I bob. Etnoarxeologiya fani haqida umumiy tavsif
Download 41.45 Kb.
|
ETNOARXEOLOGIYANING BOSHQA FANLAR O’RTASIDAGI O’RNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. ETNOARXEOLOGIYANING BOSHQA FANLAR O’RTASIDAGI O’RNI
MAVZU: ETNOARXEOLOGIYANING BOSHQA FANLAR O’RTASIDAGI O’RNI REJA: KIRISH I BOB. ETNOARXEOLOGIYA FANI HAQIDA UMUMIY TAVSIF Etnoarxeologiya fani haqida umumiy tavsif Etnoarxeologiya fanining vujudga kelishi tarixi II BOB. ETNOARXEOLOGIYANING BOSHQA FANLAR O’RTASIDAGI O’RNI 2.1 Etnoarxeologiyaning arxeologiya bilan o’zaro bog’liqligi 2.2 Etnoarxeologiyaning etnologiya va etnografiya va boshqa fanlari bilan aloqasi XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI KIRISH Milliy mustaqillik xalqimiz tarixida yangi uyg’onish davrini boshlab berdi. Rus chorizmi va totalitar tuzum illatlari va tazyiqidan xolos bo’lib, o’tmish tariximizni, ajdodlarimizning boy ilmiy-madaniy merosini yangicha ruh iftixor va shijoat bilan xolisona o’rganishga kirishdik. Barcha jabhada bo’layotgan islohotlar singari ma'naviy hayotimizda ham chukur hamda yangicha tafakkur asosida keng tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Birinchi prizidentimiz tarixchilar oldiga quygan eng dolzarb va ustivor vazifalar – milliy davlatchiligimiz tarixi va o’zbek xalqining etnogenezini tadqiq etishda etnografiya (etnologiya)- elshunoslik (xalkshunoslik) fanining o’rni beqiyosdir. Etnografiya va enoarxeologiya ko’p qirrali ijtimoiy fan bo’lib, uning asosiy tadqiqot ob'yekti millatlar, xalqlar va elatlar (etnoslar) hisoblanadi.1 XXI asr boshiga kelib jahon aholisi soni 7 mlrd.dan oshdi. O’tgan XX asr mobaynida dunyoning etnik qiyofasi, unda yashovchi xalqlarning taqdirida tub o’zgarishlar ro’y berdi. Birinchi va ikkinchi jahon urushlari millatlar taqdirida ayanchli iz qoldirdi. Hozirgi davrda jahonda fanga ma'lum ikki mingdan ortiq xalqlar va elatlar yashaydi. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda yer ko’rrasida etnoslarning soni 3-4 mingga yetadi. Shulardan 257 tasi bir million kishidan ortiq aholiga ega bo’lgan xalqlardan iborat bo’lib, ular jahon aholisining 96% ini tashkil qiladi. Eng kam sonli aholiga ega 1,5 mingga yaqin xalqlar dunyo aholisining atigi 1-2% ini tashkil qiladi. Dunyo aholisi 3 mingga yaqin tilda so’zlashadi. Sayyoramizning Avstraliya, Afrika, Amerika qit'alarida ibtidoiy jamiyat darajasida turgan urug’-qabilalardan tortib, katta-kichik xalq va elatlargacha mavjuddir. Albatta, ular ham sekinlik bilan qabilaviy tuzum sharoitidan bozor munosabatlari girdobiga tortilmoqda. Maʼlumki, “xalq” tushunchasi bir necha maʼnoga ega. Baʼzan oddiy tilda bir toʼp kishilarni yoki avomni xalq desak, baʼzan bir necha elat va millatlardan tashkil topgan davlat yoki mamlakat aholisini ham xalq deb ataymiz. Аslida “xalq” soʼzi arabcha “yaratmoq” demakdir. Lekin oʼzbek tilida bu soʼz muayyan ijtimoiy tarixiy birlikni anglatadi. Etnografiyada xalq maʼnosida “etnos” atamasi qoʼllaniladi. Etnoslar muayyan tarixiy davrning mahsuloti sifatida ayrim shaxs yoki kishilarning istagi bilan emas, balki obʼektiv tarixiy zaruriyat natijasida yuzaga keladi va rivojlanadi. Shuning uchun ham etnoslarning joylanishini, ularning mazkur mintaqa tubjoy aholisi (avtoxton yoki aborigen) ekanligini yoki boshqa yerdan koʼchishi (migratsiya) natijasida kelganligini aniqlashda etnograflar paleoantropologik maʼlumotlardan foydalanadilar. Ularning qaysi irqqa oid ekanligini aniqlashda antropologiya fani yordam beradi. Etnografiya “sof” irqlarni emas, balki tarix taqozosi bilan oʼzaro yaqinlashgan ijtimoiy birliklarni oʼrganadi. Аntropologiya esa u yoki bu xalqning, etnik birlikning jismoniy qiyofasini tipologik asosda tadqiq qiladi. Qadimdan xalqlar savdo-sotiq yoki urushlar tufayli bir-biri haqida aniqroq ma'lumotlarga ega bo’la boshlagan. Sharqda Bobil, Ossuriya, Eron xukmdorlari o’zlarini ulug’lash maqsadida toshga bittirgan zafarnomalarda bosib olingan va buysundirilgan mamlakatlar xalqlari haqida ko’plab ma'lumotlar qoldirgan. Qadimgi Gretsiya va Rim mualliflari o’z asarlarida qo’shni qabilalar va elatlarning etnik tuzilishi, turmushi va madaniyati to’g’risida boy ma'lumotlar qoldirishgan. Download 41.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling