1.10. Dimlama go‘sht va kalla-pocha hamda ich mahsulotlari
Ancha qattiq va biriktiruvchi to‘qimalari dag‘al go’sht bo’lagini yumshatish kerak bo‘lgandagina go‘sht dimlanadi. Kislota kollagenning parchalanishi va uning glyutinga aylanishini tezlashtiradi. Shuning uchun dimlaganda nordon sardaklar tomatpyure, nordon vino, marinadlangan meva va sharvatli rezavorlar ishlatiladi.
Go‘sht dimlaganda dorinorlar (lavr yaprog‘i, murch, ba’zan dolchin, qalampirmunchoq, koriandr, arpabodyon, mayoran, zira) va xushbo‘y sabzavotlar (boshpiyoz, sabzi, selderey, petrushka) ishlatiladi. Vino va dorivorlar dimlash tugallanishidan 10 - 15 minut oldin solinadi.[16]
Go‘sht yirik bo‘lakli, porsiya bo’lakli yoki ancha mayda bo‘lakli qilib dimlanadi.
Dimlash uchun sonning yon va tashqi tomonlari, mol go‘shtining kuragi, mayda tuyoqli mollarning esa asosan kuragi va to’shi ishlatiladi.
Tayyorlangan go‘shtga tuz, murch sepiladi va qovuriladi. Sabzavot go‘sht bilan birga yoki alohida qovuriladi. Qovurilgan go‘sht va sabzavotlarni idishga solib, quruq sho‘rva qo’yiladi va dorivor solib yopiq idishda dimlanadi.
Dimlangan go‘shtga qayla tayyorlash uchun kartoshka, sabzi, bryukva va boshqa dimlangan sabzavotlar hamda makaron ishlatiladi. Sabzavotlarni yirik «kubik» qilib to‘g‘rab qovuriladi va sardak bilan birga dimlanadi. Sabzavotlarni go‘sht bilan birga dimlash xam mumkin, lekin taomlarni ko‘plab tayyorlaganda qayla bilan go‘shtni porsiyalarga ajratish qiyinlashadi. Dimlangan go‘sht oddiy qayla bilan ham beriladi.
1.11. Yirik bo‘laklab dimlangan go‘sht
Dimlama go‘sht. Yirik go‘sht bo‘laklari quruq sho‘rva, sabzi, boshpiyoz va petrushka bilan birga dimlanadi. Dimlangan go‘shtni iste’molga berayotganda tolasini ko‘ndalangiga qilib, bir porsiyaga 1- 2 bo‘lakdan kesiladi va ustiga sardak sepib, yoniga. makaron, kartoshka, karto‘shka bo‘tqadan tayyorlangan qayla qo‘yiladi.[16]
Qaylaga qo‘shimcha qilib dolchin va qalampirmunchoq bilan pishirilgan brusnika berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |