I bob. I. bob. Sotsial ustanovka


Download 78.89 Kb.
bet1/7
Sana11.11.2023
Hajmi78.89 Kb.
#1766542
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
psixologiya 7


MAVZU: SOTSIAL USTANOVKA.
MUNDARIJA:
Kirish................................................................................................2
Asosiy qism:
I.BOB. I.BOB. SOTSIAL USTANOVKA.
1.1. Sotsial ustanovka tushunchasi………………………………………….5
2.2. Sotsial ustanovkalarni o‘rganishdagi uch bosqich……………………10
II.BOB.ATTITYUD USTIDA OLIB BORILGAN IZLANISHLAR.
2.1. Attityud tushunchasining mohiyati va attityudning vazifalari……17
2.2. Ustanovkalarning to‘rt bosqichli tizimi…………………………………25
III. Xulosa.............................................................................................29
Foydalanilgan adabiyotlar..................................................................31

KIRISH.
Ilm - fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘zining nutqida “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”1, deb ta’kidlagan edi. Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 – 2021 - yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo‘lmadi. O‘zbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida davlatimizning Birinchi prezidenti I.A.Karimov oliy ta’limni isloh qilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda sotsial psixologiyaning fan sifatida alohida o‘rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratgan edi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo‘lish uchun shaxs nafaqat o‘z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha sotsial munosabatlar tizimiga tayyor bo‘lmog‘i, sotsial faoliyatni boshqarishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamog‘i zarur. Boshqaruv, marketing va menejment, ta’lim va tarbiya sohalarida, ayniqsa, inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi – jamiyatda sog‘lom insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish yo‘lidir. Shuning uchun bugungi kunda Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, sotsial psixologiya va umuman, sotsial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Bu o‘rinda, ayniqsa sotsial tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini o‘rganish eng dolzarb masalalardandir.
Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada o‘ylashga, fikrlashga, mulohaza yuritib, o‘zi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda. Ya’ni, bu cheksiz olamda biz o‘zimizni o‘zgalarsiz, o‘z manfaatlarimizni o‘zgalar manfaatisiz tasavvur qila olmaganimiz uchun ham sotsial psixologiyani bilishga majburmiz. Zero, mustaqil davlatimizning siyosati inson manfaatini himoya qilish, uning uchun munosib turmush tarzini yaratish ekan, bu ishlarni amalga oshirish uchun bo‘lg‘usi mutaxassis, pedagog - o‘qituvchi, ziyoli ijtimoiy borliq qonuniyatlarini bilishi va undan maromida foydalanib, turmush normalariga bo‘ysungan holda jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallab, fuqarolik burchini ado etishga tayyor bo‘lishi darkor. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, talabalar hukmiga havola etilayotgan “Sotsial psixologiya” o‘quv qo‘llanmasi shaxs va jamiyat munosabatlari qonuniyatlarini tavsiflashga bag‘ishlangandir.

Download 78.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling