I bob. Deviant xulq-atvor psixologiyasi
Agressiya va delinkvent xulq-atvor
Download 250.68 Kb.
|
1 (1)
5.4. Agressiya va delinkvent xulq-atvor
Agressiya va delinkvent (huquqqa yoki qonunga qarshi) xulq-atvor o‘zaro bog‘liqligi haqidagi ma’lumot shubhasiz to‘g‘ri. Haqiqatdan, huquqbuzar harakatlar ko‘p holatlarda agressiv harakatlar bilan birga kuzatiladi. Bular g‘arazli jinoyatlar bo‘lishi mumkin, ularda agressiya instrumental xarakterga ega, yohud qandaydir maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi (yashash maydonini egallash uchun qotillik sodir etish, o‘g‘rilik sodir etishda jismoniy zo‘rlash, pul olish maqsadida qo‘rqitish). Boshqa zo‘ravonlik jinoyatlarida dushmanlik xulq-atvori namoyish etiladi. Zo‘rlash – agressiv xulq-atvorning eng xavfli shakli sifatida qonun bilan ta’qiqlangan va davlat tomonidan nazorat qilinadi. Shaxsning delinkvent xulq-atvori va agressiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ma’nosi bir hil emas. Qonunlarni buzish darajasiga yetgan agressiv xulq-atvor, eng avvalo taqlid qilish natijasi bo‘lishi mumkin. Taqlid qilish namunalari sifatida qarindoshlari, tengdoshlari, boshqa ahamiyatli insonlar chiqishi mumkin. Agressiv xulq-atvorni qo‘llashda delinkvent submadaniyat alohida ahamiyatga ega. Asotsial guruh, uyushgan jinoiy guruh, jazoni ijro etish muassasalari – bu ijtimoiy institutlar mustahkam agressiv xulq-atvorni shakllantiradilar. Boshqa vaziyatlarda huquqbuzar agressiv xulq-atvor nevrotik shartlangan bo‘lishi mumkin, masalan, agar u kuchli xavotir va anglamagan aybdorlik hissiyoti bilan motivatsiya qilinsa. Huquqbuzar harakatlarga moyillik shaxsning jamiyatga qarshi yo‘naltirilishida ham kuzatiladi, shaxs uchun boshqa insonlarga nisbatan dushmanlik munosabati hayot tarzi hisoblanadi. Agressiv xulq-atvorning keyingi shakli asab tizimining organik buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday huquqbuzarda affekt natijasida zo‘rlashga moyillik mavjud, kechinmalarida to‘xtab qolish, impulsivlik yoki intellektual pasayish. Alohida (kam sonli) huquqbuzarlar guruhini − psixotik kasallar tashkil etadi, ularning kasallik ahvoli agressiyaning kutilmagan motivatsiyasisiz portlashlari bilan kuzatiladi (bu esa kamdan-kam ularning jamiyatga qarshi yo‘naltirilganligi bilan bog‘liq). Amaliyotda, masalan javobgarlik darajasini va jazolash turini aniqlash uchun, agressiv xulq-atvorning patologik va patologik bo‘lmagan shakllarini farqlash muhimdir. Patologik bo‘lmagan shakli, odatda, qo‘pol bo‘lmagan xulq-atvor buzilishlari va yaxshi sharoitda o‘rnini to‘ldirish qobiliyati bilan tavsiflanadi. Masalan, o‘smirlarning agressiv xulq-atvori yoshi bilan bog‘liq reaksiyalar xarakteriga ega bo‘lishiva umuman olganda atrofidagilari bilan o‘zaro munosabatlarini buzmasligi mumkin. Patologik agressiya esa aksincha, zo‘ravonlik xulq-atvor tarkibining sifatli o‘zgarishlari bilan bog‘liq, psixik faoliyat va uning dinamikasining kasallik o‘zgarishlari bilan shartlangan bo‘ladi. Patologik o‘zgarishlarning quyidagi belgilarini ajratish mumkin: emotsional sohada agressiv xulq-atvordagi o‘zgarishlari va affektiv-jahl reaksiyalarining paydo bo‘lishi bilan; agressiv xulq-atvor muhim qasd olish g‘oyalari, nafrat va ranjitish bilan; sadistik agressiya – uning asosiy belgisi, qiziqishlar sohasida buzilishlar, xususan, boshqa insonni ma’naviy azoblash yoki jismoniy og‘riq yetkazish holatidan ijobiy emotsiyalar olish (huzurlanish yoki lazzatlanish). Masalan, patologik agressiya vaziyatida oddiy tanqidiy tanbeh jahlning shunday darajasini keltirishi mumkinki, bunda inson ongi buziladi va u hech narsani bilmagan holda qotillik sodir etadi. Agressivlikning alohida holatini ko‘p seriyali va tashqi umuman motivatsiya qilinmagan huquqbuzar harakatlari namoyish etadi. E.Fromm fikricha, ular jahldor fe’l-atvor va sadistik vaxshiylikga ega, to‘satdan paydo bo‘ladi va atrofdagilar va yaqin insonlar uchun kutilmagan bo‘ladi. Muallif fikricha, agressiyaning bunday shaklining, ochiq biologik yoki iqtisodiy sabablari yo‘q va insoniyat uchun real muammoni tashkil etadi. A.Bandura va R.Uolter agressiyaning huquqbuzar tabiati haqida muammoni yechimini topishga intilib, mustahkam jamiyatga qarshi xulq-atvorga ega o‘smirlarning tiklanishining ijtimoiy sharoitlari va shaxsiyat xususiyatlarini tadqiq etganlar. Mualliflar fikricha, asotsial agressiyaga ega o‘smirlar o‘zining ijtimoiy mustahkam tengdoshlaridan tubdan farqlanadi. Ular tez-tez va bevosita o‘z agressiyalarini namoyish etadilar (ayniqsa uyda). Mualliflar tahmin qilishicha, o‘g‘il bolalarda ota bilan pozitiv munosabatlarni o‘rnata olmaslik - jamiyatga qarshi yo‘naltirish shakllanishining hal qiluvchi omillaridan biri. Qonunbuzar agressiv o‘smirlar atrofdagilarga ishonmaydilar, emotsional qaramlikka tushadigan vaziyatlardan qochadilar. Ular tengdoshlari bilan yaxshi munosabatda bo‘la olmaydilar, ko‘pincha jinsiy aloqa va agressiyani qo‘shadilar, agressiv xulq-atvorlari uchun umuman aybdorliklarini sezmaydilar. Ular ko‘pgina odatlari bilan kichkina bolani eslatadilar, kichkintoylarning impulslari ichki emas, balki tashqi chegaralanishlariga bo‘ysinadi. Bunday o‘smirlar amalda o‘zlariga zarar yetkazadilar, chunki o‘z harakatlari natijasida yaqinlikdan mahrum bo‘ladilar va hukumat organlari vakillarining qattiq nazoratiga tushib qoladilar, ularga nisbatan na hurmat, na ishonchlari bor. Shunga qaramasdan qattiq chegaralangan tashqi nazorat sharoitida ham, ular o‘zlarini ozodlikda bo‘lganlaridan ham ko‘proq, qulay sezadilar. Takroriy va jiddiy jazolanishiga qaramasdan, jamiyatga qarshi agressiv xulq-atvorni yo‘qotish qiyin ekanligi haqida ma’lumot, ko‘pchilik tadqiqotchilarni, bunday huquqbuzar amalda tajribadan o‘rganish qobiliyatiga ega emas,- degan xulosaga olib keladi. Ehtimol bu, jazolash hech qachon tezkor amalga oshirilmaydi va umuman bo‘lmasligi bilan bog‘liq. Agressiya (jinoyat) jazosiz qolishiga ishonch jamiyatga qarshi xulq-atvorni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Shunday qilib, agressivlik va delinkventlik o‘zaro chambarchas bog‘liq ekan. Umuman olganda agressiv asotsial xulq-atvor jamiyatning mustahkam negativ munosabatiga uchraydi va shaxs bilan uning atrofidagi insonlar o‘rtasida jiddiy to‘siq bo‘lib keladi. Tan olish kerak, bir qator sabablar tufayli agressiv xulq-atvori ifodalangan shaxsga ijtimoiy ta’sir o‘tkazish odatda samarasiz bo‘lib chiqadi. Agressiya chuqur biologik va ijtimoiy ildizlari mavjudligi sababli, agressiv xulq-atvorni yo‘q qilib bo‘lmaydi. Faqatgina bir necha pog‘onada – oila, jamiyat, kichik guruhlar, shaxsning o‘zi - samarali ijtimoiy nazorat tizimini yaratish orqali uning namoyishlarini kamaytirish zarurligi haqida gapirish mumkin. Download 250.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling