I bob elektron biznes texnalogiyalari elektron biznes tizimlari


Download 30.53 Kb.
bet6/6
Sana16.06.2023
Hajmi30.53 Kb.
#1489418
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
UMARJON B I

2.3. Operatsion tizim (OT)
Operatsion tizim (OT)-komp’yuterni yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur komp’yuterni va uning qurilmalarini boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqatni ta’minlaydi ya’ni tashkil qiladi, bajarish uchun boshqa (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi. Drayverlar OT imkoniyatlarini kengaytiradi jumladan, komp’yuterning kiritish-chqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printer va boshqalar)ni boshqarishda yordam beradi. Hozirgi kunda ko’plab OT mavjud: - MS DOS, OS/2, UNIX, Windows 95,98,2000, Windows XP, Windows NT va boshqalar. Windows 95,98, Windows NT lar grafik interfeysli operatsion tizim hisoblanadi chunki ular foydalanuvch bilan grafik tasvirlar yordamida muloqat qilish imkonini beradi.
Tarmoqqa ulangan komp’yuterlarni yakka-hol va birgalikda ishlashni ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat operatsion tizim – tarmoq operatsion tizimi deb ataladi. U operatsion tizim tarmoq ichra muloqatlarni ayraboshlash, saqlash, qayta ishlash, qabul qilish, uzatish kabi xizmatlarni ko’rsatadi. Utilitlar – bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo’shmcha operatsiyalarni bajarishga yoki komp’yuterga xizmat ko’rsatishga (tashxiz, texnik va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo’ljallangan dasturlardir.
Amaliy dasturiy ta’minot (ADT) quyidagi dasturlardan iborat. 1. Muammoga yo’naltirilgan ADT. Unga quyidagilar kiradi. - buxgalteriya uchun DT; - bank axborot tizimlari; - soliq axborot tizimlari; - sug’urta axborot tizimlari; - personalni boshqarish DT; - jarayonlarni boshqarish DT va boshqalar. 2. Umumiy maqsadli ADT. Bular: - malumotlar bazasini boshqarish tizimlari; - matn muharrirlari; - grafik muharrirlari; - elektron jadvallar; - taqdimot qilish vositalari va boshqalar.
Ofis ADT- idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlavchi dasturlarni o’z ichiga oladi. Ularga: - rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar, bayonnomalarini, jadvallar tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar; - tarjimon dasturlar ya’ni ko’rsatilgan ma’lumotni qandaydir ko’rsatilgan tilga tarjima qiluvchi dasturlar; - malumotlarni skaner yordamida o’qiydigan dasturlar; - tarmoqdagi uzoq masofadagi abonent bilan foydalanuvchi orasidagi muloqatni tashkil etuvchi dasturlar; - komp’yuterli nashriyot faoliyatiga asoslangan kichik nashriyot tizimlari; - Mul’tmediya dasturiy vositalari; -Sun’iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to’rtta yo’nalishga bo’lish mumkin.
Ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvch tizimlar. Ushbu yo’nalish kompyuterda o’yinlarni (shxmat, shaska va h.k) avtomatik tarjima qilish dasturlarini yaratish bilan shug’ullanadi. 2.Bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar. Ushbu yo’nalishdagi muhum natijalardan biri ekspert tizimlarining yaratilishidir. 3.EXMlarning yangi avlodini yaratish. Bu yo’nalish sun’iy tafakkur mashinalarini yaratish muammolarini o’rganadi. 4. Intellektual robotlar. Bu yo’nalish intellektual (aqilli) robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug’ullanadi.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalariga dasturlar yaratish vositalari va CASE texnologiyalari kiradi. Dasturlar yaratish vositalari dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni o’z ichiga oladi. Bunga quyidagilar kiradi: - kompilyator va interpretatorlar; - dasturlar kutubxonasi; - turli yordamchi dasturlar. Kompilyator - dasturlash tilidagi dasturni mashina tilidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretatorlar yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturning bevosita bajarilishini ta’minlaydi. Disurlar kutubxonasi – oldindan tayyorlangan dasturlar to’plamidan iborat. Dasturlar yaratish vositalariga: Makroassembler MASM, Visual Cutt disurlar kutibxonasi Professional Editor kompilyatori, Visual Basic disurlar kutibxonasi va boshqalar.
Operatsion tizim turlari.
MS DOS oilasidagi operatsion tizimlar.
Bu oilaning birinchi vakili – MS DOS tizimi (Microsoft Disk Operating Sustem – Maykrosoft firmasining diskli operatsion tizimi) 1981 yil avgust oyida Bill Geys va Pol Allen tomonidan IBM PC paydo bo’lishi munosabati bilan yaratilgan.
MS DOS oilasining operatsion tizimlari bir vazifali bo’lib. Quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega:
-Kompyuter texnikasi texnik-apparat interfeys yordamida foydalanuvchi interfeys kiritadigan buyruq orqali amalga oshiriladi;
-Tizimni kompyuter texnikasi yordamida boshqa tizim elementlariga o’tishini soddalashtiradigan tuzilma mavjudligi;
-Operativ xotiraga kirish hajmining uncha katta emasligi (640 Kbayt).
OS/2 oilasidagi operatsion tizimlar. 1987 yili IBM va Microsoft firmasi tomonidan bir nechta masalalar yechishga qodir bo’lgan OS/2 operatsion tizim ishlab chiqiladi. OS/2 (Operating Sistem/2) ikkinchi avlod ko’p vazifali operatsion tizimdir. U IBM PS mos komputerlar uchun 32 razryadli grafir ko’p vazifali operatsion tizim sifatida bir nechta amaliy dasturlarni parallel ishni tashkil etish imkonini berib, bunda bir tizimni ikkinchisidan, operatsion tizimni unda ishlayotgan dasturlardan muhofaza qilishni ta’minlaydi.
UNIX oilasidagi operatsion tizimlar. Ular 32 razryadli ko’p vazifali ko’p (kishi) foydalanadigan operatsion tizimdir. UNIX ning kuchli tomoni shundaki, bitta tizimning o’zi turli komputerlarda ya’ni superkomputerdan to shaxsiy komputergacha foydalaniladi, bu hol tizimni bir mashina arxitekturasidan boshqasiga ham o’tkazish imkonini beradi.
Apple Macintosh deb nomlangan OT ham mavjud u shu nomli firma tomonidan bshlab chiqilgan kompyuterlarga o’rnatish uchun mo’ljallangan. Uning grafik imkoniyatlari juda qulay, lekin uning noqulay tomoni boshqa kompyuterlarga mos tushmaydi.
LINUX oilasidagi operatsion tizimlar. Bu operatsion tizim 1991 yil Xelsinkidagi Universitetlardan birida tahsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning disertatsiya ishi natijasida, UNIX operatsion tizimi asosida yangi operatsion tizimi yuzaga keldi.
WINDOWS OT turlari: Windows OTning avvalgi versiyalari Windows 3.0, Windows 3.1, Windows 3.11, Windows 3.12 asos sifatida MS DOS OTni qabul qilgan bo’lsa, Windows 95, Windows 2000, Windows XP, Windows 7 va Windows 8 lar o’zi mustaqil bo’lib, komputerda boshqa bir operatsion tizimning bo’lishini talab qilmaydi.

XULOSA
Biznes jarayonlarini tavsiflash juda oson. Ammo haqiqatning eng katta muammosi shundaki, mamlakatimizdagi har qanday korxonalarda turli xil ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirishga qiziqadigan odamni kamdan-kam hollarda topishingiz mumkin. Kichik va o'rta biznes xarajatlarni kamaytirish uchun uzoq vaqt davomida eskirgan usullardan foydalanishga harakat qilmoqda, G'arbda ular biznesning muvaffaqiyati uning ishidan maksimal natijalarni olishdan manfaatdor bo'lgan vakolatli yollangan menejerga bog'liqligini allaqachon tushunishgan.


Biznes jarayonlarini yaratish aniq tushunchani beradi: kim qaysi bosqich uchun javobgar, u qanday lavozimni egallaydi va nima qilishi kerak. Ushbu tuzilish ishlab chiqarishni tashkil qilishni shaffof qiladi va boshqarishni osonlashtiradi. Maqsad daraxtini xodimlarga etkazish orqali siz ularning ishlarining umumiy maqsadlarga qaratilganligini namoyish qilib, ularning g'ayratlarini oshirishingiz mumkin. Bundan tashqari, biznesni shu tarzda tashkil etish moliyaviy va vaqt resurslarining ortiqcha xarajatlarini aniqlashga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. Каримов И.А. Ўзбекистон келажаги буюк давлат. “Ўзбекистон”, 1992
2. Каримов И.А. Ислоҳотларни амалга оширишда қатъиятли бўлайлик. “Ўзбекистон”, 1996
3. «Иқтисодий информатика» С.С.Ғуломов ва бошқалар С.С.Ғуломовнинг умумий тахрири остида.-Т.: «Шарқ», 1999.- 546 б
4. “Ахборот тизимлари ва технологиялари”: Олий ўқув юртлари талабалари учун дарслик//Муаллифлар жамоаси: С.С.Ғуломов, Р.Х.Алимов, Х.С.Лутфуллаев ва бошк./; С.С.Ғуломовнинг умумий тахрири остида.-Т.: «Шарқ», 2000.- 592 б.
5. Аюпов Р.Х., Исмоилов С.И., Аюпов Х.Р. Хусусий компьютерларда ишлаш. “Microsoft Word 2000 матн муҳаррири”. – Т.: ТМИ, 2002. 124 бет
6. Марахимов А.Р., Раҳмонқулова С.И. “Интернет ва ундан фойдаланиш асослари.“ Ўқув қўлланма.-Т.:Тошкент давлат техника университети нашриёти, 2001.–176 б.
7. Ғуломов С.С. ва бошқалар. Ахборот тизимлари ва технологиялари – Т.: «Шарқ», 2000
8. Арипов М.М, Мухаммадиев Ж..У “Информатика ва информацион технологиялар”. Ўқув қулланма. Тошкент шахри, 2005 йил.
9. Макарова “ Информатика “ Тошкент ш 2005 йил.
10. Эрматов Ш “Шахсий компьютерларнинг операцион тизимлари,курилмалари ва воситалари”. Тошкент 2007 йил.
11. Симонович С.В. и другие. Internet – лаборатория мастера/ М, Издательство «АСТПресс», 2000
12. Острейковский В.А. Информатика. Учебник для ВУЗ-ов – М.: «Высшая школа», 1999
Download 30.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling