I-bob. Go’sht va go’sht maxsulotlariga ishlov berish


Qo‘y go‘shti solingan palov


Download 0.59 Mb.
bet21/34
Sana04.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1425323
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
Bog'liq
GO\'SHDAN TAOMLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI

Qo‘y go‘shti solingan palov. Qo’y go‘shti suyakli qilib bo‘lak­larga chopiladi va suyaksiz yumshog’ joyi kesib olinadi. Tagi qalin qozonga qo‘y yog‘i (qo‘y go‘shtining qoldiqlari, dumba yog‘i yoki retseptura bo‘yicha yog‘) solib qizdiriladi. Dog‘ bo‘lgan yog‘ga go‘sht solib qovuriladi, unga parrak qilib to‘g‘ralgan piyooz solib go‘sht bilan birga qovuriladi,keyin to‘g‘ralgan sabzi solib yana 5 - 10 minut qovuriladi. So‘ngra guruch solib, guruchni 3-4 santimetr ko’mib turadigan qilib quruq sho‘rva solinadi va qo­zon qopqog’ini yopib, olovni pasaytirib pishirib yetiltiriladi. Zarur bo‘lsa, palov damlanayotganda quruq sho‘rvaning kami so­linadi. Palovni suzishdan oldin guruchi va go‘shti aralashtiri­ladi. Palovga ba’zan tomat qo’shiladi. Palovga quruq nordon mevalar (qora smorodina, karakot, zirk va hokazolar) solish ham mumkin.
Nordon-chuchuk sardakda tayyorlangan mol go‘shti. Molning son va kurak qismi go‘shtidan bir bo‘lak kesib (bir porsiyaga 1 - 2 bo’lakdan), uri`b yumshatiladi. Tuz sepib sal-pal unga bulanadi va yog‘da qovuriladi. Qovurilgan go‘shtga quruq sho‘rva solib, idishning qopqog’ini yopib, yetilguncha dimlanadi. Unga dorivor, mayda to‘g‘rab jazlangan sabzi, petrushka, boshpiyoz, tuyilgan qora bug‘doy suxarisi, tomat-pyure, pishirilgan va danagidan ajratilgan qora olxo’ri, sirka, shakar qo‘shib, yetilgun­cha dimlanadi. Taom pishirilgan makaron, pishirilgan yoki qo­vurilgan kartoshka bilan ustiga ko‘katlar sepib beriladi.
Chanax. Bunday yarim suyuq taomni tayyorlash uchun sopol ku­vachaga «kubik» qilib to‘g‘ralgan kartoshka, suyakli qo‘y go‘shti ( bir porsiyaga 2- 3 bo‘lak), mayda to‘g‘ralgan boshpiyoz, baqla­jon, loviya quzogi, tomat-pasta, quruq sho‘rva, maydalangan sa­rimsoq solib, qovurish shkafida yetilguncha dimlanadi. Taom dimlab yetilishi oldidan pomidor solinadi.
Sardakka solingan yurak, upka va boshqa ich mahsulotlari (gulyash). Yurak, o‘pka va boshqa ich mahsulotlari sovuq, suvda qaynatiladi va 20 - 30 gqilib to‘g‘raladi, soteynikka solib to‘g‘ralgan boshpiyoz, qizil sardak qo‘yib 15 - 20 minut dimla­nadi. Qayla uchun qovurilgan kartoshka, pishirilgan makaron va hokazolar beriladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling