I bob. Huquqiy tarbiya orqali yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish


Download 62.58 Kb.
bet1/8
Sana03.02.2023
Hajmi62.58 Kb.
#1150020
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Huquqiy tarbiya orqali yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish


MUNDARIJA:


KIRISH.
I BOB. HUQUQIY TARBIYA ORQALI YUKSAK HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH

  1. Huquqiy tarbiya

  2. Huquqiy tarbiya orqali madaniyatni shakllantirish

II BOB. HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH BO'YICHA DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YO'NALISHLARI
2.1. Huquqiy ta'lim bo'yicha davlat siyosati

    1. Davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari

XULOSA
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Huquqiy davlat va uni barpo etishning zarur shartlaridan biri-bu aholi huquqiy madaniyatini, yuksaltirishdir. Huquqiy madaniyat faqat insonga hos bo’lgan hodisadir. Shu sababli odamlarning huquqiy ongi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy etnik-ruhiy, madaniy-tarixiy va shu kabi ko’plab omillar ta’siri ostida tarakib topadi. Fuqarolar huquqiy ongida mazkur bimlimlarni xosil qilish faqat maxsus uyushtirilgan faoliyat jarayonidagina emas, balki ijtimoiy voqyelikning xilma-xil obyektiv omillari ta’siri ostida ham ro’yobga chiqariladi.
Bugungi kunda, demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda milliy o'zlikni anglash va qadriyatlarimizni tiklashda, fuqarolar ongida, ularning huquqiy - axloqiy tarbiyasida tub o'zgarishlarni talab etadigan huquqiy tarbiya jamiyat taraqqiyotining muhim bir bo'lagini tashkil etadi.
Sobiq Sovet davrida fuqarolar qanchalik huquqiy besavod, huquqiy axloqiy tarbiyasiz bo'lsa, hokimiyat uchun ijobiy sharoitlar yaratilar edi. Chunki o'z haq - huquqini, o'zligini, qadriyatlarini bilmagan xalqni boshqarish shunchalik oson bo'lar edi.
Mustaqilligimiz sharofati bilan o'z erkimizni qo'lga kiritdik. Erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishni maqsad qilib qo'ygan yurtboshimiz I.A.Karimov mamlakatda huquqiy tarbiyani takomillashtirish borasida demokratik islohotlarning asoschisidir.
1- Prezidentimizning 1997-yil 25-iyunda «Huquqiy tarbiyani yaxshilish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o'rganish ishini yaxshilash haqida»gi farmoniga ko'ra, bu boradagi olib borilayotgan ishlar davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.
Bundan tashqari, 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish» milliy dasturida ham huquqiy tarbiya va uni takomillashtirish masalalariga katta e'tibor berilgan.
Demokratik tamoyillarga asoslangan davlatni barpo etishda, albbatta milliy qadriyatlarga va insonparvarlik prinsiplariga tayanamiz. Buning uchun jamiyat a'zolariga, shu jumladan o'sib kelayotgan yosh kelajak avlodlarda huquqiy tarbiyani shakllantirish zarurdir.
Vaholanki, mustaqilligimizga hamda berilgan imkoniyatlarga mos turda aholining huquqiy tarbiyasi bugungi kun talablariga javob bermayapti.

Download 62.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling