I bob. Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya asoslari
Huquqiy ta’limni amalga oshirishda Sharq mutafakkirlarining qarashlaridan foydalanish
Download 59.64 Kb.
|
HUQUQ TA\'LIM JARAYONIDA FAOL VA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING XUSUSIYATLARI. KURS ISHI
1.2. Huquqiy ta’limni amalga oshirishda Sharq mutafakkirlarining qarashlaridan foydalanish.
O’zbek xalqining ta’lim-tarbiya sohasidagi milliy merosi uzoq tarixiy davrni o’z ichiga oladi. Ota-bobolarimiz juda qadimdan yosh avlodni hayoli, iymon-e’tiqodli qilib tarbiyalashga katta e’tibor berganlar. Insoniyat o’zining tarixiy taraqqiyoti davrida huquqiy ta’lim-tarbiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun ma’rifiy jarayonda ob’ektiv qonuniyatlarni aniqlaydi va shu asosda ta’lim-tarbiya mazmunini yaratadi. Ta’lim-tarbiya kishilik jamiyati paydo bo’lishi bilan boshlangan va rivojlangan. Bola tug’ilishi bilanoq ota-onasining parvarishi orqali atrof-muhit bilan tanishadi. Turmush faoliyati boshlanishi bilan ishlab chiqarish tajribasi va malakalarini o’zlashtiradi, shu jarayonda unda aqliy va jismoniy kamolot, madaniy, axloqiy va estetik qarashlar shakllanadi. SHaxsga ta’lim-tarbiya berishni o’ziga kasb qilib olgan kishilar paydo bo’lib, asta-sekin ta’limiy maqsadlar shakllanadi, shuningdek, kishilarning ijtimoiy sifatlari aniqlanadi. Dastlab ta’lim beruvchilar yoshlarni otda yurishga, kamondan o’q otishga va adolatli bo’lishga o’rgatishgan. Ajdodlarimiz o’z Vatanini, xalqini sevish, do’stlariga va safdoshlariga sadoqatli bo’lish, or-nomusni qadrlash kabi ijtimoiy sifatlarga ega bo’lganlar. Ne-ne buyuk mutafakkir ajdodlarimiz yashab o’tgan shonli tariximizning qaysi davrini olmaylik, yurtimizda ilmu ma’rifat va ma’naviyatga, yuksak huquqiy ong va madaniyatga intilish hech qachon to’xtamaganini, bu buyuk insoniy sifatlar xalqimiz dahosining o’lmas timsoli sifatida eng og’ir va murakkab davrlarda ham yaqqol namoyon bo’lib kelganini ko’rishimiz mumkin. Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan o’zbek xalqi ko’p ming yillik boy huquq va huquqiy madaniyat tarixiga ega. Payg’ambarimiz vafotlaridan keyin islom olamida yangi qonun va qoidalarni paydo bo’lish jarayonini to’xtadi. Ana shu davrdan boshlab barcha huquqiy muammomalar Qur`oni Karimda va Payg’ambar alayhissalom sunnatlarida korsatilib berilgan vaqonun qoidalar hal etilib xuquqiy tarbiya beriladigan boldi. Islom huquqshunosligi asosan Qur`oni Karim va sunnati nabaviya asosida shakllandi va sunnatning negizini tashkil etuvchi hadislarni jamlab kelajak avlodni huquqiy tarbiyalash ehtieji vujudga keldi. Dastlabki urinishlar natijasida Zayd ibn al-Xasanning «Majma` ul-fiqh», Malik ibn Anasning «al Muvatga» nomli vaAhmad ibn Hanbaning «al-Musnad» nomli hadislar toplamlari vujudga keldi. Lekin ushbu hadislarning mualliflari mavjud hadislarni saralab toplashni ozlariga vazifa qilib qoymasdan, muayan huquqiy tarbiyaga javob beradigan zarur hadislarni toplash bilan chegaralangan. keyinchalik bu hadis ilmi bilan shug’ullanadigan olimlar tomonidan davom ettirildi.Ulardan butun islom olamida e`tirof etiladigan «Olti ishonchli toplam» ( kutub assahih assitta) deb yuritiladigan toplamlar alohida orin tutadi. Bular Imom al-Buxoriy va imom Muslimlarning «Jome` as-sahih» (ishonchli toplam) an Nasoiy, Abu Dovud, atTermiziy va ibn Mohjalarning «As sunnan» nomli hadislar toplamlaridir. Buyuk islom olimi, faqih burhoniddin al-Marg’inoniy Qur`on va Hadisni mukammal egallab, fiqh-islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur bilimga ega bolgan va huquqiy tarbiya sohasida beqies durdonalar yaratgan. U ta`limni dastlab Marg’ilonda, keyinchalik Samarqandga kochib borib, butun islom olamida mashhur «Al hidoya» asarini 573 yili (1170) ezgan.Bu asar ovrupo xalqlari tillariga tarjima qilinib, katta qiziqish bilan organilganligidan uning kopgina mamlakatlarda hun`un` ilmi rivojiga sezilarli ta`sir korsatganligiga shubha yoq. Jumlada «Al hidoya»ning ingliz tilidan Vishnegorskiy tarjima qilib, N.M.Grodakov tahriri ostida 1893 yili Toshkentda rus tilida nashr etilishi fikrimizning dalilidir. « Al hidoya» bir necha asrlar davomida kop musulmon mamlakatlarida, jumladan, markaziy Osieda huquqiy tarbiyaga doir eng yirik asosiy manbalardan bolib keldi. 1917 yilgi tontarishdan keyin ham, to 1930 yillargacha shariat qonun-qoidalari bekor qilinib, shoro huquq tizimi joriy qilingunga qadar u amalda boldi. 100 Chor Rossiyasi tomonidan Markaziy Osieni zabt etishdan to Oktyabr tontarishgacha mustamlakachilik zulmini otkazishda yaxshi ish bergan hujjatlar 1865 yilgi «Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi muvaqqat Nizom», 1867 yilgi « Ettisuv vaSirdare viloyatlaridagi boshqaruv haqidagi Nizom», 1886 yilgi G` Turkiston olkasini boshqarish haqidagi Nizom», Chor Rossiyasi bilan Buxoro amirligi va Hiva xonligi ortasidagi tuzilgan shartnomalar, Turkiston generalgubernatori tomonidan tasdiqlanib, xonlik va amirlik hududidagi rus fuqarolarining huquqlarini, mulklarini, shaxsini ximoya qilish haqidagi huquqiy tarbiyaga oid hujjatlarni organish oquvchilarda katta qizig’ish uyg’otadi. SHarqda taraqqiy etgan ta’lim-tarbiya to’g’risidagi ta’limotlarni o’rganishda falsafa, huquqshunoslik, sharqshunoslik, tarix, filologiya, pedagogika sohasida ish olib borgan H.Boboev, A.Jo’zjoniy, V.Zohidov, A.Zunnunov, M.Inomova, Z.Muqimov, S.Nishonova, A.Saidov, H.Samatova, M.Xayrullaev, O.Eshonov, SH.O’razaev, K.Hoshimov kabi olimlar alohida o’rin egallaydilar3. Ular ta’lim-tarbiya sohasida huquqiy ta’lim-tarbiyaning, jumladan, huquqshunoslik, fiqhshunoslik, hadisshunoslik yo’nalishlarining rivojlanishida juda ko’p ijobiy natijalar ro’y berganligini isbotlab berganlar. Tadqiqot jarayonida O’zbekiston hududida huquqiy ta’lim tizimining shakllanishi va rivojlanishini to’rt davrga bo’lib o’rgandik. Birinchi davr – huquqiy ta’limning qadimgi davri – davlat va huquq paydo bo’lishidan to islom huquqi o’rnatilguniga qadar (mil.av. VI-V asrdan milodning VII asrigacha) bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ushbu davrda zardushtiylikning muqaddas kitobi – “Avesto”, shuningdek, odat huquqi, So’g’d huquqi kabi manbalarda bayon etilgan ta’lim-tarbiyada qo’llanilgan usul va vositalar natijasida bolalar ona zamin va uning tabiati, tabiat hodisalari, odamlarning kundalik hayot tarzi, hayvonot va jonsiz olam haqida tasavvurga ega bo’lgan. Ularning nazarida tashqi dunyo kengayib borayotgandek bo’lib, fikrlash qobiliyati va tafakkurlari rivojlanib bordi. Masalan, zardushtiylik ta’limotining “Avesto” kitobida inson hayoti va odamlarning ijtimoiy-huquqiy munosabatlari ma’lum qonun-qoidalarga asoslangani haqida ma’lumotlar mavjud4. Unda yer, suv, havo muqaddas deb e’lon qilinib, ularni asrash barcha narsadan ustun bo’lgan. Atrof muhitni iflos qilgan va uni asrash qoidalarini buzganlar jazolanib, huquqiy ta’lim-tarbiyaga asos solingan. Oila va jamoada berilgan so’zdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar o’rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh hisoblangan. “Avesto”da ko’p bolali oilalarga davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozimligi qayd etilgan5. SHuningdek, “Avesto”da “yaxshilik ta’limini va sadoqatni amalga oshirib..., yaxshi hokimlar hukm yuritaversinlar. Odamlarga va ularning avlodlariga baxt-saodat keltiradigan ta’limni amalga oshirsinlar”, deb ta’kidlangan. Zardushtlik ta’limotida 15 yosh balog’at yoshi sanalgan. 15 yoshga yetganlarga Zardusht qonunlari, axloqiy va ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal yo’riqlari o’rgatilib, ular adolatlilik, halollik ruhida tarbiyalanganlar. Ikkinchi davr – islom huquqi o’rnatilganidan to Markaziy Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinguniga qadar (milodning VII asridan XIX oxirlarigacha ) bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Markaziy Osiyoga islom kirib kelishi bilan bu an’anaviy sifatlar mustahkamlanib, boyitilgan. Islomning asosiy manbai bo’lmish “Qur’oni Karim” da axloq-odob, kishilarning tengligi, birodarligi, jamiyatga xizmat qilish, ota-onaga hurmat kabi masalalar ravshan aks ettirilgan. Islomning ikkinchi muqaddas manbai-“Sunna” (payg’ambarning so’zlari, amallari va tasdiqlari)da insonning ma’naviy kamolot mezoni, dunyoqarashining kengligi, bilimlarni qay darajada egallanganligi ko’rsatilgan. SHaxs bo’lib yetishishda muhim omil – bilim egallash, deb qayd etilgan. Islom ta’limotida birovning haqiga hiyonat qilish, halol mehnat bilan topgan molini, mablag’ini zo’rlik va aldov yo’li bilan olish, o’g’rilik qilish – og’ir gunoh, qabih odat, deb ta’kidlangan. SHuning uchun ham huquqiy ta’lim berishda Qur’oni Karim, hadis va boshqa manbalardagi ko’rsatmalardan foydalanish, ularni xozirgi zamon talablariga bog’lash zarur. Masalan, “Moida” surasidagi 3-oyatda: “Ey mo’minlar, Ollohning o’zi uchun haq yo’lni tutuvchi, adolat bilan shahodat - guvohlik berguvchi bo’lingiz. Biron qavmni yomon ko’rishingiz sizlarni adolat qilmaslikka tortmasin!...” – deb, buyuriladi. Demak, shaxsiy adovat orqali adolatsizlikka yo’l qo’ymaslik ta’kidlangan. SHuningdek, “Niso” surasida mulk huquqi, meros huquqi, omonat, to’g’ri guvohlik berish xususida, “Baqara” surasida esa ayollik huquqlari, qarz berish to’g’risida huquqiy ta’limotlar berilgan.6 Hadislarda ham ilm haqida, bilim olish haqida hikmatlar mavjud. Jumladan, ilm o’rganmoq va ilm o’rgatmoqning fazilati, ilmga e’tiborsizlikning oqibati, kishilar dilidan ilmning ko’tarilishi, olimlarning shaxsi, tushunishi qiyin kishilarga ilm o’rgatish haqidagi qoidalarni misol tariqasida keltirish mumkin. O’tmishda yashab ijod etgan buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarimiz islom ta’limoti asosida ijod etib, kelajak avlodlar uchun buyuk meros qoldirganlar. Bugungi kunda bu noyob meroslarni o’rganish, ularni tahlil qilish, ularning ijobiy natijalarini amalda tatbiq etish ilm-fan namoyondalarining, huquqshunoslar ilmiy jamoatchiligining, ilmiy tadqiqot olib borayotgan bo’lajak olimlarning asosiy vazifasi deb hisoblanib, shaxs huquqiy ongini shakllantirishda samarali natijalarga erishiladi. Imom Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj, Imom Termiziy, Imom Abu Dovud an-Naso’iy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg’inoniy, Abdulxoliq G’ijduvoniy, Bahouddin Naqshband singari aziz-avliyolarimiz, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug’bek kabi allomalarimiz to’plagan ilmlar ham huquqiy ta’limda katta ahamiyat kasb etadi. Imom al-Buxoriy ta’lim-tarbiya, xususan huquqiy ta’lim to’g’risidagi qarashlarida to’g’ri so’zli bo’lishga, va’daga vafo qilishga da’vat etib, munofiq kishining uchta belgisini ko’rsatadi7, ular: yolg’on gapirish, va’daga vafo qilmaslik va omonatga hiyonat qilishdan iboratligini aytadi. U oilaviy muhitning barqaror, tinch, oila a’zolarining sog’-salomat, to’q bo’lishini va bir-birlarini hurmat qilishlarini istaydi. U o’z ta’limotida bilim o’rganish, uni o’rgatish yo’llari va usullari masalasiga alohida e’tibor qaratadi. VIII asr oxiri IX asr boshlariga kelib islom va uning huquqshunoslik, hadisshunoslik sohalari rivojlangan. Bu davrda O’rta Osiyo jahon ilm-fanining, kishilik jamiyatining taraqqiy etishiga, shuningdek, islom dinining axloqiy-huquqiy tarbiyadagi mavqeiga katta hissa qo’shadi. Tarixiy taraqqiyotning turli davrlarida ilm va fanning turli sohalari bo’yicha (tibbiyot, matematika, astronomiya, tarix va h.k.) maktablar mavjud bo’lgan. SHu maktablar qatorida huquqiy ta’limni rivojlantirishga asoslangan, huquqiy bilimlar tizimini tashkil etgan fiqh maktablari ham bo’lgan. Taniqli huquqshunos olim Z.Muqimov fiqh maktabida VIII-XIII asrlarda o’qish jarayonini to’rt bosqichga bo’ladi: 1) quyi yoki boshlang’ich ta’lim olish; 2) o’rta ma’lumot olish; 3) Buxoro shahridagi alohida madrasada ta’lim olish; 4) islom dunyosining yetuk markazlari va madrasalarida (Bag’dod, Qohira va h.q) ta’lim olish. Bu o’quv muassasalarini tugatganlar yuqori diniy va davlat mansablariga tayinlanganlar8. Bu davrda maktab va madrasalarda ilmiy-nazariy bilimlar bilan birga ish yuritish, huquqshunoslikka, savdo-sotiq ishlariga oid, meros va taqsimot kabi ta’limiy bilimlar ham o’rgatilgan. XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar ancha yuksak taraqqiyot bosqichiga ko’tarildi. Mirsaid SHarif Jurjoniy, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalar, mutafakkiru ulamolar ma’rifiy ta’lim-tarbiya asoslarini yaratib berdilar. Masalan, buyuk bobokalonimiz Amir Temur davlatni boshqarish va uni idora qilish, haqiqatgo’ylik va adolat haqida ta’lim berganlar. Bunga oid qoidalar “Temur tuzuklari”da bayon etilgan9. Amir Temur fikricha, davlatni adolatli qonunlar asosida boshqarish, davlat ishlarini adolatli boshqarish uchun vazir saylash kerak. O’zbekiston hududidagi xonlik va amirliklar davrida ta’lim-tarbiya, jumladan, huquqiy ta’lim rivojlangan. Xususan, So’fi Olloyor fiqhga oid asarlar yaratgan. Unda islom dinining asosiy qoidalari ifoda etilgan. O’zbek bolalari o’qiydigan maktablarda talabalarning savodi chiqarilgandan so’ng So’fi Olloyor kitobi o’qitilgan. Musulmon maktablarida ta’lim tizimi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilgan: quyi maktab – bu maktablarda 4 yil savod o’rganishgan; halimxona maktabi – (namoz) yod oldirib o’rgatilgan; qorixona – Qur’oni Karim yod olingan; maktab-internat – o’rta madrasa bo’lib, o’rta ma’lumot berilgan; oliy maktab – oliy madrasa hisoblangan10. Jumladan, umumbashariy tsivilizatsiya rivojidagi o’rni va ahamiyati jihatidan Uyg’onish davrining yorqin namunasi sifatida tarixda zarhal sahifalarni tashkil etgan Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyati ham ushbu davrga xosdir. Bu ilmiy maskanda SHarq va G’arb o’lkalaridan kelgan, turli millat va dinga mansub bo’lgan olimlar faoliyat ko’rsatgan bo’lsa-da, uning negizini Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino, Mahmud Xo’jandiy, Ahmad ibn Hamid Naysaburiy kabi bizning mintaqamizda tug’ilib, kamol topgan yetuk allomalar tashkil etgani va fiqhshunoslik ilmiga ham katta hissa qo’shgani barchamiz uchun iftixor bag’ishlaydi11. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyin musulmon maktablarida o’zgarishlar ro’y bergan va Turkistonda dastlabki rus-tuzem maktablari ochilgan. Uchinchi davr – XX asr boshlaridan to O’zbekiston Respublikasining mustaqilligigacha (1917 yildan to 1991 yilga qadar) bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Download 59.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling