I bob elektron biznes texnalogiyalari elektron biznes tizimlari


Kompyuter texnikasining rivojlanish tendentsiyasi


Download 30.53 Kb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi30.53 Kb.
#1489418
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
UMARJON B I

2.1. Kompyuter texnikasining rivojlanish tendentsiyasi.
Axborot komplekslarining texnik ta’minoti o’z ichiga axborotni kiritish va qayta ishlash uchun mo’ljallangan kompyuter texnikasi, axborotlarni uzatish hamda almashishni ta'minlovchi aloqa kommunikatsiya asbob-uskunalari, axborotni qayta ishlovchi mutaxassislarni ishini avtomatlashtirishga mo'ljallangan tashkiliy texnik vositalarini o’z ichiga oladi.
Kompyuter texnikasining rivojlanish tendentsiyasi.
Kompyuter texnikasining rivojlanish tendentsiyalarini o’rganishdan oldin kompyuter o’zi nima degan savolga javob berishimiz lozim bo’ladi. Kompyuter bu- inglizcha so’zdan olingan bo’lib hisoblagich degan ma’noni bildiradi. Shuning uchun ham birinchi islab chiqilgan kompyuter texnikasini hisoblash texnikasi deb atashgan. Yillar davomida kompyuter texnikasi shakllanib borayotgan soha hisoblanadi. Jumladan 1623 yili nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan hisoblash mashinasi yaratildi. 1645 yili buyuk frantsuz matematigi Blez Paskal o’zining hisoblash mashinasini yaratdi.
1645 yil B.Pascal 2 ta amalni bajaradigan mexanik mashina yaratdi
1673 yil nemis matematigi Gotfrid Leybnits 4, ya’ni Slonimskiy tomonidan 4 arifmetik amalni bajaradigan va ildiz chiqaradigan hisoblash mashinasi yaratildi.
1623 yildan boshlab kompyuter texnikasi asta-sekin rivojlanib, hozirgi kunda murakkab tizimga ega bo’lgan vositaga aylandi. Fan va texnikada qilingan yutuqlar natijasida 1946 yilda birinchi “ENIAK” nomli elektron hisoblash mashinasi yaratildi. AQShdagi Pensilvaniya universitetida amerikalik olim Dj. Neyman (1903-1957) axborotlarni saqlash imkoniga ega bo’lgan elektron lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasini yaratdi. Bu kompyuter 18.000 ta elektron lampadan tuzilgan bo’lib, 30 tonna og’irlikka ega va 150 m2 xonani egallagan. 1951 yili Rossiyalik olim Lebedev rahbarligida elektron hisoblash mashinasi yaratilgan.
1673 yil G.V. Leybnis 4 ta amalni bajaradigan mexanik mashina yaratdi
Komp’yuterlarning rivojlanish tarixini 50-yillar boshlaridan boshlab, to hozirgi kunlarga qadar bir necha avlodlarni o’z boshidan o’tkazdi:
Komp’yuterlarning avlodlari quyidagilar :
1 – avlod komp’yuterlari elektron lampalar asosida ishlagan
2 - avlod komp’yuterlari diod va triod tranzistorlari asosida ishlagan
3 - avlod komp’yuterlari mikrosxemalar asosida ishlagan
4 - avlod komp’yuterlari integral mikrosxemalar asosida ishlaydi
1 – avlod kompyuterlari elektron lampalar asosida ishlagan
2 - avlod kompyuterlari diod va triod tranzistorlari asosida ishlagan
3 - avlod kompyuterlari mikrosxemalar asosida ishlagan
4 - avlod kompyuterlari integral mikrosxemalar asosida ishlaydi
Bugun kompyuterda hisoblash, yozish, o’qish, o’rganish, gapirish, saqlash, chizish, qayta ishlash, ma’lumotlarni saralash, musiqa yozish, axborotni olish va biror manzilga yuborish, taxrirlash, maketlar tayyorlash, audio va video yaratish, o’yin o’ynash mumkin. Uning imkoniyatlari kundan - kunga ko’paymoqda, shuning uchun u ishda, o’qishda, uyda va xatto dam olishda insonning eng ishonchli do’stiga aylanmoqda.
Kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari
Kompyuterlar xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to’rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, guruhlarga bo’lish mumkin: katta kompyuterlar, shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer), bloknot (notebook) kompyuterlar.
U quyidagi asosiy qurilmalardan iborat:
1. Tizimli blok - kompyuter ishini ta’minlaydi va boshqaradi. U quyidagi qismlardan tashkil topgan.
Bosh plata. Barcha kompyuter qismlari, asosiy va qo’shimcha qurilmalar ulanadigan maxsus plata.
Mikroprotsessor – kompyuterning eng muhim qismini mikroprotsessor tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan, hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma- mikroprotsessor deyiladi.
Bir so’z bilan aytganda, mikroprotsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko’rsatmalarni bajaradi. Hozirgi kunda mikroprotsessorning turli turlari mavjud: Intel, Pentium, Intel Seleron , AMDA
Tarmoq platasi - kompyuterni ichki mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beradi. Mahalliy tarmoq bir necha kompyuterni birlashtiradi va ma’lumot almashish imkonini beradi.
Video platasi-kompyuter xotirasidagi ma’lumotlarni monitorga uzatadi.
Ovoz platasi-ovozni uzatuvchi qurilma.
Elektr tokini kompyuter qurulmalariga bir xilda taqsimlash qurulmashi (blok pitanie).
Tezkor xotira - kompyuterning vaqtinchalik xotirasi, u kompyuter ishlayotgan paytda dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydigan qurilma. Kompyuter tezligi operativ xotira hajmiga ham bog’liq bo’ladi. Operativ xotira hajmi qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik kompyuter ko’p ma’lumotlar ustida turli amallarni bajara olish imkoniga ega bo’ladi. Kompyuter o’chirilishi bilan operativ xotira tozalanadi.
Tashqi xotira (vinchester) - ma’lumotlar doimiy saqlanadigan maxsus qurilma. Xotira hajm bilan o’lchanadi. Hajm ko’p bo’lsa, kompyuter shunchalik ko’p ma’lumotlarni saqlash imkoniga ega bo’ladi.
Doimiy xotira-kompyuterni doimiy ishlash uchun kerakli dasturlar saqlanadigan xotira qurilmasidir.
2.Monitor - kompyuterdagi ma’lumotlarni ekranda tasvirlovchi qurilma. Monitorlar oq-qora va rangli turlarga ega. O’lchami: 14, 15, 17, 19, 21 dyuym va hokazo. 15 va 17 dyuymli monitorlar kengroq tarqalgan. Katta ekranli monitorlar odatda grafika bilan shug’ullanuvchilar uchun qulaydir.
3.Klaviatura - foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo’ljallangan qurilmadir. Klaviaturaning umumiy ko’rinishi undagi tugmachalar soni va joylanishiga qarab turli xil kompyuterlarda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o’zgarmaydi.
Kompyuterning asosiy qurilmalari:
monitor
klaviatura
Tizimli blok yoki protsessor
Kompyuter qo’shimcha qurilmalari.
Printer - Printerlar kompyuterda olingan natijalarni va ma’lumotlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko’rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil bo’ladi: matritsali, purkovchi va lazerli.
Skaner - matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma.
Sichqoncha–kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali qurilmasi hisoblanadi. Sichqoncha yordamida ma’lumotni kompyuterga kiritish tezlashtiriladi va kompyuter bilan foydalanuvchi muloqoti engillashtiriladi.
Modem (faks-modem)- Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so’zlaridan olingan bolib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o’rnatishdir. U o’zining kommunikatsion programmalariga ega bo’lib, bu programmalar yordamida uzoq masofalarga ma’lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo’ladi.

Download 30.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling