I bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari


VII bob. Mashg‘ulotlardagi o‘qitish


Download 201.35 Kb.
bet12/21
Sana18.10.2023
Hajmi201.35 Kb.
#1708633
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
I bob. Dasturning maqsad, vazifa va tamoyillari

VII bob. Mashg‘ulotlardagi o‘qitish
Ta‘lim-tarbiya faoliyatining maqsadi bo’lib bolada umumiy asosiy kompetensiyalarning va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining shakllantirilish uchun shart-sharoitlarni yaratish hisoblanadi.
Bolalarni maktabga tayyorlash guruhlarida bolalarning barcha faoliyati mashg’ulotlarni ham o’z ichiga olgan holda o’yinli tarzda o’tkaziladi. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davla talablariga mos holda ko’zda tutiladiki, bola maktabgacha tayyorlov guruhidan chiqishda ma‘lum bir natijalarga erisha oladi.
7.1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
1.Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi
Kichik soha: Yirik motorika
Talab: Bola o’z tana a‘zolarini boshqaradi, maqsadli to’g’r harakatlanadi
Kutilayotgan natija: bir, ikki, to’rtta bo’lib saflanadi, doira bo’lib, qator bo’lib yuradi;
yurishda turli topshiriqlarni bajaradi;
yengil yuguradi (shiddat bilan, to’siqlarni yengib o’tib, yo’nalish va muvozanatnsaqlagan holda);
bir joyda aylanib sakraydi, oyoqlarini o’ngga va chapga almashtirib sakraydi;
arqonda turli usullarda sakraydi;
arqonli narvon, yo’g’on arqonda yuqoriga ko’tariladi;
ikki oyoqli velosipedda uchadi.
Kichik soha: Mayda motorika
Talab: Bola qo’li va barmoqlarini turli maqsadlarda ishlatadi
Kutilayotgan natija: tasavvurdagi predmetlarni qo’llari bilan (gul, qush, kapalak, qasr) ko’rsatadi;
arqonlardan turli tugunlarni tugadi;
o’yin faoliyati mobaynida mayda o’yinchoqlar bilan o’ynaydi;
belgilangan chiziqlar bo’ylab qog’ozni batartib yirta oladi;
mayda qismli mozaika va pazllarni yig’adi.
Kichik soha: Sensomotorika
Talab: Bola sezgi organlari yordamida o’z harakatlarini boshqarishga qodir
Kutilayotgan natija: pastdan, boshi uzra koptokni irg’itadi;
koptokni yer bo’ylab ilonizi qilib irg’itadi;
chanada, rolikda, ikki oyoqli velosipedda uchadi;
koptok bilan nishonni urib tushiradi (bouling);
gardishni qo’lida, oyog’ida, belida aylantiradi;
halqalarni halqa ustuniga otib tushiradi.
Kichik soha: : Sog’lom turmush tarzi va xavfsizlik
Talab: Bola sog’liqni saqlash malakalarini namoyon qiladi. Bola xavfsizsog’lom taom va hayot xavfsizligi qoidalari haqida tushunchaga ega.
Kutilayotgan natija:
 o’zining tashqi ko’rinishiga etibor beradi;
 jismoniy mashqlarni mustaqil bajaradi;
 tabiat burchagidagi o’simliklar va jonzotlarni parvarishlaydi;
 salomatlikka zararli bo’lgan xulq shakllarini anglaydi (chekish ichkilikbozlik, olov bilan o’ynash va hokazo);
 bog’chada, ko’chada, transportda yurish qoidalariga rioya qiladi;
 piyodalar va velosipedchilar uchun yo’l qoidalarini biladi;
 yong’in xavfsizligi -101; milliy gvardiya- 102; tez yordam -103; gaz xizmati -104 telefon raqamlarini biladi;
 xavfli vaziyatlarda qanday yo’l tutishni biladi va tushuntiradi
 supermarketda, shaharda, qishloqda, dalada yo’qolib qolsa, o’zin qanday tutish kerakligini biladi.

Download 201.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling