I-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


Dimlama go‘sht va kalla-pocha hamda ich mahsulotlari


Download 0.59 Mb.
bet19/34
Sana04.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1425323
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
GO\'SHDAN TAOMLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI

1.10. Dimlama go‘sht va kalla-pocha hamda ich mahsulotlari

Ancha qattiq va biriktiruvchi to‘qimalari dag‘al go’sht bo’la­gini yumshatish kerak bo‘lgandagina go‘sht dimlanadi. Kislota kollagenning parchalanishi va uning glyutinga aylanishini tez­lashtiradi. Shuning uchun dimlaganda nordon sardaklar tomat­pyure, nordon vino, marinadlangan meva va sharvatli rezavorlar ishlatiladi.


Go‘sht dimlaganda dorinorlar (lavr yaprog‘i, murch, ba’zan dolchin, qalampirmunchoq, koriandr, arpabodyon, mayoran, zira) va xushbo‘y sabzavotlar (boshpiyoz, sabzi, selderey, petrushka) ishlatiladi. Vino va dorivorlar dimlash tugallanishidan 10 - 15 minut oldin solinadi.[16]
Go‘sht yirik bo‘lakli, porsiya bo’lakli yoki ancha mayda bo‘lak­li qilib dimlanadi.
Dimlash uchun sonning yon va tashqi tomonlari, mol go‘shtining kuragi, mayda tuyoqli mollarning esa asosan kuragi va to’shi ishlatiladi.
Tayyorlangan go‘shtga tuz, murch sepiladi va qovuriladi. Sabzavot go‘sht bilan birga yoki alohida qovuriladi. Qovurilgan go‘sht va sabzavotlarni idishga solib, quruq sho‘rva qo’yiladi va dorivor solib yopiq idishda dimlanadi.
Dimlangan go‘shtga qayla tayyorlash uchun kartoshka, sabzi, bryukva va boshqa dimlangan sabzavotlar hamda makaron ishla­tiladi. Sabzavotlarni yirik «kubik» qilib to‘g‘rab qovuriladi va sardak bilan birga dimlanadi. Sabzavotlarni go‘sht bilan birga dimlash xam mumkin, lekin taomlarni ko‘plab tayyorla­ganda qayla bilan go‘shtni porsiyalarga ajratish qiyinlashadi. Dimlangan go‘sht oddiy qayla bilan ham beriladi.
1.11. Yirik bo‘laklab dimlangan go‘sht

Dimlama go‘sht. Yirik go‘sht bo‘laklari quruq sho‘rva, sabzi, boshpiyoz va petrushka bilan birga dimlanadi. Dimlangan go‘sht­ni iste’molga berayotganda tolasini ko‘ndalangiga qilib, bir porsiyaga 1- 2 bo‘lakdan kesiladi va ustiga sardak sepib, yoniga. makaron, kartoshka, karto‘shka bo‘tqadan tayyorlangan qayla qo‘yiladi.[16]


Qaylaga qo‘shimcha qilib dolchin va qalampirmunchoq bilan pi­shirilgan brusnika berish mumkin.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling