I bob. Buyuk sarkarda jaloloddin manguberdining hayoti va harbiy mahorati asoslari
I.BOB. BUYUK SARKARDA JALOLODDIN MANGUBERDINING HAYOTI VA HARBIY MAHORATI ASOSLARI
Download 52.67 Kb.
|
Buyuk sarkarda Jaloloddin Manguberdining hayoti va harbiy mahorati haqida mavzusidagi mashg\'ulotlarni innovatsion texnologiyalarini qo\'\'llangan xolda mashg\'ulotlari tashkillash uslubiyoti
I.BOB. BUYUK SARKARDA JALOLODDIN MANGUBERDINING HAYOTI VA HARBIY MAHORATI ASOSLARI
1.1. Jaloliddin manguberdi hayoti va ijodi Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu noʻyonni 45 minglik qoʻshin bilan joʻnatadi. Gʻazni yaqinidagi Parvon jangida Jaloliddin Manguberdi moʻgʻullar ustidan ajoyib gʻalabani qoʻlga kiritadi, biroq jangdan soʻng Jaloliddin Manguberdining lashkarboshilari oʻlja ustida oʻzaro janjallashib qolib, oqibatda Sayfuddin Igʻroq, Aʼzam malik va Muzaffar maliklar Jaloliddin Manguberdini tark etganlar. Bu tark etishni sababi turlicha boʻlgan. Masalan, Turkmanlar yoʻlboshchisi boʻlgan Sayfuddin Igʻroq bilan bir arabiy ot ustida talashib qolishadi. (Oʻljalar orasida eng noyob ulush ot hisoblagan. Otlar zotiga va chiroyiga qarab bir necha ming tilloga baholangan.) Tortishuv paytida qizishib ketgan Amin Malik Sayfuddin Igʻroqni boshiga qamchi bilan uradi. Jaloliddin esa Amin Malikni bu ishi uchun jazolamaydi (Amin Malik Jaloliddinning qaynotasi edi, balki Amin Malikni jazolamaganiga sabab shu ham ham boʻlishi, ehtimol.) Bu nomusga chiday olmagan va qattiq ranjigan Aʼzam Malik va Muzaffar Malikni olib, Jaloliddin qoʻshinni tark etadi. Buning natijasida xoramzshoh qoʻshini yarmiga qisqaradi.Jaloliddin Manguberdining yonida faqat Aminalmulk oʻz lashkari bilan qolgan, xolos. Chingizxon katta qoʻshin toʻplab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan oʻzi otlangan. Fapdiz qalʼasi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qoʻshinining ilgʻorini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qoʻshini Jaloliddin Manguberdini daryodan oʻtishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221-yil 25-noyabrda boʻlgan tengsiz jangda (Sind daryosi boʻyidagi jang) magʻlubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan 18-20 metrlik jarlikdan Sind daryosiga sakrab, uning oʻng sohiliga suzib oʻtib, choʻl ichkarisiga kirib ketdi (Bu choʻl hozirda ham Choʻli Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, oʻz oʻgʻillariga qarab: „Ota oʻgʻil mana shunday boʻlishi lozim!“, degan. Oradan bir necha kun oʻtgach, Jaloliddin Manguberdi qoʻshini soni 7 mingga yetdi. Unga Kulbars bahodir, Kabkuh va Saʼdiddin Ali ash-Sharabdor kabi lashkarboshilar oʻz kishilari bilan kelib qoʻshildi. Jaloliddin Manguberdi Shimoliy Hindistonning notanish choʻlida och, juldur kiyimli jangchilari bilan sargardonlikda qoldi. Uning bu holidan foydalanmoqchi boʻlgan Shatra viloyati rana (shoh) si Jaloliddin Manguberdiga xujum qilgan. Jaloliddin Manguberdining merganlik bilan otgan kamon oʻqidan rana halok boʻladi, qoʻshini esa parokanda boʻlib qochadi. Jaloliddin Manguberdi katta oʻljani qoʻlga kiritadi. Bu gʻalabadan soʻng Sind, Uchcha, Moʻlton, Lohur va Peshovar hokimi Nosiriddin Qubacha (1205—27)ning Nandana va Sakundagi noibi Qamariddin Karmoniy Jaloliddin Manguberdiga oʻzini xayrixohligini izhor etib, sovgʻa-salomlar joʻnatgan. Gʻiyosiddin Pirshoh ajralib ketgan amirlardan Sanjoqonxon, Elchi pahlavon, Oʻrxon, Soyircha, Tekjoruq Xonkishilar oʻz lashkarlari bilan kelib Jaloliddin Manguberdiga qoʻshildilar. Jaloliddin Manguberdi Kalor shahri, Parosravar, Tarnuj qalʼalarini qoʻlga kiritdi. Mulklarining katta qismidan ajralgan Qubacha 10 ming otliq qoʻshini hamda mamluklar sulolasidan boʻlgan Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmishdan olgan qoʻshimcha kuch bilan Jaloliddin Manguberdiga qarshi jang qilgan, biroq magʻlubiyatga uchragan, uning xazinasi, qurol-yarogʻlari oʻlja tushgan. 1222-yil Chingizxon Jaloliddin Manguberdi izidan Toʻrbay Toʻqshin va Bola noʻyonni 20 minglik qoʻshin bilan joʻnatadi. Lekin ular Moʻltonga qadar borib, shaharni ololmay, jazirama issiqqa dosh berolmay qaytishadi. Jaloliddin Manguberdi oʻziga qarshi moʻgʻul qoʻshinlari joʻnatilgani xabarini Parosravar qalʼasini olgandan soʻng eshitgan. Jaloliddin Manguberdi Moʻlton tomon yoʻl olib Qubacha mulklaridan Uchcha, Sadusan, Xatisor, Deval va Damrillarni qamal qiladi, qoʻshini uchun tuyalar zarurligi tufayli Gujarot viloyati markazi Nahrvalga Xosxon boshchiligida qoʻshin joʻnatadi. Shamsuddin Eltutmish Jaloliddin Manguberdi ustiga katta qoʻshin (30 ming otliq, 100 ming piyoda, 300 ta fil) tortadi. Jaloliddin Manguberdi mardonavorlik bilan raqibiga qarshi chiqadi. Jaloliddin Manguberdining Oʻzbek Toy Jahon Paxlavon qoʻmondonligi ostidagi ilgori Eltutmish ilgʻori bilan toʻqnashib raqibidan ustun keladi. Eltutmish Jaloliddin Manguberdi huzuriga elchisini yuborib sulh soʻraydi. Jaloliddin Manguberdi Hindistonda oʻz nomidan kumush va mis tangalar zarb qiladi, unga tobe hind mulklarida uning nomi xutbaga qoʻshib oʻqilgan. Biroq vaziyat borgan sari murakkablashib bormodqa edi. Eltutmish, Qubacha, shuningdek, Hindistonning boshqa viloyat hokimlari oʻzaro til biriktirib Jaloliddin Manguberdiga qarshi ittifoq tuzmoqchi ekanliklari ayon boʻlib qoldi. Jaloliddin Manguberdining ikki lashkarboshisi Yazidak pahlavon va Sunqurjiq Toysilar xiyonat qilib Eltutmish tomoniga oʻtganlar. Qiyin vaziyatdan qutulish uchun Jaloliddin Manguberdi harbiy kengash chaqirgan. Amirlarning koʻpchiligi Iroq tomon yurish qilib, uni Gʻiyosiddin Pirshohdan tortib olishni taklif qiladi. Iroqda siyosiy parokandalik hukm surardi. Iroq tomon ketishga qaror qilindi. Jaloliddin Manguberdi oʻzining Hindistonda zabt etgan mulklariga Oʻzbek Toy Jahon Paxlavonni, Gʻur va Gʻazni viloyatlariga Hasan Qarluqni noib sifatida qoldirib, Iroqqa yoʻl olgan. Choʻlu biyobonlarni kesib oʻtishda Jaloliddin Manguberdining koʻp jangchilari nobud boʻlgan, nihoyat u 4 ming jangchisi bilan Kirmonga yetib kelgan. Gʻiyosiddin Pirshohning Kirmondagi noibi Baroq hojib Jaloliddin Manguberdiga tobelik izhor qiladi. Shundan soʻng Jaloliddin Manguberdi Fors viloyati markazi Sherozga kelgan. Fors hokimi otabek Saʼd ibn Zangiy va Yazd xokimi otabek Al-uddavla ibn Toʻgʻonshoh unga tobelik bildirishadi. Jaloliddin Manguberdi Isfahonga kelganda aholi uni katta tantana bilan kutib oladi, qoʻshini qurol-aslaqa bilan taʼminlanadi. Bu hol Gʻiyosiddin Pirshohga yoqmaydi, u akasiga qarshi 30 ming otliq qoʻshin bilan yoʻlga chiqadi. Biroq Jaloliddin Manguberdi unga sovgʻasalomlar bilan miroxur Odekni elchi sifatida joʻnatgan va oʻzaro nizoni tinchlik bilan hal etgan. Qoʻshin boshliqlari Jaloliddin Manguberdi tomoniga oʻtgan. 1225-yil Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjonga yurish qiladi. Soʻng Bagʻdodga qarshi yurishga hozirlik koʻradi. Xalifa Nosirga elchi joʻnatib, moʻgʻullarga qarshi birlashishga chaqirdi. Bunga javoban Xalifa Jaloliddin Manguberdiga qarshi oʻzining mamluki amir Jamoliddin Qushtemur boshliq 20 minglik qoʻshinini joʻnatdi. Basra yaqinidagi jangda Xalifa qoʻshinlari tor-mor keltirildi. Xalifa Bagʻdod mudofaasi bilan mashgʻul boʻladi. Jaloliddin Manguberdi Bagʻdod atrofida 12 kun turgach, Ozarbayjon tomon ketadi. Ozarbayjon va Arron otabegi Oʻzbek ichkilik, maishatga berilib davlat ishlarini oʻz holiga tashlab qoʻygan edi, davlatni amalda uning xotini Malika xotun boshqarardi. 1225-yil mayda Jaloliddin Manguberdi Marogʻa shahrini jangsiz qoʻlga kiritadi. Damashq, Er-bil hokimlari u bilan ittifoq tuzishga rozi boʻladilar. Otabek Oʻzbek Tabrizni tashlab Ganjaga, soʻng Alinjo qalʼasiga qochib oʻsha yerda vafot etadi. Jaloliddin Manguberdi Tabrizni 1225-yil 25-iyulda egalladi. Sultonning ikkita xos mulozimi — Tojiddin Qilich va Badriddin Hilol boʻlib ular Malika muhofazasi uchun yuboriladi. Ular Malika I mulozimlari, yaqinlari, kanizaklari, mol Mulki bilan birga Xoy shahriga koʻchiradi. Jaloliddin esa Tabriz shahriga kirib kelib oʻz boshqaruvini oʻrnatadi. Sulton Tabrizdaligida unga Malika tomonidan bir guruh ayollardan iborat sovchilar keladi.Ular Malikani Jaloliddinga turmushga chiqish niyati borligini va eri Otabek Oʻzbekni ajarshganligini bildiradi. Sulton bir shart bilan — agar Malika eridan ajarshganligini isbotlasa unga uylaniahini aytadi. Tabrizga yaqin hududlar, xususan, Varzukon qozisi ham Otabek Oʻzbek Malikani taloq qilgani haqida tasdiqlashadi. Tabriz qozisi boʻlgan faqih fiqh olimi Izdiddin Kazviniy Otabek Oʻzbek va Malikani er — xotinlikdan chiqqanligi toʻgʻrisidagi hukmni eʼlon qiladi. Shundan keyin Jaloliddin Manguberdi Malika xotunga uylanadi. U malikaga toʻy sovgʻasi sifatida Xoydan tashqari Yana ikki shahar Solmas — Urmiyani (Bu hududlar ham Janubiy Ozarbayjonda boʻlgan) ham mulk qilib bergan.Tabrizda bir necha kun turgandan soʻng oʻz qoʻshinini Gruziya tomon boshlaydi. 1225-yil avgustda Garni qalʼasi yaqinida gurjilarning Ivane Mhargodzeli boshliq 60 minglik qoʻshinini tor-mor keltiradi va Tiflisga qarab yuradi. Gruziya malikasi Rusudana Kutaisiga koʻchib oʻtgan. Jaloliddin Manguberdi Dvin, Lori shaharlarini egallaydi, Surmari shahri hokimlari oʻz tobeliklarini bildirishgan. Download 52.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling