I bob. Huquqiy tarbiya orqali yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish


Ikkinchisi- tarbiyalanuvchilarda huquqiy g'oyalar,hissiyotlar,e'tiqodni shakl


Download 62.58 Kb.
bet4/8
Sana03.02.2023
Hajmi62.58 Kb.
#1150020
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Huquqiy tarbiya orqali yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish

Ikkinchisi- tarbiyalanuvchilarda huquqiy g'oyalar,hissiyotlar,e'tiqodni shaklantirish.
Shu vazifalardan kelib chiqib huquqiy tarbiyada fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirish quyidagicha kechadi:
birinchidan, asosiy huquqiy qoidalar tizimini bilish, ularning mazmuni va mohiyatini to'g'ri tushunish;
ikkinchidan,huquq, qonunlar, qonuniylik va huquqiy tartibotni chuqur hurmat qilish;
uchinchidan,huquqiy bilimlarni amalda mustaqil qo'llay olish; to'rtinchidan, o'z odatlarini olingan huquqiy bilimlar bilan moslashtirish; beshinchidan,huquqiy normalarning har qanday buzishlariga nisbatan qat'iy murosasizlik ko'nikmasini hosil qilish.
Huquqiy tarbiya jarayoni odamlar orasida muayyan munosabatlar orqali amalga oshadi. Shu bois huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy tarbiya doirasiga kiradi. Unda tarbiyalanuvchilar (shaxslar, ijtimoiy guruhlar) huquqiy ongining shakllanishi ro'y beradi. Huquqiy tarbiya jarayonida kishilarning muayyan huquqiy bilim darajasiga ega bo'lishiga erishish maqsad qilib qo'yiladi. Ularning shaxsiy e'tiqodidan kelib chiqadigan qonunga, huquqqa bo'lgan hurmatni shakllantirish huquqiy tarbiyaning o'zagini tashkil etadi.
Bu yig'indiga kiruvchi huquqiy ongning tarkibiy qismlari shaxsga nisbatan kerakli psixologik va mafkuraviy yo'l-yo'riqlarni tashkil qiladi, uning o'z huquqiy bilimlarini turmushda faol tadbiq qila olishiga imkoniyat yaratadi. Mana shu tayyorgarlik darajasi huquqiy tarbiya ishlarining samaradorligini ko'rsatadigan asosiy ko'rsatkichdir3.
Huquqiy tarbiya-shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko'rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko'nikmalari va odatlarini shaklantiruvchi, uyushgan, bir tizimli,aniq maqsadni ko'zlagan holda ta'sir ko'rsatishdir.
Shuni ta'kidlash kerakki, yaqin o'tmishda ham huquqiy tarbiyaga unchalik jiddiy e'tibor berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda ham shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy, ma'naviy, estetik tarbiyasi haqida so'z borar edi-yu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi. Huquqiy tarbiyaning tarbiyaviy ishning mustaqil yo'nalishi sifatida belgilab qo'yilmaganligi o'sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongiga salbiy ta'sir ko'rsatmay qolmadi.
Shubhasiz, huquqiy, siyosiy, va ma'naviy ongning o'zaro bog'liqligini esdan chiqarmaslik kerak, lekin shuni nazarda tutish lozimki, ularni bir-biri bilan qo'shib yuborish ham mumkin emas. Tarbiyaviy ishning o'ziga xos yo'nalishi sifatida huquqiy tarbiyaning mustaqilligi avvalo uning mazmuni bilan bog'liq. Huquqiy tarbiya mustaqil huquqiy ongni shakllantiradi, bu esa tarbiyaning o'ziga xos shakllari va usullarini izlab topish hamda qo'llanish zaruriyatini taqozo etadi. Tarbiyachilar zarur hajmdagi huquqiy bilimlar bilan qurollangan, huquqiy ongi shakllangan, huquqiy madaniyati yuksak bo'lishi lozim. Huquqiy tarbiya tamoyillariga ilmiylik, amaliyot bilan uzviylik, o'ziga xoslikni ham kiritish mumkin. Huquqiy tarbiyaning ilmiyligi uni amalga oshirish jarayonida hozirgi zamon huquqiy va boshqa fanlari, avvalo, huquqiy faoliyat, shaxs tarbiyasi (sostiologiya, ruhshunoslik, pedagogika va boshqalar) bilan bevosita munosabatdor yutuqlardan foydalanishni ifodalaydi. Ayni vaqtda huquqiy tarbiyaning ilmiyligi uning mavjud holatini aks ettirmaydigan sub'ektivizm bilan, huquqiy voqelikni baholashda mafkuraviy andozalardan foydalanish bilan chiqisha olmaydi. Huquqiy tarbiya murakkab faoliyat tizimi hisoblanganligi boisi mamlakatimizda ushbu masalaga alohida e’tibor bilan qaralmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Oliy Majlis qonularida bayon qilingan davlat hamda iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy tamoyillari demokratik normalar va ijtimoiy kafolatlarni qaror toptirishning zarur huquqiy zaminini yaratadi.
Endilikda shunday huquqiy tartibni ishlab chiqish, huquqiy madaniyatning shunday darajasiga erishish kerakki, unda qonunlarga rioya etish hamma uchun majburiy bo’lib, ularni buzish esa mutlaqo mumkin bo’lmay qolsin. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’l biz uchun huquqiy tarbiya maktabi bo’lib qolishi darkor. Har bir odam o’zlashtirib olishi kerak bo’lgan muhim saboq shundan iboratki, u qonun asosida yashashi va mehnat qilishi, qonun orqali o’z huquq va erkinliklarini himoya etishni o’rganishi, o’z majburiyatlarini og’ishmay bajarishi kerak. Boshqa odamlarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga hurmat bilan qarashni o’rganishimiz lozim. Boshqacha aytganda, qonun ustuvorligi hamma yerda tantana qilishi shart. Huquqiy targ’ibot, huquqiy ta’lim, huquqiy amaliyot va o’zini-o’zi tarbiyalash huquqiy tarbiya vositalariga kiradi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha vositalarni qo’llash asosida huquq haqidagi axborotlarni yetkazish, qabul qilish, o’zgartirish va undan foydalanish hamda uni amalda ro’yobga chiqarishni ko’zda tutuvchi huquqiy savodxonlikni amalga oshirish masalalari yotadi. Zotan, hozirgi amalga oshirilgan o’zgarishlar, jumladan, Konstitutiyamiz ham muayyan huquqiy ongga ega bo’lgan bo’lgan kishilarga mo’ljallangan. Biroq na huquqiy savodxonlik, na huquqiy madaniyat, yuqorida qayd etganimizdek, o’zidan-o’zi vujudga kelib qolmaydi. Demak, uni maktab partasidan boshlab to kasb-hunar kollejlari, liseylar va boshqa oliy o’quv yurtlarida shakllantirish zarur. Binobarin, voyaga yetayotgan o’quvchi yoshlarga tegishli huquqiy e’tiqodlarni-huquqqa, huquqiy hodisalarga ijobiy munosabatni, huquqiy bilimlarni doimiy ravishda kengaytirib va chuqurlashtirib borish ehtiyojini tarbiyalash g’oyat muhimdir.


    1. Download 62.58 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling