I bob. Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya asoslari
Download 59.64 Kb.
|
HUQUQ TA\'LIM JARAYONIDA FAOL VA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING XUSUSIYATLARI. KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Huquqiy ta’limda faol va interfaol metodlardan foydalanish.
Huquqiy ta’lim mazmunining tamoyillari. Mustaqil O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida demokratik jamiyat barpo etishdek orzumizning ro’yobga chiqishida zamon talabalariga javob beradigan, huquqiy bilimga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.
Shuning uchun ham O’zbekiston mustaqilligining ilk qadami sifatida ta’limni tubdan isloh qilish, kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko’tarish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”da huquqiy ta’limning maqsadi har bir kishiga amaliy faoliyatda zarur bo’ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan davlat standartlaridan kam bo’lmagan hajmda egallash imkoniyatini berishdan iborat13 ekanligi e’tirof etilgan. Huquqiy ta’lim mazmuni alohida tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Huquqiy ta’lim mazmunining tamoyillari deganda, bilim beruvchi faoliyatini va bilim oluvchilar bilish faoliyatining xususiyatini belgilaydigan asosiy qoidalar tushuniladi. Bu tamoyillarga amal qilish natijasida huquqiy bilimlarning o’zlashtirilishiga va unga taalluqli xususiyatlarning shakllanishiga erishiladi. Ushbu tamoyillarni uch guruhga ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. Birinchi guruh – huquqiy ta’limning ilmiy-nazariy tamoyillari bo’lib, bularga ta’limning uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi, faolligi kiradi. Ikkinchi guruh – huquqiy ta’limning metodik-uslubiy tamoyillari bo’lib, bularga ta’limning tizimliligi, kasbga yo’naltirilganligi, ko’rgazmaliligi, amaliyot bilan birligi, boshqa fanlar bilan aloqadorligini kiritish mumkin. 2.2. Huquqiy ta’limda faol va interfaol metodlardan foydalanish. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi milliy dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan qator ijobiy o‘zgarishlarga qaramasdan, ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, bunda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan foydalanish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ta’lim oluvchilarning bilim olish motivatsiyalarini shakllantiruvchi mexanizmlarni va o‘qitishning yangi shakl, noan’anaviy uslublari orqali ularning bilish hamda ta’lim-tarbiya jarayoni tizimini takomillashtirish va sifatini boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqib, ularni amalga oshirish zarurati mavjud. Aynan mana shular uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan takomillashtirishni, ta’lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga xizmat qiladigan ta’sirchan choralarni ko‘rishni taqazo qiladi. Ta’limning ustuvor vazifalaridan biri – ta’lim oluvchi ongu shuurida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun amaliy - hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda yoshlarning ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etishiga zamin hozirlashdir. Huquqiy ta’lim shaxsning huquqiy ong darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik prinsiplar va normalarni anglab yetishga yo‘naltiradi. Huquqiy ongni shakllantirish ko‘p jihatdan huquqiy ta’limga bog‘liq. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”da aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarni kundalik hayotda qo‘llash, huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratish uchun huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirishni asosiy vazifa qilib belgilangan14. SHuningdek, ushbu dasturda tarbiyaviy va o‘quv ishlari shaxsning huquqiy ong darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik prinsiplar va normalarni anglab yetishga qadar oshirishga yo‘naltirilishi, huquqiy ta’lim uzluksiz bo‘lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo‘lishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to‘g‘risida boshlang‘ich tushunchalar olishi, kelgusida o‘qitish davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi, aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishiga olib kelishi ta’kidlangan. Huquqiy axborotdan barchaning erkin foydalana olishini ta’minlash har kimga o‘zining huquqiy bilimlarini oshirish uchun sharoit yaratish, fuqarolarga o‘z huquqlari va erkinliklarini tegishli tarzda amalga oshirish, burchlarini bajarish, jamiyatning siyosiy hayotida ongli va faol ishtirok etish imkonini beradi. Huquqiy ta’limni takomillashtirishga ta’limning hali foydalanilmagan mexanizmlarini yaratish, ulardan samarali foydalanish, ta’limning yangi shakl va vositalarini joriy etish, moddiy-texnik bazani kuchaytirish yo‘li bilan erishiladi. Mamlakatimizda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida olib borilayotgan demokratik islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik huquqiy davlat barpo etishdir. Aholining, ayniqsa, yoshlarning siyosiy-huquqiy madaniyatini hamda konstitutsiyaviy-huquqiy bilimlarini oshirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar va islohotlar samaradorligining muhim shartidir. Shu bois aholi o‘rtasida inson huquq va erkinliklari, qonunga qat’iy rioya etadigan fuqarolarning xatti-harakatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, o‘zining konstitutsiyaviy huquqlarini anglab yetish, Vatani, sodir bo‘layotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish borasida qator vazifalar hal etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da “...bugungi siyosiy-huquqiy voqelikni hisobga olgan holda, mamlakatimizda huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ‘ibotini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan maqsadli keng ko‘lamli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur. Ushbu dasturning amalga oshirilishi aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg‘usining yanada ortishini ta’minlaydi”, - deb qayd etgan edi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda huquqiy ta’lim-tarbiya tizimini jadal isloh qilishga kirishildi. Dastlab ijtimoiy munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslarini belgilovchi qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 iyundagi “Yoshlarning huquqiy ta’limini takomillashtirishning Kompleks dasturi to‘g‘risida”gi 296-sonli Qarori, Oliy Majlis tomonidan 1997-yil 29-avgustda tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” to‘g‘risidagi 466-1-sonli Qarori va shu qaror asosidagi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 29-maydagi 235-sonli “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentyabrdagi “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25-iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi Farmoni, 1997-yil 6-oktyabrdagi “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish” to‘g‘risidagi Farmoni, 2001-yil 4-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi, 2004-yil 1-iyuldagi “2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” Qarori shular jumlasidandir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o‘zlashtirish zarurligi belgilandi. O‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni huquqiy ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llash, birinchidan, huquqiy ta’limni jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg‘or pedagogik tadbirlardan foydalanish; ikkinchidan, an’anaviy o‘qitish tizimida yozma va og‘zaki usullarning ijobiy tomonlarini qo‘llash; uchinchidan, huquqiy axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi sababli ularni tizimli ravishda yoritish va tushuntirish; to‘rtinchidan, har bir ta’lim oluvchining potensial imkoniyatlarini rivojlanish kabilarni taqazo etadi. Oxirgi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan ishlar hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy, ijtimoiy-huquqiy yuksalishida mustahkam zamin yaratdi. Davlat tomonidan qabul qilingan hujjatlarda ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Konstitutsiya alifbosi”, “Konstitutsiya olamiga sayohat”, “Davlat va huquq asoslari”, “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” fanlari bo‘yicha darslar joriy etildi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining sakkiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida ta’kidlaganidek, «Konstitutsiyani bolalar bog‘chasidan boshlab o‘rgatishni, maktablarda darslik tariqasida o‘qitishni, o‘quv yurtlarida maxsus bir dars sifatida o‘rganishni bugun barcha mutassaddi rahbar va tashkilotlarimizga topshiriq tariqasida aytmoqchiman. Toki unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimiz Konstitutsiyaning ma’no-mazmunini, u xalqimizning istiqlol yillarida erishgan ulkan tarixiy yutug‘i ekanini teran anglab yetsin»15. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida huquqiy ta’limga doir qabul qilingan Davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi kabi me’yoriy hujjatlarning maqsadi yuqoridagi vazifani amalga oshirishda muhim hisoblanadi. Huquqiy ta’lim standartining asosiy maqsadlaridan biri kuchli huquqiy demokratik davlat qurishda yoshlarimizning huquqiy ongini oshirish, qonunni yoshlarning hayotiy dasturiga aylantirish, jamiyatda ularning huquqiy faolliklarini oshirishdan iborat, deb belgilangan. Huquqiy ta’lim standartining oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida huquqiy ta’lim modeli yaratildi. Unga ko‘ra uzluksiz huquqiy ta’lim aniq bir maqsadlarga qaratilgan alohida-alohida bosqichlarga ajratilgan. Ma’lumki, maktabgacha davr inson shaxsini shakllantirishda eng murakkab davr hisoblanadi. Oila o‘zida milliy urf-odatlar va an’analarni mujassamlashtiradi, ularni saqlab qoladi va avloddan avlodga uzatadi. Oila sog‘lom bo‘lsa, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam bo‘lsa, mamlakat barqarordir. Bolalarni voyaga yetkazish va tarbiyalash bir-biridan ajratib bo‘lmas jarayondir. Shaxsning mustaqillik darajasi uning jinsi, yoshi va odamlarga munosabati, shuningdek, madaniy va ma’naviy qadriyatlar va afzalliklarni hurmat qilish, shaxsiy odatlar – erta bolalikdanoq shakllanib bo‘ladi. Oilada bolalar kattalar va qo‘shnilarga, jamoat fikri va muallim-ustozlarga nisbatan chuqur hurmat, to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik, jamoachilik, o‘zaro yordam va o‘zaro qutqarish, mustahkam oila qurish va uni saqlab qolish, ta’lim olishga intilish tuyg‘ulari bilan tarbiyalanadi. Shunday bo‘lsa-da, o‘yin faoliyati orqali bola shaxsida ijobiy xulq va odob malakalarini shakllantirish mumkin. Bunda o‘yin ko‘rinishlarining ko‘lamini kengaytirish, nafaqat oilaviy turmushdagi voqealar aks etgan o‘yin ko‘rinishlari, balki sayrlarga olib borish, tabiatni kuzatish, do‘konlarni ko‘rish, transport vositalariga chiqish, yo‘l harakati qoidalari bilan tanishish kabi o‘yin turlarini ham ko‘paytirish mumkin. Maktabgacha ta’limda bola o‘yin faoliyati bilan umumiy o‘rta ta’limga tayyorlanib borishi bois maktabgacha ta’lim muassasalarida “Konstitutsiya saboqlari” mashg‘ulotlari bolalarning yoshi, ongi, idrok saviyasi, har bir bolaning yosh xususiyatlari inobatga olingan holda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi o‘rgatish faoliyati o‘yinlar orqali amalga oshirilishi sababli, Konstitutsiyadagi qoidalar turli xil mashg‘ulotlarda tushuntiriladi. Aynan shu o‘yinlar orqali bolalar o‘z huquq va erkinliklarini, burchlarini anglab olishadi. Bu davrda konstitutsiyaviy qoidalar sodda, oddiy, bolalar uchun tushunarli va qiziqarli tarzda bayon etilib, birinchidan, bolalarga inson tushunchasi, uning ahamiyati, jamiyatdagi o‘rni, inson sifatida bolalarning huquq va erkinliklari tushuntirilib, insonni sevish, uni hurmat qilishga odatlantiriladi, insoniylikning yovuzlik, vahshiylikdan farqi ertaklar aytib berish, ertaklardagi voqealarni tahlil qilish mobaynida o‘rgatiladi; ikkinchidan, davlat inson manfaatini himoya qilishini, insonning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati eng oliy qadriyat hisoblanishini bolalar tilida tushuntirilib, inson sifatida, avvalo, o‘zining qadr-qimmatini bilishga va uni hurmat qilishga o‘rgatiladi; uchinchidan, bolalar qanday vazifalarni ado etishlari o‘rgatiladi. Madaniyat, ma’naviy va tarixiy merosni avaylab asrashga, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga odatlantiriladi; to‘rtinchidan, qiz bolalar va o‘g‘il bolalarning bir-birini hurmat qilishlari, o‘zaro munosabatlari ham bayon etilib, ularning teng huquqli ekanliklari tushuntiriladi; beshinchidan, jamiyatda oilaning o‘rni, oilaning davlat tomonidan muhofaza qilinishi, farzandlar ota-onaga g‘amxo‘r bo‘lishi, kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilishi lozimligi bayon etiladi; oltinchidan, Vatanni sevishga, uni himoya qilishga o‘rgatiladi. Davlatimiz ramzlari – bayroq, gerb, madhiyaning ma’no-mazmuni bayon etiladi. Konstitutsiyaviy ta’lim berish natijasida bir neta bayroq va gerblar ichidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i, Gerbini ajrata olish malakasi shakllantiriladi. Bularning barchasini amalga oshirishda shuni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, bolalar shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsalar, endi o‘z xohish-irodasi bilan kerakli ma’lumotlar yig‘ishga harakat qiladilar. Bolaning ana shu faolligi uning mustaqillik, erkinlik, mas’uliyatlilikka olib keladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni umumiy axloq qoidalariga rioya qiladigan, shaxs sifatida kamolga yetkazishga asos bo‘la oladigan bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi. XULOSA Ushbu xususiyatlarni inobatga olib, boshlang‘ich ta’limda “Konstitutsiya alifbosi” ni o‘zlashtirish darajasi tadqiq etilganda, boshlang‘ich sinflarda ayrim konstitutsiyaviy qoidalarni yodlashga berish ijobiy natijalarga olib keldi. Boshlang‘ich ta’limda o‘qish, odobnoma, ona tili, atrofimizdagi olam, rus tili, rasm, ashula, matematika darslari tarkibida “Konstitutsiya alifbosi” o‘rgatiladi. Masalan, o‘qish darslarida “Maktab” , “Nima yaxshi-yu, nima yomon”, “Mehnat baxt keltirar”, “Qush va hayvonlar – bizning do‘stimiz”, “O‘zbekiston – mening Vatanim”, “O‘tmishni o‘rganish – burchimiz”, “Vatan himoyachilari”, “Konstitutsiya – hayotimiz qomusi”; odobnoma darslarida – “Oila – muqaddas dargoh”, “Farzand burchi”, “Tabiatni asrash burchi”, “Ota-onam – davlatim”; ona tili darslarida – “Davlat tili”, “O‘zbek alifbosi yoki alfavit” kabi mavzularni o‘zlashtirishda Konstitutsiyaning tegishli qoidalari o‘rgatiladi. Ushbu darslar jarayonida fanlar bo‘yicha beriladigan amaliy topshiriqlar, mashqlar mazmuniga konstitutsiyaviy me’yorlarni misol tariqasida kiritish ijobiy natijalar beradi. Boshlang‘ich ta’limda (3-4 sinflarda) xatto matematika darslarida ham Konstitutsiya o‘rgatilishi mumkin, deb hisoblaymiz. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishiga oid misollar va masalalar tuzish mumkin. Ya’ni har bir bo‘limga tegishli boblarni qo‘shish natijasida Konstitutsiya necha bobdan iborat ekani, boblarga tegishli moddalarni qo‘shish natijasida esa Konstitutsiya necha moddadan iboratligi, u yoki bu bo‘limda nechta bob, nechta modda borligi ham turli matematik ifodalar bilan aniqlanishi mumkin. Ona tili darslarida gap, ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol kabi grammatik qoidalarni o‘rgatishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi matnidagi me’yoriy qoidalar misolida grammatik, leksik tahlilni amalga oshirish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari – bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega (Topshiriq: Ushbu gapdagi so‘z turkumlarini aniqlang). 5-7-sinflarda “Konstitutsiya olamiga sayohat” fanida dastlabki tushunchalar murakkablashib, hayotiy misollar orqali davlat va shaxsning o‘zaro munosabati, shaxsiy mustaqillik, barchaning qonun oldida tengligi, so‘z erkinligi, axborot olish kafolatlari erkinligi, voyaga yetmaganlarning huquqbuzarligi va javobgarligi, o‘smir va qonun kabi mavzular yoritiladi. 8-sinfda “Davlat va huquq asoslari”, 9-sinfda “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” asosiy fanlar tarkibida o‘qitilib, bunda huquqiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi o‘quvchilarda davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ilmiy, madaniy taraqqiyoti yo‘nalishlariga mos darajadagi bilimlar tizimini shakllantirish, ijodiy fikrlay oladigan, hayotiy muammolarga mustaqil munosabat bildira oladigan, yoshlarni shakllantirishga qaratilgandir. Davlat ta’lim standartiga ko‘ra o‘quvchilar: - huquqiy ta’limga oid asosiy tushuncha, qonuniyat va g‘oyalarni bilish; - davlat tuzilishi va boshqaruv shakllari, boshqaruvni amalga oshirishning demokratik va nodemokratik usullarini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntira olish; - davlat organlarining tuzilish asoslarini tasvirlab berish; - axloq va huquq tushunchalarini bilish; -huquq me’yorlarini bilish hamda hayotda o‘zlarining xatti-harakatlarini ana shu me’yorlarga monand boshqara olish malakasiga ega bo‘lish; - huquq tizimlarini, uning sohalarga bo‘linishini, bu sohalarning huquqiy munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyatini tushunish; - huquq funksiyalarini bilish hamda o‘z huquqlaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; - huquqiy davlatning belgilarini, uni shakllantirish yo‘llari va muammolarini, O‘zbekistonda demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish asoslarini tushuntira olish; - Prezidentimiz asarlarini bilish va ularda ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish; - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi va mazmunini tavsiflay olish; Download 59.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling