I bob elektron biznes texnalogiyalari elektron biznes tizimlari
Download 30.53 Kb.
|
UMARJON B I
2.2. Multimedia qurilmalari
Multimedia qurilmalari - kompyuter yordamida musiqa va ovozli ma’lumotlarni ko’rsatishni ta’minlovchi qurilma. Bu qurilmalarga: kompakt disklarni o’quvchi qurilmalar (CD-Rom , CD-RW , DVD-ROM , DVD-RW), mikrofon, kolonkalar, ovoz kartalari kiradi. Disketa - ma’lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga o’tkazish uchun va ma’lumotlarni saqlash uchun yaratilgan dastlabki magnitli moslama. Multimediya vositalari Axborot tashuvchilar Yuqoridagi qurilmalardan tashqari kompyuterga planshetlar, plotterlar, djoystik, web kamera, raqamli fotoapparat, raqamli videokamera, raqamli audio va video qurilmalar, flesh xotira, televizion va radio tyunerlar kabi ko’plab qurilmalarni ulashimiz mumkin. Grafik tuzuvchilar (Plotter) Mamlakatimizda zamonaviy texnik vositalarning rivojlanishi jadallik bilan amalga oshirilmorda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi 230-sonli «2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish», shuningdek, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta‘minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari qabul qilindi. Oradan bir yil o‘tgach, 2002 yil 30 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni va uning ijrosini amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi «2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to‘g‘risidagi qarori e‘lon qilindi. Hozirda kompyuterlar bilan raqobatlasha oladigan darajada qo‘l telefonlari kuchayib ketdi. Ularda ham o‘zining maxsus operatsion tizimi, tezkor xotirasi, protsessori mavjud bo‘lib, foydalanuvchining doimiy yordamchisiga aylanib qoldi. Bularga misol qilib Blackberry, Apple iPhone, Samsung, HTC, ZTE, LG kabi yirik kompaniyalar ishlab chiqarayotgan smartfonlar va planshetlarni keltirishimiz mumkin. kserokslar noutbuklar netbuklar iPAD (planshetlar) Axborot komplekslarining dasturiy ta’minoti. Shxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismdan iborat. 1. Texnik ta’minot. 2. Dasturiy ta’minotlardir. Texnik ta’minot – bu komp’yuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir. Dasturiy ta’minot komp’yuterning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va komp’yuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan dasturlarni o’z ichiga oladi. Komp’yuterning texnik qismlari va dasturlar o’rtasidagi bog’lanish interfeys dab atalishni bilib olishmiz lozim. Komp’yuterni turli texnik qismlari o’rtasidagi bog’lanish – bu apparat interfeysi ya’ni texnik interfeys, dasturlar orasidagi o’zoro bog’lanish esa dasturiy interfeys deyiladi. Inson komp’yuterning dasturlari bilan va dasturlarni inson bilan o’zaro muloqati - foydalanuvchi interfeysi deyiladi. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin. 1.Tizimli dasturiy ta’minot. 2.Amaliy dasturiy ta’minot. 3.Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. 1. Tizimli dasturiy ta’minot – komp’yuter va komp’yuter tarmoqlarini ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. 2. Amaliy dasturiy ta’minot – bu, aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum masalalarni echishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir. 3. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Tizimli dasturiy ta’minot quyidagilarni bajarishga qaratilgandir: - komp’yuter va komp’yuter tarmog’ini ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash: - komp’yuter va komp’yuter tarmog’ini texnik qismini ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish: Tizimli dasturiy ta’minot ikkita qismdan iborat: 1. Asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot. 2. Yordamchi (xizmatchi) dasturiy ta’minot. Asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot – bu, komp’yuter ishini taminlovchi dasturlarning minimal to’plamidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi: 1. Operatsion tizim. 2. Tarmoq operatsion tizimi. Yordamchi dasturiy tam’inot - asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchning ish muhitini (interfeysini) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, komp’yuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi, arxivlashtirish va boshqa dasturlardir. TDT Asosiy DT Yordamchi DT Operatsion tizim Tarmoq OT Tashxiz dasturlari Arxivlash dasturlari Antiviruslar Tarmoq dasturlar Download 30.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling