbek Dodxoh, Dehqonboy To’qsabo, Qo’ybag’arbek To’qsabo, Hayit To’qsabo kabi harbiy rahbarlar bo’lgan.
Xurrambek 1925 yil 18 oktyabrda Amudaryodagi orolda Surxondaryo qo’rboshilarining navbatdagi qurultoyini o’tkazadi. Arxiv hujjatlarida keltirilishicha, bu qurultoyda Ibrohimbek ham ishtirok etadi. Ibrohimbek o’z safdoshi Xurrambekning Surxon vohasi qo’rboshilarining yetakchisi ekanligini e’tirof qilishga majbur bo’ldi va qurultoyni tark etdi40. Keyinchalik Xurrambek Bobotog’da faoliyat ko’rsatayotgan qo’rboshilarni birlashtirdi. 1926 yil kuzida Xurrambek o’zining 19 nafar otliq yigiti bilan Afg’onistonga o’tib ketadi. Xurrambek bilan Ibrohimbek 1929-1930 yillarda Afg’onistonda bir necha marta o’zaro uchrashganlar.
O’tanbek qo’rboshi (1904-1932) ham qo’ng’irotlarning qo’ldovli urug’idan
bo’lgan. U SHarqiy Buxorodagi Qabodiyon bekligida tug’ilgan. O’tanbek yosh
yigit bo’lishiga qaramasdan, jasur va dovyurak bo’lganligi uchun 500 kishilik harbiy guruhga rahbarlik qilib, Qabodiyon, Shahrituz (Shahartuz), Jiliko’l atroflari va Surxon vohasida qizil askarlarga qarshi kurashgan. O’tanbekning harbiy qarorgohi Jarqo’rg’on va SHahrituz oralig’ida Amudaryoga yaqin bo’lib, ayni paytda ushbu hudud O’tanjarsoy deb ataladi. O’tanbek Xurrambekdan keyin Surxondaryo qo’rboshilarining yetakchisi bo’ladi. O’tanbek qo’rboshi Afg’onistonga Ibrohimbekdan bir oz keyin o’tadi. O’tanbek Afg’onistondagi harbiy amaliyotlarda ham Ibrohimbekning yonida bo’lib, jasurligi va harbiy taktik tayyorgarligining ustunligi bois unga katta yordam beradi.
O’tanbek qo’rboshi 1931 yil bahorida Ibrohimbekning harbiy kuchlari bilan birgalikda chegaradan o’z yurtiga o’ta olmaydi. Nodirshoh hokimiyati O’tanbek oilasini qo’lga olib, Mozori SHarifda qamoqxonaga tashlaydi. 1931 yil yozi va kuzida O’tanbek va Arziqulbek (Orziqulbek)ning harbiy guruhlari Qunduz atroflari, Gulshanquduq va Aybekda afg’on armiyasiga qarshi janglarda qatnashadi. Rossiyalik tarixchi V.Boykoning yozishicha, O’tanbek 1931 yil 27 oktyabrda afg’onlar tomoniga o’tgan turkman sardorlarining guruhlariga qarshi jangda qatnashadi1. Mana shunday janglarning birida O’tanbek afg’onlar tomonidan qo’lga olinib, Nodirshohning buyrug’i bilan 1932 yili qatl qilinadi. O’tanbekning qabri Juzjon viloyatining markazi SHibirg’on shahri atrofidadir. O’tanbekning avlodlari bugungi kunda Afg’oniston, Tojikiston, Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatining Jarqo’rg’on tumanida yashashadi.
Sharqiy Buxoro va O’rta Buxorodagi qurolli harakatning g’oyaviy rahnamolaridan biri Eshoni Sudur nomi bilan mashhur bo’lgan Sulaymon Eshon Salohiddinov (1878-1932) hisoblanadi. U Buxoro shahrida amir amaldori oilasida tug’ilgan. Uning otasi Salohiddin Eshon Buxoro amiri Abdulahadxon (hukmronlik yillari: 1885-1910) davrida saroyda yuqori diniy lavozimlarda ishlagan. G’uzor viloyati hokimi Akromxon To’ra (amirning tog’asi) Eshon Salohiddinning qiziga uylangan. Eshon Sulaymon ham 25 yoshidan boshlab salomatligi sababli G’uzorda yashay boshlaydi. Eshon Sulaymonning G’uzorda hovlisi, katta mulki: yer-suvi, objuvoz va tegirmonlari, shuningdek, Buxoroda ham hovlisi bo’lgan. Said Olimxon davrida Eshon Sulaymonga o’roq, sudur va sadr diniy unvonlari berilgan41.
1921 yil yanvarda ko’tarilgan SHarshauz qo’zg’olonida asosiy rolь o’ynagan shaxslardan biri Eshoni Sudur bo’lgan. 1921 yili Eshon Sulaymon – Eshoni Sudur yolg’iz qizini olib, Saroykamar orqali Sharqiy Buxorodan Afg’onistonga o’tadi. U va qizi uch yil Xonobodda, bir yil Mozori Sharifda yashaydi. 1925 yili Eshoni Sudur va pochchasi Akromxon To’ra Mozori Sharifda istiqomat qilganlar. Eshoni Sudur bu paytda Qobulga borib, Said Olimxon bilan tez-tez uchrashib turgan. 1930 yil iyunda Ibrohimbek huzuriga kelgan Eshoni Sudur Vatanga qaytish umidida uning qarorgohida qoladi. Ibrohimbek qo’shini bilan birga 1931 yil bahorida Tojikistonga o’tadi. So’ngra Denovga borib, Xudoynazar komandir vositachiligida iyun oyining oxirlarida OGPU vakillariga qurolni topshiradi. Biroq Eshoni Sudur (Sulaymon Salohiddinov) sovet hokimiyati vakillari tomonidan qamoqqa olinib, 1932 yil avgustda o’n oltilar guruhida Ibrohimbekning asosiy o’rinbosari va g’oyaviy rahnamosi sifatida otib tashlanadi.
Bu davrda O’rta Buxoroda faoliyat ko’rsatgan qo’rboshilar o’rtasida Turdi To’qsabo va Mustafoqulbek ham alohida ajralib turgan. Mustafoqulbek Boysunning Padang qishlog’ida bo’lib, u etnik jihatdan xurosoni urug’idan, ijtimoiy jihatdan ming boyli qo’ylardan chiqqan. Boysundagi mahalliy madrasa va Buxorodagi Mir Arab madrasasini tugatgan. U o’qimishli yigit bo’lishdan tashqari usta chavandoz va mohir mergan, dovyurak va jasur kishi ham bo’lgan. 1922-1925 yillarda Mustafoqulbek qo’rboshining guruhi Qashqadaryo va Surxondaryo tog’larida harakat qilib, qizil askarlarga bir necha marta kuchli zarbalar bergan. 1925 yil oxirida Boysunning janubi-g’arbida qizil askarlarga qarshi bo’lgan janglarda Mustafoqulbek qo’rboshining 8 yigiti o’ldiriladi, uning o’zi va 2 nafar yigiti asir tushishga majbur bo’lgan1. Keyinchalik Mustafoqulbek qo’rboshi sovet hokimiyati tomonidan otib tashlanadi.
Xulosa qilib aytganda, SHarqiy Buxoro va O’rta Buxoroda bolsheviklarga qarshi qurolli harakatni tashkil qilish va uyushtirishda harbiy rahbarlar va g’oyaviy rahnamolar muhim rol o’ynashgan. Qo’rboshilar, ulamolar, ayrim jadidlar istiqlolchilik harakatini yagona markazga birlashtirish uchun katta ishlarni amalga oshirishdi. Buxoroning sobiq amiri Said Olimxon, turkiyalik harbiy sarkardalar Anvar Posho va Salim Poshoning xatti-harakatlari ozodlik harakatini kuchaytirdi. Biroq turkiyalik sarkardalar bilan ayrim qo’rboshilar, xususan, Ibrohimbek bilan bo’lgan turli kelishmovchiliklar, ayrim qo’rboshilarning Bosh qo’mondon Ibrohimbekka bo’ysunmaganligi, qurol-yarog’ va o’q-dorining yetishmasligi, qurolli harakatga yetarli darajada madad berilmaganligi oqibatida u mag’lubiyatga uchradi.

Xulosa.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, xalqimizning ko’p ming yillik tarixini izchil va xolis o’rganish uchun muayyan imkoniyat va shart-sharoitlar yaratildi. Bitiruv malakaviy ishining o’rganilishi natijasiga ko’ra quyidagi xulosalarga kelindi.
Buxoroda amirlik tuzumi ag’darib tashlangach, qizil askarlar yordamida
jadidlar hokimiyat tepasiga kelishdi. Yosh buxoroliklar tomonidan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzildi. BXSR rahbarlari mustaqil ichki va tashqi siyosat olib borishga harakat qilsalar ham Markazdan Buxoroga yuborilgan turli favqulodda va muxtor vakillar hamda komissiyalar va byurolar siyosiy va harbiy vaziyatni boshqarishga urindilar. Natijada BXSR rahbarlarining juda ko’p amaliy harakatlari kutilgan natijani bermadi.
Qizil askarlar tomonidan BXSR hududida, xususan, O’rta Buxoro va Sharqiy Buxoroda bosqinchilik va talonchiliklar olib borganligi ularga qarshi qurolli harakatni boshlanishiga asosiy sabab bo’ldi. Milliy ozodlik harakati safiga muntazam ravishda mahalliy yigitlar qo’shilib turdi va yangidan-yangi guruhlar tashkil topdi.
Buxoroda amirlik hokimiyati ag’darib tashlangach, dastlab yangi tashkil
qilingan respublika tuzumini aholining barcha tabaqalari qo’llab- quvvatlamadi. Chunki Buxoroda hokimiyat uchun kurashayotgan boshqa kuchlar ham mavjud bo’lib, natijada milliy kuchlar o’rtasida hokimiyat masalasida o’zaro ixtilof vujudga keldi.
1920 yilda Buxoro Xalq Sovet Respublikasida yuzaga kelgan qurolli muxolifat shu sababli bir yo’la ikki kuchga qarshi: birinchidan, Buxoro respublikasi hududida joylashgan bosqinchi qizil armiya qismlariga qarshi ozodlik kurashini, ikkinchidan, bolьsheviklar yordamida hokimiyatni egallab bordilar. Bu harakatning Turkiston ASSR, xususan, Farg’ona vodiysidagi qurolli kurashdan farqli jihati ham ana shunda.
1920-1926 yillarda Buxoro hududida qizil armiyaga qarshi olib borilgan ozodlik kurashi o’ziga xos alohida yo’nalish va xususiyatga ega bo’lib, o’ta murakkab va ziddiyatli ekanligi bilan Turkiston ASSRdagi bu harakatdan ajralib turadi. BXSRda qizil armiyaga qarshi olib borilgan qurolli kurash aynan shu yillarda Xorazm Xalq Sovet Respublikasida milliy muxolifatning bolsheviklar va qizil askarlarga qarshi olib borgan janglariga o’xshab ketadi.
O’rta Buxoro va SHarqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi olib borilgan qurolli kurash o’zining harakatlantiruvchi kuchlari bo’lgan dehqonlar, chorikorlar, hunarmandlar, kosiblar, o’ziga to’q va badavlat oilalarning vakillari – savdogarlar, boylar, ulamolar hamda tashkiliy tuzilishi jihatidan ham aholining barcha guruhlari va ijtimoiy qatlamlarini o’ziga qamrab olgan harakat hisoblanadi.
O’rta Buxoro va Sharqiy Buxoroda 1920-1926 yillarda qizil armiyaga qarshi olib borilgan qurolli harakatni quyidagi uch bosqichga ajratish mumkin:

Download 223.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling