I. Bob. Diqqat muammosining psixologik nazariy asoslari
Diqqatning ko’chuvchanligi
Download 61.57 Kb.
|
diqqat kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diqqatning bo’linishi
Diqqatning ko’chuvchanligi – odamning diqqati har doim bir narsadan ikkinchi boshqa narsaga , ya’ni bir faoliyatdan boshqa bir faoliyatga o’tishini diqqatning ko’chishi hisoblanadi. Masalan : talaba o’quv faoliyati jarayonida diqqati darsni eshitishga qaratilgan bo’lsa , shu dars jarayonida yozishi ham, yokida fikr bildirishga ko’chirishi ham mumkin. Yokida maktab o’quvchilari bir fanni o’qishdan boshqa bir fani o’qishga qaratishi ham mumkin. Diqqatning ko’chirilishi ko’pincha qiyinchiliklar bilan amalga oshadi. Chunki inson diqqatini bir obyektdan boshqa bir obyektga o’tkazishda qiyin bo’lsa, unda u yangi ishga kirishib ketishi qiyin bo’ladi. Bu sabablardan biri – ketma – ket qilinadigan ish o’rtasida bog’liqlikning bor yoki yo’qligidir.agar bunday bog’liqlik bo’lmasa unda diqqatning ko’chishi tez va oson amalga oshadi. Aksincha bunday bog’liq bo’lsa unda diqqatning ko’chishi qiyin bo’ladi. Eng yaxshi diqqat albatta, bir faoliyatdan boshqa bir faoliyatga osongina ko’cha oladigan diqqat hisoblanadi. Bu xususiyati orqali insonlar atrof – muhitga tez moslasha oladidilar, yangi faoliyatini qiyinchiliklarsiz amalga oshiradilar. Bu esa insonning ishini tezroq va osonroq bajarilishini ta’minlaydi.
Diqqatning bo’linishi – bunda inson birgina narsaga emas, balki ikki va undan ortiq narsaga qarata olishimiz diqqatning bo’linishi hisoblanadi. Agar diqqatimiz faqat bir narsaga qaratilgan bo’lsa bunday diqqat konsentratsiyalashgan yokida to’plangan diqqat deb ataymiz. Bunga misol qilib: matematika fanidan misol yechayotganimizda , ma’ruza eshitayotganimizda diqqatimiz faqat bir narsaga qaratilgan bo’ladi. Agarda diqqat murakkab ish jarayonida o’zida ikki yoki uch narsaga qaratilgan bo’lsabunday diqqat bo’lingan diqqat hisoblanadi. Masalan: o’qituvchi dars o’tish jarayonida diqqatini o’quvchilarga ham, o’tayotgan mavzusisidagi ko’rgazmalariga ham, gaplashib o’tirgan o’quvchilarni kuzatishga ham qaratadi. Bunday diqqat diqqatning bo’linuvchanligiga misol bo’ladi.Shuni ta’kidlab o’tish kerakki ayrim insonlarda diqqatning konsentratsiyalashgani yaxshi rivojlangan bo’lsa boshqa insonlarda esa diqqatning bo’linganligi yaxshi rivojlangandir. Ammo bu xususiyatlarning hmassi insin faoliyat jarayoniga qarab amaliy ish jarayonida hosil bo’ladi Download 61.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling