I-bob. Depressiya muammosining psixologik tadqiqi
Download 154 Kb.
|
Kurs ishi Depressiya etiologiyasi klinikasi va diognistikasini Gullola
Depressiya - surunkali kechuvchi patologik holat bo’lib, aksariyat hollarda, somatik buzilishlar bilan namoyon bo’ladi.
1.2 . Psixologiyada depressiya muammosining nazariy tahlili Depressiya, asosan, o‘tkir va surunkali ruhiy jarohatlardan keyin paydo bo‘ladi. Ba’zan hech qanday sababsiz rivojlanadi, bunday paytlarda depressiyaga nasliy moyillik haqida so‘z ketadi. Depressiya og‘ir va uzoq davom etuvchi somatik kasalliklar bilan og‘riydigan bemorlarda ham rivojlanib, somatik kasalliklar kechishini og‘irlashtirishi mumkin. Depressiya ba’zan uzoq vaqtli remissiyalardan keyin takrorlanib turishi mumkin. Davolanishdan qat’i nazar, yillab davom etadigan depressiyalar ham bo‘ladi, bunday paytlarda uning og‘ir turi haqida so‘z yuritiladi. Somatik simptomlar utsunlik qiluvchi yoki ruhiy-hissiy buzilishlarsiz faqat somatik simptomlar bilan kechuvchi depressiyalar ham mavjud. Bunday hollarda diagnozni to‘g‘ri aniqlash ancha vaqtni talab qiladi, ba’zan u aniqlanmay qoladi. Depressiyaning kelib chiqishida tibbiy-psixologik omillardan tashqari, ijtimoiy va biologik omillarga ham katta urg‘u beriladi. Biologik omillardan, avvalambor, miyada mediatorlar (serotonin, noradrenalin, atsetilxolin va h.k.) almashinuvi buzilishiga katta e’tibor qaratiladi. Depressiyani erta aniqlash o‘ta muhim muammolardan biridir. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, depressiya bilan og‘rigan bemorlarning 80 % umumiy amaliyot shifokorlariga va 20 % yaqini psixiatrlarga murojaat qiladi, holos. Depressiyaning ana’naviy tasnifiga binoan uning kelib chiqisliiga qarab psixogen, konsitutsional, endogen, va somatogen (organik) turlari farq qilinadi. Ularning klinik ko‘rinishlari ham bir-biridan biroz farq qiladi. Kasalliklarning 10-xalqaro tasnifiga binoan ruhiy va xulq-atvor buzilishlari sindromal prinsipga asoslanib tuzilgan. Bunda asosiy urg‘u kasallikning klinik manzarasiga qaratiladi. Depressiya aksariyat hollarda bemorlar tomonidan ham, yaqinlari tomonidan ham, ba’zan vrachlar tomonidan ham yomon xulq- atvoming bir ko‘rinishi sifatida qabul qilinadi va shu sabablarga ko‘ra, vaqtida aniqlanmay qoladi. Psixosomatik buzilishlar bilan namoyon bo‘ladigan depressiya ham o‘z vaqtida aniqlanmay “ichki kasalliklar” diagnozlari qo‘yiladi. Depressiya - faqat kayfiyatning tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan holat emas, balki bir nechta simptomlardan iborat kasallikdir. Bu kasallikni erta aniqlash va davolash muolajalarini erta boshlash bemorning depressiyadan tezda chiqib ketishiga yordam beradi. Ba’zan bemorlar “Depressiya” diagnozi aniqlangandan so‘ng ham vrachga yoki psixologga murojaat qilmasdan yurishadi. Buning sabablari turlichadir: qarindosh-tuqqanlardan, hamkasblardan, qo‘ni-qo‘shnilardan uyalish; psixiatr yoki psixonevrolog nazoratida qolib ketishdan qo‘rqish; ishdan haydalishdan yoki ishga qabul qilinmaslikdan qo‘rqish, tuzalib ketishiga ishonmaslik, psixotrop dorilarni qabul qilishdan qo‘rqish va boshqalarni misol keltirish mumkin. Depressiyaning klinik manzarasi turli-tuman bo‘lib, ruhiy-hissiy, somatik, xulq-atvor va kognitiv buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi. Ularni shartli ravishda quyidagicha ajratib chiqish mumkin. Download 154 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling