I bob davlat Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi va uning shakillanish asoslari kirish


I BOB. Davlat Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi va uning shakillanish asoslari


Download 57.77 Kb.
bet2/8
Sana20.12.2022
Hajmi57.77 Kb.
#1040167
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Maktabgacha talim tizimida Maktabgacha talimning tutgan o\'rni va uning istiqbolari

I BOB. Davlat Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi va uning shakillanish asoslari
1.1. Maktabgacha ta’lim tushunchasi mazmun mohiyati
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang’ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo’lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.
Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining mol-mulki va pul mablag’lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari to’g’risidagi kerakli ma`lumotlarni “O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risida Nizom” dan olishinigiz mumkin.
Maktabgacha ta`lim muassasalari, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi turlarga bo’linadi:

  • Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog’chasi, bolalar bog’chasi, uydagi bolalar bog’chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).

  • Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim mussasasi (bolalar bog’chasi-maktab).

  • Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.

  • Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi.

  • Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chasi.

Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi). Bu esa tarbiyachini u yoki bu yoshdagi bolalar bilan ishlash uchun programma materialini tanlashda qiyin ahvolga solib qo’yar edi. Jismoniy, aqli, axloqiy tarbiyaning koʻpgina masalalari « qo’llanma « da yetarli darajada o’z aksini topadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish masalalari ilmiy asosida ochib beriladi. Ota - onalar bilan ishlash ham yetarli yoritilgan edi. 1953 - yilda bolalar bog’chasida ta’limning joriy etilishi munosabati bilan ta’lim - tarbiya ishlari sifatini oshirish va bolalarni maktabgacha tayyorlash maqsadlarida « qo’llanma « qayta ishlab chiqiladi. Dasturda tarbiyachining rahbarlik roli ta’minlangan holda tashkil etilgan mashg’ulotlarda oʻzlashtirishlari kerak boʻlgan bilim mundarijasi ancha aniq koʻrsatib berilgan. 1959 - yil may oyida « Maktabgacha tarbiya muassasalarini yanada rivojlantiris, maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiya berish va meditsina hizmat ko’rsatishni yaxshilish tadbirlari to’g’risida « qaror qabul qilindi. + aroda jumladan mahalliy sharoit va imkoniyatlarni hisobga olgan holda bolalar muassasalarining ikkita tipini - yasli va bolalar bog’chalarini yagona maktabgacha muassasasiga birlashtirilishi hamda yasli va maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning tarbiyalashning yagona dasturini ishlab chiqish ko’zda tutild. Yangi xujjatda maktabgacha tarbiya pedagogikasi, bolalar psixologiyasi, hamda bolalarni oʻsishini oʻrganadigan yondosh fanlar toʻplagan ma’lumotlar hamda maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni tarbiyalashning eng yaxshi tarbiyasini umumlashtirish asos qilib olindi. Atroflarning katta kollektivi tomonidan tayyorlangan ilk yoshdan to maktabgacha kirish yoshgacha boʻlgan bolalar bilan olib boriladigan tarbiya ta’lim ishlarining yagona programmasi birinchi marta 1962 - yilda e’lon qilindi. « Dastur « e’tibor tarbiya jarayonida yosh davomiyligi o’rtasidagi aloqa uzilib qolishini tugatishga qaratilgan edi. Ilgari programma metodik jihatlariga qaraganda unda maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga ta’lim berish masalalari ko’proq aks ettirildi. « Mashg’ulotlarda ta’lim berish « bo’limida taqdim etilgan programma materiali ta’lim berishda sistemalilikni amalga oshirish, bolalarning bilim minimumini to’la o’zlashtirish, ularning atorfdagi voqyelik oʻzaro predmedlar va xodisalarning bogʻliqligini anglay olishlari uchun qulay sharoitlar yaratadi. << Dastur « shuningdek, bola shaxsiyatini har tomonlama kamol toptirish uchun zarur boʻlgan muayyan bilimlar, ko’nikmalar va malakalar, yurish - turishdagi ijobiy odatlar, ahloqiy fazilatlarni shakllantirishni ham ko’zda tutadi. Unga mashg’ulotlar, dam olish, ko’ngil ochis, uyqu, ovqatlanish, sayr qilish rejimi kiritilgan . Tarbiyachi « Bolalar bog’chasida tarbiya dasturi « ga koʻra, maktabgacha tarbiya yoshdagi bolani o’yinlar ko’ngil ochish va mehnatda ta’lim berish va turmush jarayonida tarbiyalashning ko’p tomonlama vazifalari xal etilishini ta’minlamog’i kerak edi. 1969 - yilda takomillashtirilga. « Bolalar bog’chasida tarbiya dasturi « Chop etildi. U ilmiy tadqiqot va eng yaxshi ish tajribasidan foydalanish asosida tuzilgan boʻli, maktablarning boshlang’ich ta’limning yangi programmalarga o’tish bilan bogʻliq boʻlgan talablarni hisobga oladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalar singari ta’lim - tarbiyada ham koʻpgina yangilanishlarni amalga oshirish extiyoji tug’ild. Buning uchun esa pishiq - puxta ishlagan ma’lum maqsad va vazifalarni uzi mujassamlashtirgan istiqbolli dastur talab etilard. Bola dunyoga kelgan kunidan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota - ona zimmasiga uni sogʻlom aqlli, hushxulqli tarbiyalash vazifasi qoʻyiladi. Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga yetishga ko’p jihatdan bog’liqdir. O’z navbatida jamiyat taraqqiyoti millatning ma’naviydarajasi bilan belgilanadi.
Sogʻlom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo’nalishidir. Davlat va jamiyat maktabgacha yoshda boʻlgan bolalarni yagona talab asosida rivojlantirish vazifasini qoʻyadi. Shunga ko’ra « < Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim - tarbiyasiga qoʻyiladigan davlat talablari « ga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim tarbiya berish maqsadida 2002 yilda « Uchinchi ming yilliking bolasi « dasturi o’zbek olimlar tomonidan yaratiladi. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarning 17 foizi ta’lim tarbiya muassasalarida, qolgan 83 foizi esa bevosita oilada tarbiyalanadi. Shu bois, taqdim etilgan dastur tarbiyachilar va ota onalarga mo’ljallangan. Maktabgacha ta’lim muassasalari - O’zbekiston Respublikasidagi talim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi umumtalim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha talim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashn, o’qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni taminlaydi. Maktabgacha talim muassasasini tashkil etish tartibi faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha talim muassasasining mol - mulki va pul mablag’lari, javobgarligi, boshqaruvi va talim jarayoni qatnashchilari to’g’risidagi kerakli malumotlarni « O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha talim muassasasi to’g’risida Nizom « dan olishinigiz mumkin . O’zbekistonda maktabgacha talim muassasalarining zamonaviy tizimi. Maktabgacha talim muassasalar, faoliyat yo’nalishiga ko’r, quyidagi turlarga bo’linadi. Bolalar yaslisi bolalar yasli bog’chasi , bolalar bog’chasi , uydagi bolalar bog’chasi ( mustaqil muassasa yoki filial sifatida ). Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich talim mussasasi (bolalar bog’chasi - makta. Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda badiiy esteti, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha talim muassasalari. Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chas. Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi. Maktabgacha talim muassasasining ish tartibi va u yerda bolalarning bo’lish davomiyligi davlatning maktabgacha talim sifat va darajasiga bo’lgan talablari, nizom, maktabgacha talim muassasasi va ota - onalar orasida tuzilgan shartnom, hamda tasischilar tomonidan belgilanadi. Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha talim muassasalari tashkil qilingan bo’lib, u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli talimni boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy - tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi. Maxsus maktabgacha talim muassasasini tashkil etish tartibi, mol - mulki va pul mablag’lari, maxsus maktabgacha talim muassasasida o’quv - talim va sog’lomlashtirish jarayonini tashkil qilish, talim jarayoni ishtirokchilari va maxsus maktabgacha talim muassasasining boshqaruvi haqidagi to’liq malumotlar « Maxsus davlat maktabgacha talim muassasasi to’g’risidagi Nizom « da ko’rsatilgan.




1.2. Kurs ishiga qo’yiladigan talablar



Download 57.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling