I bob. Buyuk sarkarda jaloloddin manguberdining hayoti va harbiy mahorati asoslari
II.BOB.. Jaloliddin Manguberdi hayotiy faoliyatini tarixiy manbalari
Download 52.67 Kb.
|
Buyuk sarkarda Jaloloddin Manguberdining hayoti va harbiy mahorati haqida mavzusidagi mashg\'ulotlarni innovatsion texnologiyalarini qo\'\'llangan xolda mashg\'ulotlari tashkillash uslubiyoti
II.BOB.. Jaloliddin Manguberdi hayotiy faoliyatini tarixiy manbalari
2.1.Jaloliddin Manguberdi jasorati Uning mangulikka dahldor jasorati, bosib o‘tgan ibratli yo‘li, harbiy faoliyati bugungi kunda millat xavfsizligini ta’minlashda qudratli omil bo‘la oladi. Mazkur mavzuni umumiy o‘rta ta’lim tizimi doirasi o`quvchilariga yetkazishda zamonaviy pedagogik texnologoyalardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoуev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishidagi nutqi. Toshkent, 2018 yil 28 noyabr. “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz 171 Volume-10, Issue-1, May - 2022 Umumiy o‘rta ta’lim tizimi bo‘yicha mavzu bo‘yicha 7 sinflarning “O‘zbekiston tarixi” darslarida eksperiment uchun dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Shuningdek, ushbu sinflarida sinfdan tashqari ishlar ham olib borildi. Eksperimentning tahlili natijalariga ko‘ra, an’anaviy mashg‘ulotlarda talabalarning faolligi past va darsga qiziqish ham sustroq bo‘ldi. Darsda 100 foiz talabadan atiga 30 foiz qismigina faol ishtirok etdilar. Eksperiment tajribasi jarayonida ikkinchi marta huddi shu mavzuni keyingi kuni assisment, SWOT, hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi hamda turli jadvalli organayzerlar asosida, tarixiy manbalarni jalb qilgan holda, suhbat topshiriqlari orqali amalga oshirilganda o‘quvchilar berilgan muammoning javobini izlashga kirishdilar. Shuningdek, ikkinchi darsimizda “Hamkorlikda o‘qitish” texnologiyasidan foydalangan holda o‘quvchilarga Shihobiddin Muhammad anNasaviyning “Siyrat as-sulton Jaloladdin Mankburni” va boshqa yozma manbalardagi mardlik, vatanparvarlikka oid ma’lumotlardan lavhalarni tarqatma material sifatida berilgandan keyin o‘quvchilarning qiziqishi, faolligi, natijadorligi o‘sdi. Ta’lim va tarbiya masalalari uchun mo’ljallangan Vatan tarixi dasturi va rejalarida Jaloliddin Manguberdi jasorati uchun mo’ljallangan soatlar miqdorini oshirish, yoshlarimizda milliy iftixor, o’z Vataniga sodiqlik kabi xususiyatlarini shakllantirishdan iborat; - Jaloliddin Manguberdi tarixini o‘rganishda fanlar va sohalar intergratsiyalashishi, ya’ni u haqida tarixchi, faylasuf, psixolog olimlar, mo’yqalam sohiblari hamkorligida bezakli ommaviy asar yaratilsa, Sulton Jaloliddin xotirasi abadiylashtirilgan bo’lar edi. - Hozirgi amaldagi darslik bilan biz Jaloliddin Manguberdining hayoti va faoliyati to‘g‘risida to‘liq ma’lumot va vatanparvarlik tarbiyasini o‘quvchilarda shakllantira olmaymiz. Buning uchun, ilmiy-nazariy, metodik tavsiyalar orqali ushbu muammoga mazkur dissertatsiyada imkon qadar javob berishga harakat qilindi. - “O‘zbekiston tarixi” maktab darsligida 3 bobning 17-22 paragraflarda Jaloliddin Manguberdi amalga oshirigan 14 ta jangdan atiga uchta yirik jang keltirilgan xolos. Shuningdek, mavzuga tegishli tematik siyosiy karta, janglarning borishi 3 Sh.A.Axadov, R.S.Samarov “Jaloliddin Manguberdining davlatchilik faoliyati”, “Jaloliddin Manguberdi – Vatan, yurt himoyachisi” mavzusidagi xalqaro konferensiya materiallari. – Urganch, 1999. – 25 b. “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz 179 Volume-10, Issue-1, May - 2022 ko‘rsatilgan sxematik karta ham ishlab chiqilmagan. Mavjud atlasda esa faqat Mo‘g‘ullar bosqini mavzusida xarita ishlab chiqilgan. Jaloliddin Manguberdi yoki Jaloliddin Menguberdi (Jalol id-Diniya va-d-Din Abu-l-Muzaffar Mankburni ibn Muhammad) (1199—1231) — (1220 yildan buyon) so‘nggi xorazmshoh, Ala id-Din Muhammad II va uning turkman xotini Oychechaklarning to‘ng‘ich o‘g‘li. Jaloliddin Mekburni (yoki Manguberdi) nomini olib, “yuzida xoli bor” ma’nosini anglatadi. Jaloliddinning aniq tug‘ilgan sanasi noma’lum, uning rasmiy belgilangan tug‘ilgan sanasi 1198 yil. Gurganj saroyida hurmatga sazovor bo’lgan baobro‘ buvisi, qipchoq malikasi Turkan xotunning qistovi bilan, mavjud an’analarga qaramay, taxtga Jaloliddinning kichik ukasi O‘zloqxon o‘tiradi. Jaloliddin harbiy muhitda ulg‘ayadi va jang san’atini erta o‘zlashtiradi. G‘azna (hozirgi Afg‘oniston) uning qaramog‘ida bo‘lishiga qaramay, otasi fitnalardan saqlanib, o‘g‘lini o‘zini oldida Gurganjda ushlab turadi. Yosh Jaloliddin dushmanlar bilan tinimsiz janglar bo‘lib o‘tuvchi chegaraga chiqishga haraqat qiladi. Chingizxonning rejalashtirgan bosqinidan xabardor bo‘lib, Jaloliddin otasidan qo‘shinini Sirdaryoga qo‘yib, dushmanni o‘sha yerda kutib olishini so‘raydi, lekin otasi himoya devorlari va qal’asi dushmanni mamlakatga qo‘ymasligiga amin bo‘ladi va qo‘shinni to‘plamaslikka qaror qiladi. Mo‘g‘ullar shaharni shiddat bilan bosib oladi. Avvaliga, 1220 yil Buxoro, keyin Samarqand o‘rab olinadi. Jiddiy xastalangan Muhammad Kaspiyga qochadi. Uchta o‘g‘lini to‘playdi, Jaloliddinning beliga o‘z shamshirini osib, uni taxt vorisi etib tayinlaydi va boshqa ukalarini akasiga itoat qilishlarini undaydi. Muhammadning o‘limidan so‘ng Jaloliddin taxtga o‘tiradi, lekin Gurganj aslzodalari yangi hukmdorni bepisand qilib, xalq madadidan chetda qoldirishadi. Jaloliddin uch yuz sodiq turkman jigitlaridan iborat qo‘shin to‘playdi va Xurosonga yo‘l oladi. Niso atrofida ular yetti yuz kishilik mo‘g‘ul qo‘shinini kutib olishadi va ularni osonlikcha yengishadi. Ushbu arzimas g‘alaba Xuroson aholisini mo‘g‘ul istilochilariga qarshi g‘ayratlantiradi, natijada, Chingizxon o‘z qo‘shinini Xorazm va Xurosonga yo‘llaydi va Jaloliddinning kichik ukalarini qo‘shini bilan yuzlanib, ularni ayovsiz tor-mor etadi. Jaloliddin vasiyat qilib qoldirilgan yeri tomon yo‘l olarkan, Marv noibi Xon Malik va uning qirq ming kishilik lashkari, turkman xoni Sayf id-din va uning qirq ming kishilik lashkari bilan ittifoqdosh tutinadi. Qandahor yaqinida birlashgan lashkarlar qo‘shini mo‘g‘ullarni yo‘q qiladi va Jaloliddin G‘aznagacha yetib boradi. Murg‘ab yuqorisida unga Marvning sobiq noibi Xon Malik va turkman xoni Sayf id-din qo‘shiladi. G‘aznaga keliboq, Jaloliddin tez orada, o‘n ming kishilik qo‘shin to‘plab, Qandahorni qamal qilgan mo‘g‘ullarga qarshi yurib, uni tor-mor etadi. Bo‘lingan xorazmlik lashkarlarning harbiy qo‘mondonlari o‘z hukmdorining muvaffaqiyati haqida eshitib, G‘aznaga to‘plana boshlaydi va tez orada, Jaloliddin boshchiligida 70 mingga yaqin askar yig‘iladi. U bilan birga og‘asi Amin al Mulk, sarkarda Timur Malik, qarluqlar xoni Azam Malik va afg‘onlar muallimi Muzaffar Maliklar ham keladi. Chingizxon xali xorazmshoh kuchidan bexabar bo‘lib, unga qarshi Shiki Xutuxu boshchiligidagi 30-minglik qo‘shinini jo‘natadi. Parvonadagi jang Bahorda Jaloliddinning qo‘shini G‘ori daryosidagi Valian qishlog‘ida Shiki Xutuxuning yetakchi lashkariga duch keladi. Mo‘g‘ul qo‘shini, deyarli butunlay yakson etiladi: bor-yo‘g‘i yuzta askar jon saqlab qoladi. So‘ngra, Jaloliddin dara tomon yo‘l olib, u yerda jangni kutadi. Shiki Xutuxu o‘zining bor qo‘shinini shu yerga yo‘naltiradi. Ikki qo‘shin haybatli qoyalar orasidagi toshloq darada uchrashadi. Joy otliq lashkar uchun noqulay bo‘lib, ikki tomon ham harakatdan tiyinishga majbur edi. Jaloliddin Temur Malikka piyoda kamonchilar bilan oldinga siljishlarini buyuradi. Xorazmliklar yovning kuchsiz tomonini sezganligiga qaramay, Shiki Xutuxu birinchi kun o‘zini tiyadi, keyin qoyalarga ko‘tariladi va mo‘g‘ullarga tepadan yoy otishni boshlab, mo‘g‘ul qo‘shiniga jiddiy talofot yetkazadi. Ertasiga Jaloliddinning askarlari daraga bir nazar boqib, mo‘g‘ullar qo‘shini soni ko‘payganini payqashadi. Aslida, Shiki Xutuxu zahiradagi otlarga mato bilan o‘ralgan poxol tulumlarni o‘tkazib qo‘yishni buyurgan bo‘ladi. Dushman tarafning chap qanotiga uyushtirilgan hujum o‘q-nayza do‘li ostida qoladi. Shunda Shiki Xutuxu dushmanga aylanasiga hujum uyushtirishni buyuradi. Biroq, o‘y-yoylar do‘li va qoyatoshli yon-atrof mo‘g‘ullar yutug‘iga to‘sqinlik qiladi. Jaloliddin o‘z jangchilarini egarlatadi va qo‘shimcha hujumga kirishadi. Qo‘qqisdan uyushtirilgan hamladan mo‘g‘ullar qocha boshlaydi. Xorazmshoh jangchilari chekinadi va Shiki Xutuxu o‘zining yarim qo‘shinidan ayriladi. (Afg‘oniston: Aleksandr Makedonskiy davridan Tolibonlargacha bo‘lgan jangchilar tarixi. — M.: nashriyot Eksmo.) Ko‘plab tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Chingizxonning G‘arbga o‘tishi davrida Parvonadagi mo‘g‘ul jangchilarining tor-mor etilishi ularning O‘rta Osiyo, Eron va Afg‘onistondagi janglari ichida yagona yirik mag‘lubiyati bo‘lgan. Jaloliddinga nafaqat jangchilari, balki aholisi ham odil va haqqoniy hukmdor o‘rnida madad ko‘rsatgan. Parvonadagi mag‘lubiyatdan so‘ng mo‘g‘ullar Afg‘oniston hududini tark etadi. Ularga javoban, Chingizxon xorazmshohlarga qarshi yangi jangda ishtirok etishga qaror qiladi. Ammo, Jaloliddin endigina Chingizxon bilan hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqt uni qo‘llab-quvvatlovchi sarkardalar orasida nizo kelib chiqib, qipchoq, qarluq va afg‘onlar Jaloliddinni tark etishadi. Parvonadagi mo‘g‘ularning mag‘lubiyatidan so‘ng boshqa kuchlar boshida Chingizxonning o‘zi Jaloliddinga qarshi yurish qiladi. Uni Sind daryosi qirg‘og‘ida 1221 yilning 9 dekabr kuni ushlaydi. Xorazmshoh qo‘shinini yarim oy shaklida tizib, daryoni ikki tarafdan to‘sib qo‘yadi. Mo‘g‘ullar to‘siqqa yopishadi va tez orada halok bo‘lishadi. Markaziy qismi to‘siqlarni yengib o‘tishga harakat qiladi, ammo ko‘plab askarlar nobud bo‘ladi. Jaloliddin o‘zining haromini butunlay suvga cho‘ktirishni buyuradi, so‘ngra, asir tushmaslik uchun tulpori bilan o‘zini Sind daryosining katta qoyasiga tashlaydi. 6 ming chavandozlik xorazmshoh Sind daryosining boshqa qirg‘og‘idan o‘tib, hatto, mo‘g‘ullarni quroli bilan qo‘rqitishga ham ulguradi. Jangda Jaloliddinning oilasi asir olinadi va o‘ldiralid, o‘zi esa Sindga ketadi. Afsonaga ko‘ra, Chingizxon yosh sultonning jasoratiga tan berib, o‘zining ko‘plab o‘g‘illariga: “Ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi lozim”, degan ekan. Chingizxonni ta’qib etish uchun Balo noyon va Burbon ismli tuman begilar boshchiligidagi lashkarni yuboradi. Biroq, Multan shahrigacha yetib borgach, mo‘g‘ullar sulton izini yo‘qotishadi. Jud tog‘ida joylashgan Shatra ma’muriyatining mahalliy sind ranasi o‘z hududida Jaloliddinni qolgan askarlari bilan paydo bo‘lganini bilib, 5 ming kishilik piyoda askarini va ming kishilik chavandoz askarni to‘plab, unga qarshi yurish qiladi. Kutilmaganda Jaloliddinning o‘zi unga qarshi hujum uyushtiradi. U o‘zi shaxsan ranaga o‘q uzib o‘ldiradi, lashkarlari esa qisqa jangdan so‘ng tarqalib ketadi. 1224 yilning boshigacha Jaloliddin Hindistonda yashaydi, Eron va Mesopotamiyaga yurishga kirishadi. To‘rt yil davomida Jaloliddin Hindistonda mo‘g‘ullar bilan jang olib boradi. U turkmanlardan iborat yangi qo‘shin to‘playdi va G‘arbiy Eronga - Kavkazga yo‘l oladi. 1225 yil Jaloliddin janubdan shimoliy Eronga bostirib kiradi. Jiddiy qarshiliksiz Marag‘ani egallab, sulton Tabrizga yo‘l oladi va shaharni zabt etadi. Otabek O‘zbek Ganzakka qochadi, u yerdan mustahkam Alinjo qal’asiga ketib, o‘sha yerda vafot etadi. Qisqa vaqt ichida Jaloliddin hukmronligini Ganj, Barda, Shamkir va Arranning boshqa shaharlari tan oladi. 1225 yil Jaloliddin qo‘shini Gruziya va Armanistonni qisman egallaydi. 1225 yil 8 avgustda Sharqiy Armanistonning Dvin shahri yaqinida gruzin-armanlar va Jaloliddin qo‘shini o‘rtasida tarixga Garni Jangi deb kirgan jang bo‘lib o‘tadi. Unda xorazmshoh g‘alaba qozonadi. Tinchlik sulhini tuzish va mo‘g‘ul qo‘shinlariga qarshi yurish taklifi bilan o‘z elchilarini gruzinlarga yuboradi, lekin malika Rusudandan rad javobini oladi. 1226 yil Gruziyani egallab, uning poytaxti Tbilisini vayron etadi, u yerdagi barcha cherkovlarni buzdirib tashlaydi. Tbilisida islom dinini qabul qilganlargina tirik qoladi. Jiloliddin sharqiy Kavkaz ortini zabt etishi jarayonida Ildegizidlar davlati qulaydi. Shervarshohlar ham o‘zlarini Jaloliddinga tobeligini qabul qiladi. 1227 yil Rey yaqinida Jaloliddin mo‘g‘ullar qo‘shinini tor-mor etadi. Shu yilning o‘zida Isfaxon aholisi tomonidan yordamga chaqirilgan xorazmshoh Isfaxon shahri yaqinida mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonadi. Jaloliddin bir varakayiga ikki jangovar harakatni tutadi: G‘arbiy Eronda mo‘g‘ullarga qarshi hamda Kavkaz ortida arman va gruzinlarga qarshi. Ammo 1228 yil kilik-arman podshosi Getum I va misrlik sulton Ashraf bilan birlashgan rum sultoni Alouddin xorazmshohga qarshi jang boshlaydi. Xorazmshoh qo‘shini ushbu hujumga bardosh bera olmay, mag‘lubiyatga uchraydi. Jaloliddin qipchoq xonlariga mo‘g‘ul istilochilariga qarshi birlashish taklifi bilan maktub yo‘llaydi va 1220 yil Chingizxonning o‘g‘li Jo‘ji tomonidan qo‘lga olingan va bir nafar farzandi bor singlisidan javob xatini oladi. Maktabda u Jaloliddinni mo‘g‘ullar bilan ittifoqdosh bo‘lishga ko‘ndiradi va unga Amudaryo yaqinidagi yerlarni taklif qiladi. Ammo mazkur xatga Jaloliddin javob yozmaydi. Jaloliddin dushmanlariga qarshi dovyurak qarshiliklar ko‘rsatadi. 1230 yil Iroqdagi Xilot qal’asi zabt etilgach, xorazmshoh Mesopotamiya va Kichik Osiyo hukmdorlarining ittifoqi natijasidagi hujumda mag‘lubiyatga uchraydi. Jaloliddin qo‘shiniga yakuni zarbani Charmag‘on boshchiligidagi mo‘g‘ullarning Ugedey lashkari yetkazadi. Jaloliddin jangda og‘ir jarohatlanadi, so‘ngra u Qurdiston tog‘lariga yashirinishga harakat qiladi u o‘sha yerda o‘ldiriladi. Jaloliddin siymosi afsonaga aylanadi, unga yozuvchi Vasiliy Yanning “Mardlik qanotlarida” ertak-qissasi va boshqa asarlar bag‘ishlangan. Jaloliddin Manguberdi “milliy qahramon”lardan biri. 1999 yili mamlakatimizda Jaloliddin tavalludining 800 yilligi keng nishonlangan. O‘zbeksitonda unga atab bir nechta haykallar o‘rnatilgan, Xorazm viloyatida Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan memorial majmua qurilgan. 1999 yil Jaloliddinning 800-yillik yubileyiga bag‘ishlangan 25 so’mlik yubiley tangalar muomalaga kiritilgan. 2000 yilning 30 avgust kuni “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan. Bu orden bilan mamlakat mustaqilligini, Vatan sarhadlarini, ona yurt tuprog‘ini himoya qilishda hamda uni ko‘z qorachig‘iday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan, davlatning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar mukofotlanadilar. 2003 yilning 22 avgust kuni ushbu orden bilan Xorazm viloyati mukofotlangan. Jaloliddin, shuningdek, Turkmanistonda ham hurmat qozongan bo‘lib, uning mo‘g‘ullarga qarshi jasorati bugungi kunda ham tarannum etiladi. Jaloliddin Manguberdining O’rta sharqdagi faoliyati. 1221 yilning boshlarida Chingizxon qo’shinlarining Urganchga yurishi boshlandi. Endigina Xorazm davlatining Sultoni deb e’lon qilingan Jaloliddin Manguberdi Urganchga yetib kelib mudofaaga kirishsada, ammo Turkon Xotun Jaloliddin hokimiyatini tan olmadi. Bu orada sobiq Jand noibi qochqin Qutlug’xon boshliq qipchoq lashkarboshilari tomonidan uyushtirilayotgan fitnadan xabar topgan Sulton Jaloliddin Temur Malik bilan Xurosonga jo’nashga majbur bo’ladi. Chunki bunday vaziyatda poytaxt tomon bostirib kelayotgan yovuz dushmanga qarshi Urganch mudofaasini sira ham tashkil qilib bo’lmas edi. Tez vaqt ichida shahzodalar O’zloqshoh va Oqshohlar ham Urganchni tark etib, qochib ketadilar. Poytaxt taqdiri o’ta qo’rqoq va amalparast amir Xumortegin qo’lida qoladi.1 Mo’g’ullarning Urganchga xujumi chog’ida shaxarda 110000 qo’shin bor edi. Shaxar ximoyasida Jaloliddin, Temur Malik, Axmad ibn Umar Xivaqiy-Shayx Najmiddin Kubro kabi sarkarda va ulamolar mislsizqaxramonliklar ko’rsatdilar. Urganch qamal yetti oy davom etdi. Mo’g’ullar bu yerda bir necha o’n minglab odamlarni qirg’in qildilar. Garchi Xorazmshox amirlaridan Faridun Udiy boshchiligidagi sarbozlar mo’g’ullarni shaxardan xaydab chiqargan bo’lsada, shaxar mo’g’ullar tomonidan qaytadan bosib olindi va manbalarga ko’ra Urganch axolisidan million kishi o’ldirilgan. Urganchliklar dushmanning harbiy kuch va zirhli qurollarining ustunligiga qaramay o’z ona shahrini mudofaa qiladilar. Poytaxt ichida olib borilgan ko’cha janglarida zamonining buyuk allomasi shayx Najmiddin Kubro nomi bilan shuhrat topgan 76 yoshli Ahmad ibn Umar Xivaqiy o’z do’stu shogirdlari va izdoshlari bilan ishtirok etadi. Najmiddin Kubroning iltijo bilan «Yo Vatan, yo sharofatli o’lim» deb aytgan xitobi rahnamoligida har bir mahalla, ko’chako’y, guzaru rasta, masjidu madrasa va har bir xonadon janggohga aylanadi. Uzoq davom etgan ko’cha janglarida minglab mo’g’ul askarlari halokbo’ladi. Mo’g’ullar to shu paytgacha Movarounnahrning hech bir shahrida bunchalik qurbon bermagan edilar. Bu qonli kurash yetti oy davom etgan. Chingizxon Najmiddin Kubroga ahli a’yonlari, barcha yoru do’stlari bilan shahar tashqarisiga chiqib, jon saqlashni taklif etgan. Ammo shayx Chingizxon taklifmi rad qilgan. Oqibat son jihatidan teng bo’lmagan dushman bilan olib borilgan shiddatli jangda og’ir yaralangan Najmiddin Kubro o’lim oldida tig’ tutgan mo’g’ul sarboziga tashlanib, qahramonlarcha halok bo’ladi. Ilojsizlikdan holi tang bo’lib, taslim bo’lgan Urganch bosqinchilar tomonidan tatontaroj qilinadi. Shaharning bosh ihota to’g’oni buzib yuboriladi. Urganchni suv bosib, uvayron bo’ladi. Movarounnahrning asosiy shaharlari egallangach, mo’g’ul jangarilarining bosqinchilik yurishi Amudaryodan janubga joylashgan yirik savdo va madaniyat markazlaridan hisoblangan Balx, Hirot, Marv va G’azna kabi shaharlarga yo’naltiriladi. Ammo bu viloyatda ular Jaloliddin Manguberdining qattiq qarshiligiga uchraydi. Bu o’lkada u kuchli lashkar to’playdi. Jaloliddin Manguberdi ancha yillar ilgari G’azna, Bomiyon va Hindiston hududlarigacha bo’lgan yerlarga hokim etib tayinlangan edi. Shu boisdan u G’azna tomon borardi. Yo’lda unga Xuroson noiblari o’z qo’shinlari bilan kelib qo’shilib bordi. Sulton Jaloliddin Niso, Qandahor shaharlari yonida mo’g’ul qo’shinlariga qaqshatqich zarbalar berib, G’aznaga yetib keldi. Uning qo’shinlari safiga yangi kuchlar qo’shildi. Jaloliddin Valiyon qal’asini qamal qilayotgan mo’g’ul qo’shinlariga qarshi hujum qilib, ularni tormor etadi. Bu Jaloliddinning dushman ustidan qozongan dastlabki yirik g’alabasi edi. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no’yonni 45 minglik qo’shin bilan jo’natadi. G’azna yaqinidagi Parvon dashtidagi jangda Jaloliddin g’alaba qozondi. Biroq g’alabadan keyin qo’lga kiritilgan o’ljalarni taqsimlashda Jaloliddinning lashkarboshilari o’rtasida o’zaro kelishmovchilik boshlanadi. Oqibatda lashkarboshilardan Sayfuddin Ag’roq, A’zam Malik va Muzaffar Maliklar qo’shindan ajralib ketadilar. Bu voqeadan so’ng Jaloliddinning harbiy kuchi zaiflashib qoladi. Fursatdan foydalangan Chingizxon G’aznaga askar tortadi va ajralib chiqqanlarni alohidaalohida tormor etadi. Jaloliddin tengsiz janglar olib borib, Sind (Hind) daryosi qirg’oqlariga yaqinlashib boradi. Daryo bo’yida 1221 yilning 25 noyabrida ikki o’rtada qattiq jang bo’ladi. Jaloliddin Chingizxon qo’shinining ilg’orini yengadi. Mo’g’ullarning pistirmalarga qo’ yilgan 10 ming nafar saralangan askari jangni yakunlaydi. Jaloliddin taslim bo’lishni xohlamay otda Sind daryosiga sakrab, narigi qirg’oqqa suzib o’tadi. U bilan birga uning to’rt ming kishilik askari ham daryodan o’tib oladi. Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni «Ot sakrash», narigi tomoni «Cho’li Jaloliy» deb ataladi. Jaloliddinning jasoratiga qo yil qolgan Chingizxon hatto uni ta’qib qilish fikridan ham qaytadi. Hatto, u o’g’illariga qarab: «0ta o’g’il mana shunday bo’lishi lozim» degan ekan.Jaloliddin yana o’n bir yil davomida goh Eron, goh Ozarbayjon hududlarida mo’g’ullarga qarshi kurashni davom ettiradi.Shunday qilib, buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdini va uning jangovar kuchini tashkil qilgan fidoyi safdoshlari dushmanga qarshi yillar davomida qahramonona kurashsalarda, ammo ona yurt ozodligini saqlab qolishning ilojini qilolmaydilar. Eng so’nggi Xorazmshohning hukmdorligi 1231 yilda tugaydi. Sharqdagi bu ulkan davlat batamom barham topadi.Vatan ozodligi yo’lida jon fido qilgan buyuk ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil O’zbekistonda 1999 yili keng nishonlandi. Xorazmda unga haykal o’rnatildi, yirik ko’cha va maydonlarga uning nomi qo’ yildi, videofilm, pyesa va dostonlar yaratildi. 2000 yil 30 avgustda «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etilgan. Mo’g’ullar istilosi oqibatida Movarounnahr va Xorazmning yashnab turgan obod dehqonchilik viloyatlari halokatga uchradi. Gavjum va ko’rkam shaharlar, ayniqsa Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Banokat, Xo ‘jand va boshqalar xarobazorga aylantirildi. Marv vohasining sug’orish tarmoqlarining bosh to’g’oni – mashhur Sultonband buzib tashlandi.1 Samarqandliklar o’z ona shaharlarini tark etib chiqib ketdilar. Marv aholisi esa suvsizlikdan qurib borayotgan qishloqlarni tashlab, o’zga yerlarga borib joylashdi. Urganch suvga bostiriiib, batamom vayron etildi. Xorazm va Movarounnahming ziroatchi aholisi sonining keskin kamayib ketishi oqibatida ekin maydonlari jiddiy qisqarib, dehqonchilik inqirozga uchraydi. Mohir hunarmandlar g’oliblarning yurtini obod etish uchun majburan Mo’g’ulistonga yuborildi. Butun Sharqda shuhrat topgan qurolaslaha yasash, nafis ipak matolar to’qish, naqshli shishasozlik hunarmandchiligi barham topdi. Asrlar davomida Xitoy va Hindistondan Turkiston orqali Kichik Osiyo va Yevropa tomon kesib o’tgan mashhur Ipak yo’li mo’g’ullar bosqini davrida butunlay harakatsiz qoldi. Bu davrda ilm va ma’rifatga juda katta ziyon yetkazildi. Jaloliddin jangda harbiy taktika tarixida hirinchi bo’lib dushman suvoriylariga qarshi o( yonida turib piyoda Jang qilish uslubinl qo’llaydl. Jaloliddin va Temur Maliklar umrlarining oxirigacha mo’g’ullarga qarshi kurashlarga raxbarlik qildilar. Jaloliddin Manguberdi 1231 yil avgustida xinona o’ldirildi. Mo’g’ullar tomonidan bosib olingan xududlarda esa keyinchalik ulus vujudga keldi. Chingizxon xalqi xayotlik vaqtidayoq bosib olingan xududlarni to’rt o’g’liga boshqarish uchun taqsimlab bergan edi. Irtish daryosining narigi tomonidan to «mo’g’ullar otining tuyog’i yetgan joy» gacha bo’lgan yerlar, Sirdaryoning quyi oqimi (Sig’noq, Barchinlig’kent, Janikent, Ashnas shaxarlari) va Xorazmning shimoliy-g’arbiy xududalri to’ng’ich o’g’li Jo’chiga berildi. Jo’chining yaylovlari Irtishda, qishloq joyi Sirdaryoning quyi oqimi edi. Jaloliddin Manguberdining O’rta sharqdagi faoliyati. Ashxobodda buyuk vatandoshimiz, Jaloliddin Manguberdiga bag’ishlab, bundan 72 yil muqaddam mashhur yozuvchi va rassom Vasiliy Yan tomonidan ishlangan “Jaloliddin Hind daryosi bo’yida” deb nomlangan tasviriy san’at asari topildi. Jaloliddin Manguberdi haqida ayni paytga qadar nafaqat yurtimizda, balki boshqa mamlakatlarda ham juda ko’p tarixiy va badiiy asarlar yaratilgan. Mashhur rus adibi Vasiliy Yan ham o’zining bir qator roman va qissalarida Jaloliddinning qahramonliklarini tarannum etgan. U buyuk sarkarda haqida “Mardlik qanotida” nomli qissasidan tashqari “Jaloliddin” nomli roman yoza boshlagan, ammo adibning o’limi sababli bu roman tugallanmay qolgan. Yaqinda mazkur adibning ijodini tadqiq etgan turkman olimi, marhum Kakaboy Qurbonmurodovning shaxsiy arxividan V.Yan ijodiga tegishli bo’lgan bir asar topildi. Bu haqda Darakchi.uz nashriga turkmanistonlik yozuvchi va olim Oraz Yag’mur xabar bergan. Asarda Jaloliddin Manguberdining Hind daryosi bo’yida mo’g’ullarga qarshi olib borgan jangi tasvirlangan. 60x90 sm hajmdagi ushbu tasviriy san’at asari 1944 yilda akvarelda chizilgan bo’lib, V.Yanning o’g’li M.Yanchevskiy o’tgan asrning 90-yillarida suratni K.Qurbonmurodovga hadya qilgan. Eslatib o’tamiz, Vasiliy Yanning “Chingizxon”, “Botu”, “So’nggi dengizgacha” romanlaridan tarkib topgan trilogiyasi o’zbek o’quvchilariga ham yaxshi tanish. Tarixdan ma’lumki, Jaloliddin Manguberdi (1199-1231) Xorazmshohlar sulolasining zabardast vakili bo’lib, mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda katta qahramonliklar ko’rsatgan. Xususan, 1221 yil 9 dekabrda Hind daryosi bo’yida bo’lib o’tgan jang buyuk sarkarda hayotida katta o’rin tutadi. Ushbu jangda u Chingizxon boshchiligidagi mo’g’ul qo’shinlariga munosib qarshilik ko’rsatadi. Ammo, kuchlar teng emasdi. O’z ahli ayolini dushman qo’liga tushib, xo’rlanishini istamagan sarkarda butun haramni suvga cho’ktirishni buyurib, o’zi qolgan askarlari bilan daryoning narigi sohiliga o’tib ketadi. Mamlakatimizda Jaloliddin Manguberdi siymosiga juda katta ehtirom bilan yondoshiladi. 1999 yilda sarkardaning 800 yilligi yurtimizda keng miqyosda nishonlangan. Xuddi shu yili Urganch shahrida buyuk bobokalonimizga yodgorlik o’rnatilgan. 2000 yilda Jaloliddin Manguberdi ordeni ta’sis etilgan. Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori, mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadning katta o‘g‘li. Onasi – Oychechak turkman kanizaklaridan bo‘lgan. Jaloliddin burnida holi (mank) bo‘lgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o‘zgarib “Manguberdi” nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan. Jaloliddin voyaga yetgach, otasi uni G‘azna, Bomiyon, G‘ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo‘lgan yerlarda hokim va taxt vorisi etib tayinlangan (1215). Biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qat`iy noroziligi sababli Qutbiddin O‘zloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o‘zining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan (qadimgi Irg‘is daryosi bo‘yidagi jang). Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi bo‘yida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashur ada orolidan panoh topgan. Og‘ir bemor bo‘lgan Muhammad o‘g‘illarini yoniga chorlab, so‘nggi damda Jaloliddinni o‘z o‘rniga xorazmshoh etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari Oqshoh va Qutbiddin O‘zloqshohlar bilan birga Urganch mudofaasiga oshiqadi. Lekin Urganchdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb e`lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo‘ldilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi Temur Malik boshchiligidagi 300 kishilik suvoriylar bilan o‘z vatani – Xorazmni tashlab Xurosonga ketishga majbur bo‘ladi. Niso shahri yaqinida uni 700 nafar mo‘g‘ul suvoriysi kutardi. Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan so‘ng ularni tor-mor keltirib, Nishopurga keldi. Bu yerdan u barcha viloyat hokimlariga qarshi birlashishga da`vat etdi, bir oydan so‘ng G‘azni tomon yurdi. Yo‘lda unga Hirot voliysi, qaynotasi Aminalmulk 10 ming kishilik qo‘shin bilan kelib qo‘shildi. Qandahorni qamal qilib turgan mo‘g‘ul qo‘shinlari bilan 3 kunlik jangda Jaloliddin Manguberdu ularni tor-mor keltirgan. U G‘aznaga 1221-yil keldi. Bu yerda unga xalaj qabilasi boshlig‘i Sayfuddin Ig‘roq, Balx voliysi A`zam malik, afg‘onlar sardori Muzaffar malik, qarluqlar boshlig‘i Hasan Qarluq kelib qo‘shildilar. Ularning har biri ixtiyorida 30 minglik qo‘shin bor edi. Jaloliddin Manguberdining o‘zidagi kuchlar esa 60 ming suvoriy edi. Jaloliddin Manguberdi Valiyon qal`asini qamal qilayotgan Takajuk va Malg‘ur boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shiniga hujum qilib, 3 kunlik jangdan so‘ng ular tor-mor keltirgan, 1000 dan ortiq mo‘g‘ul askari o‘ldirilgan, omon qolgan qismi Panjshir daryosidan o‘tib, ko‘priki buzib tashlashgan. Bu Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ullar ustidan qozongan dastlabki yirik g‘alabasi edi. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no‘yonni 45 minglik qo‘shin bilan jo‘natadi. G‘azna yaqinidagi Parvon jangida Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullar ustidan ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritadi. Jangda harbiy taktika tarixida birinchi bo‘lib, Jaloliddin dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turib piyoda jang qilish uslubini qo‘llaydi. Mo‘g‘ullarning Ushbu jangdagi mag‘lubiyati to shu vaqtgacha jiddiy zarbaga uchramagan Chingizxonning asosiy kuchini urushga solishi va harbiy harakat rahbarligini o‘z qo‘liga olishga majbur etadi. Biroq jangdan so‘ng Jaloliddin Manguberdining lashkarboshilari o‘lja ustida o‘zaro janjallashib qolib, oqibatda Sayfuddin Ig‘roq, A`zam malik va Muzaffar maliklar Jaloliddin Manguberdini tark etganlar. Jaloliddin Manguberdining yonida faqat Aminalmulk o‘z lashkari bilan qolgan, xolos. Chingizxon katta qo‘shin to‘plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o‘zi otlangan. G‘ardiz qal`asi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qo‘shinining ilg‘orini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qo‘shini Jaloliddin Manguberdini daryodan o‘tishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221-yil 25-noyabrda bo‘lgan tengsiz jangda (Sind daryosi bo‘yidagi jang) mag‘lubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning o‘ng sohiliga suzib o‘tib, cho‘l ichkarisiga kirib ketdi (Bu cho‘l hozirda ham cho‘li Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, o‘z o‘g‘illariga qarab: “Ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi lozim!”, degan. Endilikda Chingizxon O‘ziga teng raqibga duch kelganini yaxshigina tushunib, Jaloliddinning katta kuch to‘plashiga xalaqit berish uchun barcha choralarni ko‘radi. Oradan bir necha kun o‘tgach, Jaloliddin Manguberdi qo‘shini soni 7 mingga yetdi. Unga Ko‘lbars bahodir, Kabkuh va Sa`diddin Ali ash-Sharabdor kabi lashkarboshilar o‘z kishilari bilan kelib qo‘shildi. Jaloliddin Manguberdi Shimoliy Hindistonning notanish cho‘lida och, juldur kiyimli jangchilari bilan sargardonlikda qoldi. Uning bu holidan foydalanmoqchi bo‘lgan Shatra viloyati rana (shoh) si Jaloliddin Manguberdiga hujum qilgan. Jaloliddin Manguberdining merganlik bilan otgan kamon o‘qidan rana halok bo‘ladi, qo‘shini esa parokanda bo‘lib qochadi. Jaloliddin Manguberdi katta o‘ljani qo‘lga kiritadi. Bu g‘alabadan so‘ng Sind, Uchcha, Mo‘lton, Lohur va Peshavor hokimi Nosiriddin Qubacha (1205-1227)ning Nandana va Sakundagi noibi Qamariddin Karmoniy Jaloliddin Manguberdiga o‘zini xayrixohligini izhor etib, sovg‘a-salomlar jo‘natgan. G‘iyosiddin Pirshohdan ajralib ketgan amirlardan Sanjoqonhon, Elchi pahlavon, O‘rxon, Soyircha, Tekjoruq Xonkishilar o‘z lashkarlari bilan kelib Jaloliddin Manguberdiga qo‘shildilar. Jaloliddin Manguberdi Kalor shahri, Parosravar, Tarnuj qal`alarini qo‘lga kiritdi. Mulklarining katta qismidan ajralgan Qubacha 10 ming otliq qo‘shini hamda mamluklar sulolasidan bo‘lgan Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmishdan olgan qo‘shimcha kuch bilan Jaloliddin Manguberdiga qarshi jang qilgan, biroq mag‘lubiyatga uchragan, uning xazinasi, qurol-yarog‘lari o‘lja tushgan. 1222-yil Chingizxon Jaloliddin Manguberdi izidan To‘rbay To‘qshin va Bola no‘yonni 20 minglik qo‘shin bilan jo‘natadi. Lekin ular Mo‘ltonga qadar borib, shaharni ololmay, jazirama issiqqa dosh berolmay qaytishadi. Jaloliddin Manguberdi o‘ziga qarshi mo‘g‘ul qo‘shinlari jo‘natilgani xabarini Parosravar qal`asini olgandan so‘ng eshitgan. Jaloliddin Manguberdi Mo‘lton tomon yo‘l olib Qubacha mulklaridan Uchcha, Sadusan, Xatisor, Deval va Damrillarni qamal qiladi, qo‘shini uchun tuyalar zarurligi tufayli Gujarot viloyati markazi Nahrvalga Xosxon boshchiligida qo‘shin jo‘natadi. Shamsuddin Eltutmish Jaloliddin Manguberdi ustiga katta qo‘shin (30 ming otliq, 100 ming piyoda, 300 ta fil) tortadi. Download 52.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling