I bob. Ijtimoiy soha va aholini qo’llab-quvvatlash xarajatlari


O’zbekiston Respublikasi 2020-yilgi Davlat byudjetining xarajatlar tarkibi


Download 211.89 Kb.
bet10/14
Sana31.01.2024
Hajmi211.89 Kb.
#1819327
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
BYUDJET TAQCHILLIGI

O’zbekiston Respublikasi 2020-yilgi Davlat byudjetining xarajatlar tarkibi.

Xarajatlar

Xarajatlarning jamiga nisbatan foiz hisobida

1. Ijtimoiy – madaniy soha xarajatlari jumladan:

  • Ta’lim

  • madaniyat , va jismoniy tarbiya

  • sog’liqni saqlash

  • ijtimoiy taminot

58,9
34,1 1,07 14,5
0,4

2. Aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlari jumladan:
-aholi uchun ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan xizmatlarni baxolari o’rtasidagi farqni byudjetdan qoplash
-bolali oilalarga nafaqalar va kam taminlamgan oilalarga moddiy yordam

7,7
3,1
4,6

3. Iqtisodiy xarajatlar

11,09

4. Markazlashgan davlat kapital qo’yilmalarni
moliyalashtirish xarajatlari

5,4

5 Davlat hokimyati, davlat boshqaruv organlari va sud organlarini saqlash xarajatlari

4,08

6. Vazirlar Mahkamasining rezerv fondi

0,1

7. Boshqa xarajatlar

20,4

8. Jami xarajatlar

100,0

Yuqoridagi jadvalda ko’rinib turibdiki,aholini ijtimoiy himoya qilish bilan bog’liq xarajatlar davlat byudjeti xarajatlarining 59.2 foizni tashkil etgan.Shundan ta’lim uchun 34 foizdan ortiq,madaniyat va jismoniy tarbiya uchun 1.8 foiz, sog’liqni saqlash xarajatlari 14.5 foizni tashkil etdi.Iqtisodiy xarajatlar 10.6 foizni tashkil etgan bo’lsa boshqa xarajatlar 20.6 foizni tashkil qilgan.
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ham 2020-yilda izchil va aniq maqsadga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
Sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash uchun o‘tgan yili Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga aylantirildi. Bu faqat o‘tgan yil davomida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 154 ta tibbiyot muassasasini qurish va rekonstruksiya qilishga 255 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish, 7,5 ming o‘ringa mo‘ljallangan shifoxonalarni va bir smenada 11 ming kishini qabul qila oladigan ambulatoriya-poliklinika ob’ektlarini foydalanishga topshirish imkonini berdi. Tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun Jamg‘arma tomonidan 8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturini bajarish doirasida umumiy qiymati 50 million so‘mga teng sanitariya va gigiyena vositalari, xalq iste’moli mollari kam ta’minlangan hamda ko‘p bolali oilalar, nogironlar, nafaqaxo‘rlar, yolg‘iz qariyalar, shuningdek, hududdagi ijtimoiy soha obyektlariga tarqatiladi.
Davlatimiz rahbari o`z ma`ruzalarida aynan mavjud umumta`lim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uni rivojlantirish zarurligi to`g`risida ko`satmalar berib o’tgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida O`zbekistonda rejali asosda umumiy va o`rta-maxsus ta`limini rivojlantirish bo`yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda o`quvchi va talabalarning asosiy o`quv dasturlarini sifatli va to`laqonli o`zlashtirishlari uchun umummilliy miqyosda umumiy o`rta ta`limni to`la hajmda o`quvchilarga berilishini ta`minlash lozim. Ta`lim tizimini joriy moliyalashtirishga ajratiladigan har yillik byudjet mablag`lari bilan birga byudjetdan tashqari “Maktab ta`limi jamg`armasi” mablag`lari maqsadli ravishda mavjud maktablarni tiklash, ularni o`quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, maktab partalari va mebellar bilan jihozlash uchun ishlatiladi.
Tashkil etilgan byudjetdan tashqari Maktab ta`limi jamg`armasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
· byudjet mablag`larini hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag`larini, xorijiy kreditlar va grantlar
· Maktab ta`limini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan buzib tashlanadigan maktablar o`rniga yangi maktablar qurish, maktablarni mukammal rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta`mirlash, ularni o`quv-laboratoriya asbob-uskunalari kompyuetr texnikasi, maktab partalari va mebellar, sport anjomlari bilan jihozlash hajmlarini moliyalashtirish;
· Jamg`arma mablag`laridan Maktab ta`limini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun qat`iy maqsadli foydalanilishi ustidan monitoring olib borilishini ta`minlash.
Jamg`arma mablag`larini shakllantirishning asosiy manbalari qilib, quyidagilar belgilangan:
· davlat byudjetida alohida satrda nazarda tutilgan byudjet mablag`lari;
· mahalliy byudjetlarning soliq va yig`imlar bo`yicha prognozdan oshiqcha tushumlarni jalb etishdan olingan mablag`lar;
· xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;
· xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;
· Jamg`armaning vaqtincha bo`sh mablag`larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
· qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Ta’lim sohasidagi islohotlar o’zini oqlamoqda. Mustaqillik yillarida ta’lim tizimini tubdan modernizatsiya qilish imkonini bergan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish mamlakatimizni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishiga aylandi. 12 yillik majburiy ta’limga o‘tish, 1,5 mingdan ortiq kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni barpo etish iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlamoqda.
Ijtimoiy soha xarajatlaridan yana biri bu sog’liqni saqlash xarajatlaridir.Sog’liqni saqlash xarajatlari 2020-yilda 14.5 foizni tashkil qilgan. Mustaqillik yillarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, sog‘liqni saqlash tizimini kompleks isloh qilish va uning infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida aholining o‘rtacha umr ko‘rishi 67,2 yoshdan 75 yoshga uzaydi, onalar va chaqaloqlar o‘limining barqaror ravishda uch baravardan ortiq kamayishiga erishildi.
Insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan vazifaning ijobiy hal etilishi aynan ijtimoiy-madaniy sohalar taraqqiyotiga bog’liqdir.Shuni nazarda tutgan holda ,hozirgi kunda mamlakatimizda ijtimoiy soha xarajatlari asosan mahalliy byudjetlardan moliyaviy taminlanmoqda.
Ijtimoiy-madaniy tadbirlarni o’tkazish va byudjet tashkilotlarining alohida xarajatlarining belgilangan me’yorlarga asosan moliyalashtirish ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlari,loyiha parametrlariga kiritiladi.Aholini ijtimoiy ximoyalash tadbirlarining loyiha parametrlarida kam taminlangan bolali oilalarga to’lanadigan nafaqalar va aholi uchun ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan xizmatlar uchun farqni byudjetdan qoplash bilan ifodalanadi.
Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan xarajatlari faqat ijtimoiy emas, balki iqtisodiy ahamiyatga ega bo’ladi,jamiyatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi,chunki davlat amalga oshirayotgan,aholining hamma qatlamlari manfaatlariga dahldor bo’lgan iqtisodiy faoliyat natijalari ijtimoiy soha orqali ro’yobga chiqadi.Shuning uchun “moliyayaviy ahvol qanchalik murakkab bo’lmasin,ta’lim,sog’liqni saqlash,fan va madaniyat sohasini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun zarur mablag’ qidirb topilishi shart” degan edi prezdentimiz I.A.Karimov .
Ijtimoiy –madaniy sohalar iqtisodiyotning katta bir bo’lagi hisoblanadi,jamiyat va uning azolariga nomoddiy sususiyatdagi xizmat ko’rsatish vazifasini amalga oshirish bilan shug’ullanadi.
Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quydagilarga mo’ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi:
· fan,ta’lim, madaniyat,sog’liqni saqlash,jismoniy tarbiya va sport;
· ijtimoiy taminot;
· aholini ijtimoiy himoyalash;
· Respublika davlat hokimyati va boshqaruv organlari faoliyatini taminlash;
· Qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
· Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Ijtimoiy soha-insonlarning turmush darajasini,aholi farovonligini taminlash rivojlantirish bilan bog’liq tizimdir.Ijtimoiy sohaning rivojlanishini baholovchi va tartibga soluvchi asosiy mezonlar uning asosiy vazifalarini aniqlaydi.
Jumlada:
· Iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirish;
· Inson patensialini saqlash va rivojlantirish;
· Jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni saqlash va taminlash.
O’zbekiston Respublikasida barcha sohalar kabi ijtimoiy sohalarda ham chuqur o’zgartirishlarni amalga oshirish hozirgi kunning asosiy talablaridan biridir.Ijtimoiy soha har qanday iqtisodiyotning jumladan,bozor iqatisodiyotining tarkibiy qismi bo’lib,u bevosita insonlar hayoti va mehnati bilan chambarchas bog’langan.Shuning uchun ham uning muommolari har qanday sharoitda muhum ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston manaviy-axloqiy ananalari mustahkam oila,ijtimoiy o’zaro yordam an’analariga muvofiq keksalar va bolalar ehtiyojlari diqqat bilan qaraladi,himoyasiz qolganlarga muruvvat ko’rsatiladi. Bugungi kunda aholi yoshining tarkibi respublikamizdabarcha ijtimoiy jarayonlarga tasir ko’rsatmoqda,bu sohadagi muommolarni o’tkirlashtirmoqda .Bu esa ijtimoiy masalalarni,jumladan,ijtimoiy yordam,pensiya ta’minoti,maorif va sog’liqni saqlash jarayonlarini isloh etishning ustuvor yo’nalishlari ekanligini belgilab bermoqda.Ayni paytda milliy iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida ijtimoiy madaniy va aholini ijtimoiy himoyalash sohalarini yanada rivojlantirishning zarurligi,bu sohani moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishni taqazo etadi.
4-jadval.

Download 211.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling