I bob. Futbolchilar tayorgarligini rivojlantirish
Download 176.41 Kb.
|
FUTBOLCHILAR TAYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH
II.BOB.FUTBOL SPORTI BO'YICHA MASHG'ULOTNI TASHKIL QILISH
2.1Bir yillik mashg'ulotni tashkil qilish xususiyatlari Zamonaviy futbol sportchilaming jismoniy sifatlariga, sog’lig’iga ruhiyatiga turli va yuqori talablar qo’yadi. Yosh futbolchilarni tanlashda ularning umumiy va mahsus qobilyatiga ahamiyat beriladi. Tahnik tayyorgarlik darajasiga, ya’ni “o’ynashni bilishiga” eng kam e’tibor qaratiladi. Bu mezon yosh futbolchining musobaqa tayyorgarligini hisobga olmaydi. Tadqiqotlarnning ko’rsatishicha, shunday bolalar borki, futbol bo’limiga kirganda tehnik va o’yin ko’rsatkichlari unchalik baland darajada bo’lmaydi, lekin jismoniy va psihologik omillari yuqori darajada bo’lganligi sababli, ularning texnik - taktik mahorati tez o’sadi. Birinchi tanlovda qo’llash mumkin bo’lgan kompleks ko’rsatkichlar mavjud.Bunga oltita test ko’rsatkichlari kiradi. Muhimi, ko’pincha tug’ma hisiblangan yugurish tezligi. Tezkorlik sifatlarini baholash uchun 30 metrga yugurish tavsiya qilinadi. Qobilyatni rivojlantirishda tezkorlik-kuch imkoniyatlari katta ro’l o’ynaydi. Buni yugurib kelib, ikki oyoqda depsingan holda yuqoriga sakrashning balandligi orqali baholash mumkin. Muhim sifatlardan biri bu epchillikdir. Uning 12-13 yoshdan keyin rivojlanishi qiyin bo’ladi. Tanlashda umumiy va mahsus epchillikni hisobga olish kerak. mahsus koordinatsiya dribbling orqali baholanadi (5 ta doirani aldab o’tish)eng muhim ruhuy sifatlardan biri o’yinni idrok eta bilish va mo’ljalga olishdir. Shunday qilib, birinchi bosqichda 6 ta test va ko’rsatkichlar o’yin paytida baholanadi. Bu tanlash dasturi 30-50 ta boladan kirish imtihonlarini qabul qilishga mo’ljallangan. Buning uchun tanlash jarayonini yahshi tashkil qilish kerak. Nazorat sinovlarini 4 ta stansiyaga bo’lib qabul qilish lozim. Birinchi stansiyada 30 metrga yugurish qabul qilinadi. Ikkinchisida - yuqoriga sakrash. . Shunday qilib, birinchi bosqichda 6 ta test va ko’rsatkichlar o’yin paytida baholanadi. Bu tanlash dasturi 30-50 ta boladan kirish imtihonlarini qabul qilishga mo’ljallangan. Buning uchun tanlash jarayonini yahshi tashkil qilish kerak. Nazorat sinovlarini 4 ta stansiyaga bo’lib qabul qilish lozim. Birinchi stansiyada 30 metrga yugurish qabul qilinadi. Ikkinchisida - yuqoriga sakrash. Uchinchi stansiyada umumiy epchillik baholanadi. To’rtinchisida to’p olib o’tishda diqqatni taqsimlash qobilyati baholanadi. O’yinni idrok etish (yoki fikrlash) ikki taraflama mini futbol o’yinini jarayonida aniqlanadi. Yosh futbolchilarning yiqqan ballari soni aniqlanib, ularning bahosi quyidagi baholash meyorlari jadvali orqali keltiriladi. Qabul imtihonlari natijalari tahlil qilinganidan song baholar e’lon qilinadi. Ijobiy baholarga erishgan bolalardan guruh tanlab olinadi. Ko’rsatkichlari yuqoriroq bo’lib, ammo sinovdan o’ta olmagan futbolchilar nomzodlar guruhiga olinishi mumkin. Ularga uy vazifasi yarim yilga yoki bir yilga beriladi, so’ngra ular qayta ko’rikdan o’tishlari mumkin. Shuning bilan birinchi bosqich yakunlanad Download 176.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling