I-bob. Depressiya muammosining psixologik tadqiqi


Download 154 Kb.
bet5/9
Sana25.04.2023
Hajmi154 Kb.
#1396754
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi Depressiya etiologiyasi klinikasi va diognistikasini Gullola

Ruhiy-hissiy buzilishlar:
-Oʻz- oʻzidan qoniqmaslik;
-Tushkun kayfiyatda yurish,umidsizlik;
-Aybdorlik hissi, oʻzini doimo ayblaverishlik;
-Uyqu buzilishi;
-Doimo havotirda yurish, yomon voqealarni kutib yashash.
Depressiya oqibatlari tavsifi.
- bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tananing turli joyida og‘riqlar;
- ishtahaning buzilishi (kuchayishi yoki kamayishi);
- qabziyat, ba’zi hollarda ich ketish
- libidoning pasayishi, hayz ko‘rishning buzilishi, amenoreya
Xulq-atvordagi oʻzgarishlar
-Ichkilikka yoki turli farmakologik dorilarga ruju qoʻyish;
-Oʻz joniga qasd qilishga urinish;
-Qaysarlik,oʻjarlik;
-Hech qanday faoliyatga qiziqmaslik;
-Yolgʻizlikka intilish, birovlar bilan muloqotdan qochish;
-Oʻyin - kulgi va koʻngil ochar joylardan qochish.
Shuningdek kognitiv buzilishlar ya’ni,
- fikrini bir joyga jamlay olmaslik, parishonxotirlik, xotira pasayishi;
- fikrlar inertligi;
- o‘zini, dunyoda bo‘layotgan voqealarni, kelajakni faqat yomon fikrlar bilan o‘ylash;
- bir qarorga kelishning qiyinligi; kabilar kuzatiladi.
Affektiv buzilishlar klinikasida depressiv epizodlar (kattadepressiya, unipolyar yoki monopolyar depressiya, avtonom depressiya) alohida o‘rin kasb etadi. Shuningdek, ushbu tasnifda nopsixotik shaklga ega affektiv buzilishlar ichida “Stress bilan bog‘liq nevrotik va somatik buzilishlar” hamda “Aralash xavotirli va depressiv buzilishlar” farq qilinadi.
Agar xavotir va depressiya belgilari birgalikda namoyon bo‘lsa-yu, biroq vegetativ buzilishlar utsunlik qilsa, unda depressiyaning yengil turi haqida so‘z ketadi. Bunday holatni mutaxassislar “Xavotirli depressiya” deb atashadi. Agar vegetativ buzilishlar "va depressiya belgilari bir xil tarzda namoyon bo‘lsa, “Aralashgan xavotirli- depressiv buzilishlar” tashxisi qo‘yiladi. Bo‘larning ichida depressiv epizod, odatda, to‘la tuzalish bilan yakunlanadi, biroq, ba’zi bemorlarda vegetativ belgilar uzoq davom etadi. Tuzalgan bemorlarning 30 foizida depressiya qaytalanishi mumkin. Bunday paytlarda rekurrent (takrorlanuvchi) depressiv buzilishlar haqida so‘z
Depressiya bilan og‘rigan bemorlarga dunyoni va atrofda bo‘layotgan voqealarni negativ tarzda qabul qilish, o‘zining hayotda tutgan o‘rnini pessimistik ruhda baholash, o‘zini hech kimga keraksizdek his qilish o‘ta xosdir. Ular doimo xavotirda yashashadi, hech qanday faoliyatga qiziqish bo‘lmaydi, atrofdagi o‘yin-kulgilarga va yaqinlarining taqdiriga e’tibor ham qilmaydi. Ular doimo xo‘rsinib yuradi, ularni chalg‘itish uchun biror-bir ishga majburlash mumkin, biroq, uni hech qanday e’tiborsiz bajaradi va bemorning kayfiyati ko‘tarilishiga bu ta’sir qilmaydi. Bemorlar uxlay olishmaydi yoki faqat uyqu bosaveradi, yomon tushlar ko‘rib chiqadi. Ular turli-tuman bo‘lib, bemor tushida birovlarni bo‘g‘ib o‘ldirib yuradi, pichoqlaydi, olamdan o‘tgan yaqinlami va qonli voqealarni ko‘p ko‘radi. Bunday tushlar bemorlar kayfiyatini yanada tushiradi va ahvolini og‘irlashtiradi.
Depressiya kayfiyat buzilishi deb tasniflanadi. Bu insonning kundalik faoliyatiga xalaqit beradigan xafalik, yo‘qotish yoki g‘azab hissi kabi ta’riflanishi mumkin. Bu juda keng tarqalgan. 20 va undan katta yoshdagi amerikalik kattalarning 8,1 foizida 2013 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan har qanday 2 haftalik davrda depressiya bo‘lgan.
Depressiya — o‘ziga ishonmaslik ruhidagi g‘amginlik, tushkunlik kayfiyati, umidsizlik, tasavvurlarning bir qolipga tushib qolishi, xohish-itsakning kamayishi,harakatlarning chegaralanishi bilan ifodalanadi.
Ko‘pgina ruhiy kasalliklarda kuchli depressiya kuzatiladi. Surunkali o‘ta toliqish, ruhiy ozor yetkazadigan sharoit, g‘am-g‘ussalar depressiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Depressiya alomatlari turlicha namoyon bo‘ladi. Ba’zi turlarida insonning fikrlashi, savollarga javob qaytarishi, ba’zan hatto harakat qilishi qiyinlashadi. Bemor g‘amgin ko‘rinadi, ayni vaqtda ishtahadan qolishi kuzatiladi, ozib ketadi, yurak urishi va qon bosimi sezilarli o‘zgaradi, boshi o‘riydi, qabziyat bo‘ladi, terisi qurishib qoladi yokitanasini ter bosadi. Bu vaziyatda ayollar hayz ko‘rmay qo‘yadi. Uyqusi buziladi, ish qobiliyatining pasayishi juda ham sezilarli darajaga etadi. Depressiyaning ba’zi turlarida bemor o‘zini irodasizlikda ayblaydi, kasallikka, azob uqubatlarga duchor bo‘ldim deb fikrlaydi, o‘z oilasi uchun keraksiz kishi, gunohkor deb hisoblaydi va hokazolar shular sirasidandir. Depressiya holati moddalar almashinuvining buzilishi va endokrin kasalliklar bilan birga kechadigan holat sanaladi.
Depressiya bo‘lgan kishi o‘zini o‘zi o‘ldirishga urinishi mumkin, shuning uchun bemorga ko‘zquloq bo‘lib turish darkor. Davo choralari kasallik alomatlariga qarab qo‘llaniladi. Ko‘pincha depressiya deb ataladigan depressiv buzilish murakkab holat. Bu g‘amgin bo‘lishdan yoki shunchaki qiyin davrni boshdan kechirgandan ko‘ra murakkab jarayondir. Depressiya haqida ko‘plab ma’lumotlar bersak bo‘ladi masalan, bu omillar kombinatsiyasi tag‘sirida bo‘lgan va jiddiy qabul qilinishi kerak bo‘lgan haqiqiy ruhiy kasallik deya qarasak mushohada bo‘lmaydi. To‘g‘ri tarkibiy qismlar kimdir uchun birlashganda, depressiya alomatlari boshlanadi va davolanmasa, halokatli yakun topishi mumkin.
Depressiv davrlarda odamlarda achinish, uyqusizlik yoki energiya yetishmovchiligi kunlar, haftalar yoki oylar davom etishi mumkin. Odamlar uxlash,ovqatlanish yoki gigiena tartib-qoidalarida o‘zgarishlarga duch kelishlari mumkin va do‘stlar bilan uchrashishni yoki ishga ketishni to‘xtatishlari mumkin.
SHuningdek, ular ilgari yoqadigan narsalar, masalan, sevimli mashg‘ulotlariga qiziqish bildirmay qo‘yishi kuzatiladi. Bag‘zan, depressiv davrni boshdan kechirayotgan shaxs o‘zlarini umidsiz his qilishlari mumkin yoki hayot endi o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylashlari mumkin bo‘lgan yashashga loyiq emas insondek tasavvur qla boshlaydi. Bunday kasallikka chalingan odamlarda o‘z joniga qasd qilish haqidagi o‘ylar miyyasini qamrab oladi. O‘z joniga qasd qilish to‘g‘risida qo‘shimcha mag‘lumot olish uchun hattoki kinofilmlardagi holatlarni ko‘z o‘ngidan o‘tkazadi. Depressiya
odamlarga turlicha ta’sir qilishi mumkin, ammo odatda alomatlar sizning his-tuyg‘ulariga, fikrlashiga va kundalik hayotdagi harakatlariga ta’sir etib boradi.
Xulosa qilib aytganda, xulq-atvor va kognitiv-xulq-atvor modellari ruhiy buzilishlarni shu qadar qoniqarli tushuntirishni taqdim etadiki, bugungi kunda psixologiya mutaxassislari uchun muammo u erda ma’lumotni kamroq ilmiy asoslarga ega bo‘lgan ba’zi boshqa nazariyalar kabi bir xil ishtiyoq bilan olishdir.


Download 154 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling