I-bob. Futbolchilarni jismoniy tayyorgarligining axamiyati
II-BOB. FUTBOLCHILARNI TAYYORLASHDA TEXNIK-TAKTIK HARAKATLAR
Download 343 Kb.
|
Abdurashidov Shohruh Abdurashid o‘g‘li
II-BOB. FUTBOLCHILARNI TAYYORLASHDA TEXNIK-TAKTIK HARAKATLAR.
2.1. Futbolchilarni individual texnik-taktik harakatlarini aks ettiruvchi vositalar. Har bir o’yin o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bir o’yinda jamoa kuchli paqibga nisbatan maydonga tushsa, ikkinchi o’yinda jamoa kuchsiz raqib bilan baxs olib borshi va uchinchi o’yinda esa jamoa teng kuchga ega bo’lgan jamoa bilan musobaqalashishi mumkin. By holat esa futbolchilarni tayyorgarligiga ham ta’sir etadi. Bunday vaziyatda murabbiy o’z sho- girdlarini kuchi va bilimlarini to’g’ri baholashi, keyingi bo’ladigan o’quv-mashg’ulot jarayonini samaradorli bo’lishiga sababchi bo’ladi. Bu vaziyatda esa murabbiy o’z shogirdlarini tayyorgarlik darajasini ob’ektiv baholashi uchun musobaqa faoliyachini nazorat qilgan xolda o’zini qiziqtirayotgan ma’lumotlarni olishi mumukin. Musobaqa faoliyatini pedagogik kuzatuv metodlarida quyidagi parametrlarni baholashi mumkin: - Texnikani miqdori. Sportchi tomonidan o’yin davomida bajargan umumiy harakatlar soni, M.A.Godikning (1978-80) kuzatishlari shuni ko’rsatganki, yuqori malakali futbolchilarning umum jamoaviy TTX optimal miqdorlari 600-800 TTX tug’ri kelgan. Lekin bu ko’rsatkich qanday raqib bilan o’ynayotganligiga qarab o’zgarishi mumkin. Masalan kuchsizrok jamoaga qarshi o’ynalsa, bu ko’rsatkich o’z-o’zidan oshishi aniq. Chunki, asosan bunday vaziyatda o’yin tizginini o’z qo’liga olinadi, katta tashabbusga erishish yuli bilan to’p bilan muomila qilish vaqti ko’payadi va o’z-o’zidan ITTX miqdoriy ko’rsatkichlari o’sishi tabiiy. Aksincha bo’lishi ham mumkin. O’ziga nisbatan kuchli raqibga qarshi maydonga tushishganda aksari xollarda tashabbus boy beriladi, to’p bilan muomila qilish vaqti kamayadi va ITTX miqdoriy ko’rsatkichlari pasayib ketishi mumkun va 400-500 ITTX tashkil kilish mumkin. - Futbolchini texnik tayyorgarligini har taraflama ekanligi. - TTX samaradorligi. Bunda optimal variantga yaqin bo’lgan koeffitsient bilan aniqlaniladi. Musobaqa faoliyati vaqtida futbolchilarni TTX miqdori va samaradorligini baholash uchun quyidagi metoddan foydalanish mumkin: magnitafon yoki diktafondan foydalangan holda quyidagi texnik priemlarni yozib olinadi: - to’p uzatishlar (bular bo’lishi mumkun qisqa, o’rta va uzoq masofaga); - to’pni olib yurish; - to’pga ilgari ega bo’lish; - raqibni aldab o’tish; - bosh bilan o’ynash; - bosh bilan zarba berish; - oyoq bilan zarba berish; - standart vaziyatlarni bajarish. So’ngra olingan ma’lumotlarni mahsus jadvalga har bir futbolchiga tegishli bo’lgan kataklarga tushurishadi. Bu erda shuni takidlash joizki, turli chiziq (himoya, yarim himoya, xujum) o’yinchilariga optimal samaradorlik koeffitsienti turlicha buladi. Himoya chizig’idagi o’yinchilarni meyoriy koeffitsienti bu 0,85ni tashkil etish kerak. Yarim himoyachilardan bu ko’rsatkich 0,75% dan 0,85 % gacha tashkil etishi mumkin. Xujumchilarda esa 0,68 dan 0,75 gacha tashkil qilishi mumkin. Bu tafovutlarni quyidagicha ta’riflash mumkun. Himoyachilarda khpgina TTX o’z darvozalari yakinida bajarishadi va raqiblar bu zonada nisbatan kamrok qarshilik ko’rsatishadi aksincha xujumchilarni raqibning darvoza yaqinidagi harakatlari katta karshilik bilan kutib olinishi va bemalol to’p bilan xujumchilarga yo’l ko’yilmasligi bilan izohlaniladi. Xujumchilarga to’pni olib yurish, raqibni aldash, to’p uzatish (ayniqsa oldinga) harakatlari qiyin keladi. Shunday qilib bunday jadvallar har bir futbolchini va har bir TTX miqdori va samarasini ko’rish imkonini beradi. Keyingi bo’ladigan o’quv mashg’ulotlarda murabbiy olingan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda o’quv mashg’ulot mashqlarini tanlashi va ko’zga tashlanaqyotgan kamchilik va nuqsonlarni yo’kotishga harakat kilishi lozimdir. Jamoa o’yin harakatlarini takomillashtirishga, raqib bilan kurashayotganda, har bir futbolchi zimmasiga vazifani aniq taqsimlanishi orqali erishiladi. Futbolchini individual o’yini deganda, sheriklarini yordamisiz har bir o’yinchini raqibga qarshilik ko’rsata olishini har kanday ko’rinishini tushunmoq zarur. O’yin holatiga tez va tug’ri yunalish olishi lozim. Juda tez soniyalar ichida mazkur sharoitga maqbul keladigan taktik uslub va kombinatsiyalarni topa olish va ularni o’z vaqtiida bajarishga erishmog’i, ham raqibning, ham o’z sheriklarini niyatini o’z vaqtida anglab etishi lozim. Futbolchini harakatlari (to’pni uzatish, to’xtatish, olib yurish) va tashqi ta’sir etuvchilar ( sheriklar va raqiblar harakati, ) to’p harakati ham har doim ham bir xil bo’lmaydi. Futboldagi har bir harakatning tuzilishi , uni bajarish tezligi o’yindagi umumiy ahvol va o’yining biron bir fursatida o’yinchi bajarayotgan aniq vazifalarga ko’p jihatdan bog’lik. O’yindagi yuzaga kelgan va doim o’zgarayotgan sharoitga qarab futbolchilar harakati o’z yo’nalishi va yo’llari ham, alohida harakatlar tezligi ham, hamda shu bilan ushbu harakatlarni bir-biri bilan o’zaro qovushishi, davomiyligi, birini ikkinchisi bilan almashishi, ham juda o’zgaruvchan harakterga ega bo’ladi. Futbolchilarni o’yindagi harakatlarini turli ko’rsatkichlarini tadqiq etish niyatida ko’pgina futbol mutaxassislari zaxmat kechishgan. To’pni olib yurishda hajm ko’rsatkichlari futbolchilarning o’yini o’ziga xosligini aniq namoyon etadi. Masalan, markaziy himoyachilarning vazifasi yakka holatdami yoki zona kombinatsion himoya tashkil etish vositasidami, qanday bo’lishidan qat’iy nazar, raqibni xujum harakatlarini buzishdan iborat. Xujumni buzgach, to’pni egallab olib, o’yindagi vaziyatga qisqa fursatda baho berib, birinchi to’p uzatishdayoq shiddatli javob xujumini tashkil etishi kerak. Bunda havodagi va erdagi to’p uchun kurash, o’rta masofaga to’p uzatishlar va eng muhimi uzoq masofaga, ya’ni 50-60metrlarga to’p uzatib berishlar asosiy o’yin harakatlari hisoblanadi. O’yinning boshqa kismidagi o’yinchilarni to’pni olib yurish soni va nazorat qilish vaqtining juda ko’pchiligi, birinchi navbatda to’pni boshqarish va raqibni aldab o’tishga (qanot himoyachilari va xujumchilarda), xujum va himoyani tashkil etish bog’lik o’yinning har bir epizodida ishtirok etishga (yarim himoyachilar), raqib darvozasi yonida bo’sh zonani topishga harakat qilish, to’pni kabul qilishga. aldab o’tish va darvozani mo’ljalga olishga (markaziy xujumchilar) sarf bo’ladi. Download 343 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling