I-bob. Depressiya muammosining psixologik tadqiqi
Shaxs depressiyaga moyilligini o‘rganishning psixologik usullari
Download 154 Kb.
|
Kurs ishi Depressiya etiologiyasi klinikasi va diognistikasini Gullola
2.2 Shaxs depressiyaga moyilligini o‘rganishning psixologik usullari
Depressiya – neyronlarning impulslarni o‘tkazish qobiliyati susayishi bilan kechadigan holatdir. -Bunda inson hayotga nisbatan qiziqishlari so‘nadi, o‘zidan qoniqmaydi, keraksizdek his qiladi, barcha tashvishlardan charchagandek his qiladi. -Depressiyaning asosiy sabablaridan biri energiyaning yo‘qolishidir. -Organizmda nerv hujayralari har kuni 600 – 800 milliongacha miqdorda ishlab chiqariladi. Stress va depressiyada bu nerv hujayralarining yarmini yo‘qotamiz. -Agar shu nerv hujayralariga etarli ozuqa bersak, ya’ni V vitaminiga boy mahsulotlarni iste’mol qilsak, depressiyadan chiqib ketolamiz. SHuningdek, impulsning o‘tkazuvchanligini yaxshilaydigan dofamin gormonini qabul qilish tavsiya etiladi. Depressiya — yetarlicha xoldan toydiradigan psixik holat, shu sababli doimo o‘zini va o‘z harakatlarini tahlil qilib o‘z ustida nimalar bo‘layotganligini tushunishga harakat qiladigan kimsalar doimo o‘zlarini horg‘in charchagan toliqqan his qiladilar. Depressiya hamma kuchni olib qo‘yadi va hayotiy zarur holatlar va rejalashtirilgan ishlar uchun kuch va ishtiyoq qolmaydi. SHuning uchun aytamanki depressiyani o‘tkazish katta xarsang toshni tog‘ cho‘qqisiga sudrab olib chiqishdan yengil emas. Charchoq uyqu buzilishiga (yoki uning tarkibiy qisim buzilishiga) xam olib kelishi mumkin. Uyqusi buzilgan insonlar chuqur depressiya paydo bo‘lishiga 10 marta ko‘proq moyil bo‘ladilar.Odatda xotirjam, ijobiy kayfiyatda jilmayib yuradigan tanishingiz birdaniga teskariga o‘zgarib qolsa (asabiylashish, hamma bilan tortishish) bu ham depressiya belgisi bo‘lishi mumkin. Kishini depressiya holatiga tushmasligi uchun psixologlar “Hayotda bor narsangizdan xursand bo‘ling. Sizga tegishli bo‘lmagan narsa uchun ham minnatdor bo‘ling, chunki bu sizni ko‘p keraksiz tashvishlardan xalos qiladi. Lekin haqiqatan ham kerakli narsani olishga harakat qiling va hayotingizning har bir daqiqasidan unumli foydalaning.” kabi ko‘rsatmalar beradilar Depressiya dunyodagi eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir. SHunday qilib, JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 150 milliondan ortiq odam depressiyadan aziyat chekmoqda. Rossiya sog‘liqni saqlash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 15 millionga yaqin odam depressiyadan aziyat chekmoqda. Amerikalik psixologlarning fikricha, ayollar depressiyadan erkaklarnikiga qaraganda ikki baravar ko‘p azoblanadi. O‘smir o‘g‘il bolalar va yigitlarda depressiya ko‘pincha buzilishlar bilan kechadi, qizlar va yosh ayollarda esa ovqatlanishning buzilishi (anoreksiya va bulimiya) bilan kechadi. Depressiya - bu motivatsion, kognitiv vakillik sohasidagi o‘zgarishlar va xatti-harakatlarning umumiy passivligi bilan tavsiflangan salbiy hissiy fon bilan tavsiflangan affektiv holat. Depressiyadan aziyat chekkan Cherchill bu kasallikni "qora it" deb atagan. Manik-depressiv holatlardan aziyat chekkan boshqa mashhur odamlar bunkasallikka turli xil nomlar berishdi: "Tuhsizlikning chekkasi", "Haqiqatda cheksiz zulmat", "Ruhning hamma narsani yutib yuboradigan alangasi". Mana, Kurtis A. “Depressiyadan chiqish” kitobi muallifi depressiya haqida shunday yozadi “Uzoq 30 yil davomida men tushkunlik va melankoliya ichida edim. Surunkali og‘ir ruhiy tushkunlik tufayli hayotim bo‘sh edi va mening nikohim biroz buzildi. ... Depressiyada yashash qiynoq kamerasida bo‘lishga o‘xshaydi. Ammo siz u erdan chiqishni o‘rganishingiz mumkin Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda o‘rtacha har 4 insondan bittasi ruhiy muammoga yuza tutadi. Bu holat keng tarqalganligiga qaramay, unga chalinganlarni kamsitish yoda ularga yovqarash hanuz saqlanib qolgan. Tushkunlikka tushganlar "zaif inson" sifatida ko‘riladi. Insonlar tobora ko‘p chalinayotgan ruhiy holatlar orasida esa hozirda eng ko‘p tarqalayotgani - depressiya, ruhiy tushkunlik. Inson borki, hayotida kayfiyati tushib, qayg‘uga botgan vaqtlari bo‘ladi. Depressiya odatda kuchli, maqsadga intiluvchan, biroq hissiyotga beriluvchan odamlarda ko‘p uchraydi. Ularning depressiyaga tushishdan oldingi hayoti o‘rganilganda, quyidagi xususiyatlar aniqlangan: depressiyaga uchragan shaxsning o‘ziga xos dunyoqarashi bo‘ladi, ular atrofdagi voqealarni o‘z dunyoqarashidan kelib chiqqan holda tahlil qiladigan va hissiyotga beriluvchan shaxsdir. Ular ko‘pincha, hayotdan qoniqmay yashashadi, erishgan yutuqlari ularni qoniqtirmaydi, o‘z faoliyatiga tanqidiy munosabatda bo‘lishadi. Bu odamlar faqat marrani egallash uchun yashaydilar. SHu bilan birga boshqalar, masalan, hamkasblarining xatolarini topish va maslahat berib yurishni xush ko‘rishadi. Agar uning xatosini ko‘rsatishsa, bundan qattiq aziyat chekadi va shu odamni yoqtirmay qoladi. Download 154 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling