I bob. Deviant xulq-atvor psixologiyasi


Download 250.68 Kb.
bet3/28
Sana06.02.2023
Hajmi250.68 Kb.
#1169253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
1 (1)

Nazorat savollari:

  1. “Axloq” atamasining mazmunini ochib bеring va inson axloqining asosiy tavsiyanomasini sanab o‘ting.

  2. “Og‘ishgan xulq” tushunchasini ta’riflashning mеzonlari qanday?

  3. “Shaxsning moslashmaganligi” tushunchasining ahamiyatini ochib bеring.

  4. “Og‘ishgan xulq” va “patologik axloq” tushunchalarining o‘xshash va farqli tomonlari nimada?

  5. Moslashmaganlikning ijtimoiy va individual ko‘rinishlari qaysilar?

  6. Autodеstruktiv axloqni izohlab bering?

  7. Xaraktеr aksеntuatsiyasi deganda nimani tushunasiz?

  8. Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va fanlar tizimida tutgan o‘rnini tushuntirib bering.



IJTIMOIY ME`YORLARNING SHAXS XULQ-ATVORIGA TA‘SIRI
Tayanch tushunchalar: Ijtimoiy norma jamiyatdagi tarixiy shakllangan xulq-atvor me’yori sifatida. Inson va jamiyat uchun ijtimoiy normalar ahamiyati. Ijtimoiy normalar funkstiyalari. Ijtimoiy normalar klassifikastiyasi. Normaning morfologik tuzilmasi: dispozistiya va imperativ. Ijtimoiy normalar aksiologiyasi. Norma inson xulqi va munosabatlarini boshqaruvchi sifatida. Shaxs va ijtimoiy normalar.


2.1. Ijtimoiy me‘yor haqida tushuncha
Bugungi kunda deviant xulq-atvor muammosi sotsiologiya, psixologiya, tibbiyot fani sohalarning tadqiqot ob’ektiga aylangan. Deviant xulq-atvor asosan ijtimoiy muhitda shakllanadi, ijtimoiy muhit normalari asosida tartibga solinadi. Muammoni o‘rganishda alohida e’tibor qaratsak, asos me’yor (ijtimoiy me’yor) termini o‘zagini tashkil etadi. Me’yor xulq-atvorni tartibga soladi va ijtimoiy nazoratni amalga oshiradi. Bunda faqatgina fikr emas, iroda ham ifodalanadi. Irodaning individual ifodalanishidan farq qilib, me’yor tipik ijtimoiy aloqalarni ifodalaydi. Me’yor g‘oyalar, ideallar kabi baholab, yo‘naltirib qolmaydi, balki, buyruq, farmoyish ham beradi. Uning xarakterli xususiyati qat’iylik va keskinlik hisoblanadi. Ijtimoiy me’yor boshqa qadriyatlar kabi shaxs va umumiylikni baholash funksiyasini bajaradi. Ijtimoiy me’yor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy me’yorning bir necha turlari mavjud bo‘lib, huquqiy, axloqiy, diniy hamda urf-odatlarga oid me’yorlar shular jumlasidandir. Ijtimoiy me’yorning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan me’yorga moslashtirib borilgan shaxslar umumjamiyat tomonidan qabul qilingan tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi. Jamiyat taraqqiy etib borgan sari o‘rnatilgan me’yorlar ham eskirib boradi va yangi me’yorlar o‘rnatiladi. Yangi me’yorlarni o‘rnatish jarayoni jamiyatda o‘rnatilgan mavjud me’yorlar doirasini kengaytirish va o‘zlashtirishdan iboratdir. Jamiyat a’zolarni mazkur ijtimoiy me’yorlarga amal qilib yashashlarini nazorat qilib boruvchi institutlar ijtimoiy nazorat institutlari deyiladi. Ushbu institutlarga oila, maktab, mahalla, huquqni muhofaza qilish organlari va hokozolar kiradi. Insonlar bolalarga ijtimoiy me’yorlarni o‘rgatib borish bilan birga, xulq-atvor me’yoriy talablarning to‘g‘ri bajarilishni nazorat etishadi va bu bilan ijtimoiy nazorat vakili vazifasini bajaradi. Nazoratni yakka shaxs amalga oshirsa, bu individual tavsifga ega bo‘ladi, agar butun bir jamoa, oila, do‘stlar, maktab, mahalla (qo‘ni-qo‘shnilar) tomonidan amalga oshirilsa, ijtimoiy tavsif ega bo‘ladi, hamda u ijtimoiy nazorat deyiladi. Ijtimoiy nazorat vakillari insonlar xulq-atvorini boshqarishning eng muhim vositasi bo‘lib, deviant xulq-atvorning oldini olishda ham ushbu jamoalarning o‘rni katta bo‘ladi. Inson tarbiyasidagi eng birinchi muhim nazorat instituti bu − oiladir. Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishda sog‘lom oila muhitining o‘rni kattadir. Afsuski, oramizda shunday insonlar ham borki, ular jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmasdan, balki unga to‘siq bo‘luvchi me’yordan og‘ish holatlarini yuzaga keltiradi. Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqish holatlari psixologiyada “deviantlik holati” undan tug‘uluvchi xulq-atvorni “deviant xulq-atvor” deb nomlanadi. Deviant xulq-atvor − jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yolariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki hatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘irlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, fohishabozik, o‘z joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi.



Download 250.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling