I-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


Qovurilgan miya. Miya tuz


Download 0.59 Mb.
bet18/34
Sana04.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1425323
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
Bog'liq
GO\'SHDAN TAOMLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI

Qovurilgan miya. Miya tuz solingan nordon suvda pishirilgan, quritiladi, «shashka» shaklida to‘g‘raladi, tuzlanadi, unga ­bulab tuxumga bosiladi va suxariga bulab yog‘da qovurilgdi. Miya ustiga yog‘ qo‘yib, bir bulok limon va petrushka ko‘ki bilan birga yoki limon sharvatini yog‘ va petrushka ko‘ki bilan qayna­tib; ustiga sepib beriladi. Qayla uchun qovurilgan kartoshka, kartoshka pyure, yashil no‘xat ishlatiladi. Miyani ham yog‘da qovurish mumkin. Buning uchun miya faqat unga bulanadi.
Qovurilgan buyrak. Cho‘chqa, buzoq va qo‘yning yangi buyragi «shashka» shaklida to‘g‘rab qovurilgdi. Buyrakni taqsimlash ol­didangina qovurish kerak, chunki uni saqlaganda sifati yomon­lashadi. Qayla uchun qovurilgan kartoshka beriladi.
Buyrakni turli usulda iste’molga berish mumkin: 1) ustiga limon sharvati sepiladi, 2) tilik qilib to‘g‘rab qovurilgan pomidor qo’shiladi; 3) ustiga qaynatilgan qizil vinoli sardak­ka qo‘ziqorin bo‘laklari qo‘shib tayyorlangan sardak qo‘yiladi; 4) qizil sardak, piyozli sardak, smetanali sardak, tomat pyure solingan smetanali sardak qo‘yib beriladi.
Suxariga qo’sib qovurilgan buyrak (broshe). Buzoq buyra­gini ortiqcha yog‘ va pardasidan tozalab yuviladi, quritiladi va bo’ylamasiga kesib, ikki tomonga (kitobni ochgandek) ochiladi. Keyin Buyrakni unga bulab lezonga botiriladi va suxariga bulanadi. Tayyorlangan buyrakni sim yoki novda sixga tortib yoqqa cho‘mdirib qovuriladi va qovurish shkafida yetiltirib qovuriladi. Taom berish oldidan oddiy six shaklli six («atle») ga almashtiriladi. Qayla uchun yoqqa qovurilgan kartoshka (solom­ka) beriladi. Taom yashil salat bilan bezatiladi. Buyrakning, ustiga yashil yog‘ qo‘yiladi.
Qovurilgan jigar. Jigarni bir porsiyaga 1-2 bo‘lakdan qilib to‘g‘rab, ustiga murch, tuz sepiladi va unga botirib qovuriladi. Qayla uchun qovurilgan kartoshka, kartoshka pyure berila­di, iste’molga berayotganda ustiga yog‘ sepiladi. Jigar qovurayotganda qo‘yib ketmasligiga axamiyat berish kerak. Jigar 1 - 1,5 minut ortiqcha qovurilsa ham sifati yomonlashadi. Jigarga qovurilgan boshpiyoz qo‘shib yoki smetanali sardak qo‘yib berish mumkin.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling