I bob davlat Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi va uning shakillanish asoslari kirish
II BOB. Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy maqsadlari va istiqbollari
Download 57.77 Kb.
|
Maktabgacha talim tizimida Maktabgacha talimning tutgan o\'rni va uning istiqbolari
II BOB. Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy maqsadlari va istiqbollari
2.1 Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari. maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya va sog’lomlashtirish ishlariga qo’yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta’lim-tarbiya olishlarini va korreksion pedagogik ishni ta’minlash; korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo’naltirilgan, individual tarzda tashkil etish; bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim-tarbiya muhitini yaratish; bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish; bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o’quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to’ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko’rsatmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3955-son qaroriga muvofiq: Quyidagilar, O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi quyidagilarni nazarda tutgan holda Konsepsiyaning asosiy yo’nalishlari hisoblanadi: maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish; maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish; bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish; maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta’minlash; maktabgacha ta’lim tizimiga maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish; maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning sog’lom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta’minlash. Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishlari darajasiga ko’tarildi. Biroq o’tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning – samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko’rsatmoqda. Jumladan, so’nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamaygan bo’lib, bugungi kunda respublika bo’yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 31 foizni tashkil etadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talabga javob bermaydi. Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha -ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog’ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash” maqsadida ushbu farmon qabul qilindi. Yuqoridagi Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hama Vazirlar Mahkamasining Qarorlari ham qabul qilindi. Ushbu me’yoriy hujjatlardan ko’zlangan asosiy maqsad Maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o’quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to’ldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash, eng asosiysi bolajonlarimizning barkamol, sog’lom bo’lib rivojlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish. Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko’nikmasi, kattalar va tengdosh o’rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi. Shuning uchun bola maktabga qadam qo’yayotganida qanchalik bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof-olamga moslashishi ko’nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi va mustaqil harakat qilishi muhimroq hisoblanadi. Bolani biror narsaga o’rgatishgina emas, unda o’z kuchiga ishonchni oshirish, o’z g’oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish hamda unda “Men” konsepsiyasini shakllantirish ham muhimdir. O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risida Nizom”ga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalarning mustaqil ravishda ta’lim va tarbiya berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko’rsatadigan maktabgacha ta’lim muassasalarida, shuningdek, muassasaga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o’tishi ko’pincha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy tub o’zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh xususiyatiga doir bilim, ko’nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo’ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xolos bo’lishga yordam beradi. Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xotira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan belgilanadi. Download 57.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling