Kiberxavfsizlik hodisalari vakolatli davlat organi yoki kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ishchi organning mansabdor shaxslari tomonidan tekshiriladi. Shuningdek, texnik imkoniyatlarga ega bo‘lsa axborot resursining o‘zi ham tekshiruv o‘tkazishi mumkin. Bunda u vakolatli organni natijalardan xabardor qilishi kerak (22-modda).
Shuningdek, qonunning oltinchi bobida muhim axborot infratuzilmasi obektlarining kiberxavfsizligini ta’minlash, ularni toifalashtirish va reyestrini yuritish, huquq va majburiyatlari hamda xavfsizlik talablariga doir normalar berilgan (25-31 moddalar).
Hujjatning yettinchi bobidan sohani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga doir normalar o‘rin olgan. Xususan, sohaga dor normativ-huquqiy bazani takomillashtirilib, kiberxavfsizlik sub’yektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash doirasida ularga soliq, bojxona imtiyozlari va preferensiyalar berilishi, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning mablag‘larini sohani moliyalashtirish uchun jalb qilishga sharoit yaratish belgilangan. (32-modda)
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.G‘aniev S. K. , Karimov M. M. , Tashev K. A. “Axborot xavfsizligi”. “Aloqachi” nashriyoti. Toshkent- «fan va tehnologiyalari»-2016.
2. G‘aniev S.K, Karimov M.M. Hisoblash sistemalari va tarmoqlarida informatsiya himoyasi: Oliy o‘quv yurt.talab. uchun o‘quv o‘qllanma.- Toshkent davlat texnika universiteti, 2003. 77 b.
3. Akbarov D.Y. “Axborot xavfsizligini ta’minlashning kriptografik usullari va ularning qo‘llanilishi”. “O‘zbekiston markasi” nashriyoti. Toshkent-2009.
4. Hasanov X.P. “Takomillashgan diamatritsalar algebralari va parametrli algebra asosida kriptotizimlar yaratish usullari va algoritmlari”. Toshkent -2008.
5. Kiberxavfsizlik asoslari. S.K.Ganiyev,A.A.Ganiyev, Z.T.Xudoyqulov 2020 yil 4 iyul – sonli bayonnoma.
Internet saytlar.
Ziyonet.uz
Hozir.org
Wikipediya
Do'stlaringiz bilan baham: |