I bob. Ijtimoiy soha va aholini qo’llab-quvvatlash xarajatlari


Download 211.89 Kb.
bet12/14
Sana31.01.2024
Hajmi211.89 Kb.
#1819327
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
BYUDJET TAQCHILLIGI

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ushbu bitiruv malakviy ishini o’rganib tahlil qilish jarayonida davlat byudjetining ijtimoiy-madaniy soha xarajatlarini moliyalashtirish tartibi va unining byudjet mablag’larida tutgan o’rni atroflicha o’rganib yillar davomida mamlakatimizda kuchli ijtimoiy himoya davlat dasturi asosida ish olib borilayotganligini guvohi bo’ldim. Xorijiy mamlaktlar misolida bu ko’rsatkich juda ham past. Ijtimoiy soha xarajatlari yillar davomida o’sib aholi farovonligini oshirmoqda.
Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan xarajatlari jamiyatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi , chunki davlat amalga oshirayotgan, aholining hamma qatlamlari manfaatlariga dahldor bo’lgan iqtisodiy faoliyat natijalari ijtimoiy soha orqali ro’yobga chiqadi. Ayniqsa, aholining kam ta’minlangan va kam himoyalangan qismi -qariyalarga, nogironlar, bolalarga, ayollarga ijtimoiy yordam berish va ularga yaxshi turmush sharoitni yaratish bir tizimidan ikkinchi tizimga og’riqsiz o’tishga, fuqarolarda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarga bo’lgan ishonchni kuchaytirishga imkon beradi.Ijtimoiy soha xarajatlari ichida ta’lim yuqori ulushni tashki etib 2020-yil bu ko’rsatkich jami xarajatlarga nisbatan 34 foizni tashkil qilgan.
Bizning fikrimizcha, kasallik darajasini etiborga olgan holda, kunduzgi statsionarlarni kengaytirish bilan shifoxonalarda o’rin kunlarini qisqartirishga erishish va iqtisod qilingan mablag’larni tibbiy xizmat sifatini oshirishga sarflash maqsadga muvofiq bo’ladi.Kelgusi moliya yiliga byudjetdan ajratiladigan mablag’lar olishga buyurtmalarni berishda sog’liqni saqlash xarajatlari tarkibida ushbu muassasalarning salmog’ini oshirish kerak bo’ladi, bunda davlat byudjeti mablag’larini ishlatish samaradorligi oshadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «O‘zbekiston-bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» asarida kuchli ijtimoiy siyosat-iqtisodiy o‘zgarishlarning ishonchli kafolati ekanligi va bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish kerakligi ta’kidlangan. Bu shuni anglatadiki, bozor munosabatlariga o‘tish davridagi iqtisodiy tizim islohoti aholini, ayniqsa uning muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyalash masalasini birinchi o‘ringa qo‘ydi.
Mustaqillikka erishgan vaqtimizdan boshlab erishilgan ulkan yutuqlarimizdan biri bozor munosabatlarining qaror topayotganligi, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan yangicha demokratik tuzum, fuqarolik jamiyati rivojlanib borayotganligidir. Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining bir qancha asarlarida ijtimoiy himoya tizimini yanada yaxshilash va mustahkamlash to‘g‘risida o‘z yo‘nalishlarini belgilab berdi. O‘tgan davr mobaynida ijtimoiy ta’minot sohasida ulkan o‘zgarishlar va islohotlar amalga oshirildi. Hukumat qarorlari va Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning miqdorlarini oshirib borish to‘g‘risida»gi Farmonlari kuchli ijtimoiy himoya mexanizmining o‘zgaruvchan sharoitga mos bo‘lishi uchun kuchaytirib borish tadbirlarini o‘z ichiga olgan.
Rivojlangan davlatlarda iqtisodiy o’sish suratlarining yuqoriligi natijasida davlatning ijtimoiy xarajatlarni o’rta va uzoq muddatga mo’ljallangan istiqbol ko’rsatkichlarni o’zida mujassamlashtirgan byudjetlar tuzilishi amaliyotga kiritiladi, chunki bunday byudjetlar davlatning keyingi yillarda bo’ladigan ijtimoiy xarajatlariga ehtiyojini o’zida aks ettiradi. Ushbu byudjetlardagi asosiy ma’lumotlar, tabiiyki, yillik byudjetlarni tuzish va xarajatlarni rejalashtirishda asosiy ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Natijada ikki, uch, besh yillik byudjet rejalari asta-sekin oldindan belgilanadigan ijtimoiy soha xarajatlarining pragnoz ko’rsatkichlari tarzida tuzila boshlandi. Respublikamizda ijtimoiy xarajatlarni o’rta va uzoq muddatga mo’ljallangan va istiqbol ko’rsatkichlarini o’zida mujassamlashtirgan byudjetlar tuzilishini amaliyotga kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Download 211.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling