I bob. Fanning kelib chiqish tarixi, uni o'qitishdan maqsad va o`qitish mеtоdlari
Download 66.45 Kb.
|
Tillaxodjayev Azamat «Chizmachilik» fanini o’qitishga yangi pedagogik
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. XOZIRGI ZAMON NOAN’ANAVIY TA’LIMI VA O’QITISHDA AN`ANAVIY DARSNING AFZALLIKLARI..…....21
- Xulosa………………………………………………………………….29
MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………3 I.BOB. FANNING KELIB CHIQISH TARIXI, UNI O'QITISHDAN MAQSAD VA O`QITISH MЕTОDLARI ……..............................….5 1.1. Fanning kelib chiqish tarixi va uni o'qitishdan maqsad................5 1.2. Chizmachilik darslarini o`qitish mеtоdlari……………………....…14 II.BOB. XOZIRGI ZAMON NOAN’ANAVIY TA’LIMI VA O’QITISHDA AN`ANAVIY DARSNING AFZALLIKLARI..…....21 2.1. Xozirgi zamon noan’anaviy ta’limi…………………….……….21 2.2. Chizmachilik fanini o’qitishda an`anaviy darsning afzalliklari…26 Xulosa………………………………………………………………….29 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………….......…31 KIRISH Kurs ishining dolzarbligi: “Tayyorlanayotgan mutaxassislarga real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi mavjud talabga alohida e’tibor bergan holda, o’sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, undan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, davlat standartlari, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish”, -degan edi Prezidentimiz “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida. Darhaqiqat, bugungi kunda ta’lim tizimini takomillashtirish uchun pedagog kadrlarning imkoniyatlarini oshirishga katta talablar qo’yilyapti. Interfaol ta’lim tizimini amalga oshirish jarayonida ko’ngildagidek o’qitish va tarbiyalash haqida gap borar ekan, bunday g’oyat murakkab va ko’p qirrali vazifani faqat yuksak malaka va pedagogik mahoratga ega bo’lgan o’qituvchi kadrlar bilangina amalga oshirish mumkinligini ta’kidlash lozim. Pedagogik mahorat tug’ma talant yoki nasldan-naslga o’tuvchi xususiyat emas, balki uning negizida izlanish va ijodiy mehnat yotadi. SHuning uchun ham pedagogik mahorat hamma o’qituvchilar uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir o’qituvchining o’z ustida izlanishi, ijodiy mehnati davomida tashkil topadi va rivojlanadi. Bu o’rinda ilg’or o’qituvchining pedagogik mahorati va tajribalarini boshqa o’qituvchi o’rganishi, undan ijodiy foydalanishi va o’z faoliyatini ilg’or tajribalar bilan boyitishi zarur. Ma’lumki, har bir millat tarix va zamon voqealarining faol ishtirokchisiga aylanar ekan, uning jahon tsivilizatsiyasi yoki mamlakatdagi mavqei va obro’– e’tibori doimo shu millatning salohiyati- aqliy, ma’naviy potentsialiga bog’liq bo’lib qoladi. SHuning uchun ham, mamlakat kelajagi uning ta’lim tizimining rivojlanganligi darajasi bilan belgilanadi. O’qituvining pedagogik mahorati, asosan, sinfda, auditoriya mashg’ulotlarida yaqqol ko’rinadi. CHunki o’quv mashg’ulotlari o’zining mazmun va mohiyatiga ko’ra o’qituvchining maktabdagi asosiy ishidir. SHuning uchun u ilmiy-g’oyaviy jihatdan yetuk va ommabop bo’lishi, turmush bilan, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasi bilan uzviy aloqador bo’lishi zarur. Ta’lim jarayonida o’qituvchi bilan o’quvchilar o’rtasida o’zaro jonli til muloqoti, fikr almashuv munosabatlari, samimiy hurmat va asosiy maqsadga erishishda yaqin hamkorlik lozim. Mazmuni sayoz, amaliy tajribadan, turmushdan ajralib qolgan, umumiy so’z, quruq nasihatgo’ylikdan iborat bo’lgan, rasmiyat uchun yuzaki o’tkaziladigan dars va boshqa o’quv mashg’ulotlari o’quvchilarni qiziqtirmaydi, ularni ilmiy, g’oyaviy jihatdan yetarli darajada oziqlantirmaydi. Download 66.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling