I bob. Ijtimoiy soha va aholini qo’llab-quvvatlash xarajatlari


I - BOB. IJTIMOIY SOHA VA AHOLINI QO’LLAB-QUVVATLASH XARAJATLARI


Download 211.89 Kb.
bet2/14
Sana31.01.2024
Hajmi211.89 Kb.
#1819327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
BYUDJET TAQCHILLIGI

I - BOB. IJTIMOIY SOHA VA AHOLINI QO’LLAB-QUVVATLASH XARAJATLARI.
1.1. Aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatishni tashkil etish.
Mustaqillik munosabati bilan respublikamizda ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minotning mazmun va mohiyati tubdan o‘zgardi. Ijtimoiy himoya davlatimizning ichki siyosatining asosiy tamoyillaridan biri qilib belgilandi, chunki bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tib borar ekanmiz, aholini kam ta’minlangan, muhtoj qatlamini ijtimoiy larzalardan ishonchli tarzda himoyalash va kafolatlash zarur. Aholini davlat himoyasiga muhtoj bo‘lgan qatlami ko‘p bolali oilalarni, qariyalar, nogironlar, boquvchisidan mahrum bo‘lganlarning ahvoli, bozor munosabatlarga o‘tish davrida narx-navoning oshishi, pulning qadrsizlanishi bilan tirikchiligi qiyinlashib qoladi. Shu mubosabat bilan davlat o’z oldiga ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqargan holda, aholining eng nochor qatlamlari — keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko‘p bolali oilalar, o‘quvchi yoshlarning davlat tomonidan ijtimoiy muhofazag bo‘lgan kafolotli huquqlarini ta’minlashdan iboratdir. Hozirgi davrdagi asosiy maqsad bo‘lib hisoblangan davlatning asosiy vazifasi kishilar boshiga ochlik va muhtojlik tushishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Har qanday davlat ham o‘z aholisini himoya qila olsagina, u insonparvar davlat bo‘la oladi. Kishilarning ijtimoiy himoyalashning va huquqiy kafolotlashnin kuchli va ta’sirchan mexanizmi mavjud bo‘lgandagina, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlab qolish mumkin. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo`yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo`lishi mumkin emas” –deyilgan. Kuchli ijtimoiy siyosat Respublikamiz«Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish , davlatning aholini ijtimoiy nochor qatlam va guruhlarini qo`llab-quvvatlash borasida mas`ul bo`lishi »degan edi Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoye\v. Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo`naltirilgan xarajatlari faqat ijtimoiy emas, balki iqtisodiy ahamiyatga ega bo’ladi, jamiyatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi, chunki davlat amalga oshirayotgan, aholining hamma qatlamlari manfaatlariga daxldor bo`lgan iqtisodiy faoliyat natijalari ijtimoiy soha orqali ro`yobga chiqadi. Inson munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirish vazifalarining ijobiy hal etilishi aynan ijtimoiy-madaniy sohalar taraqqiyotiga bog`liq. Yuqoridagilardan kelib chiqib kuchli ijtimoiy siyosat bevosita aholini turmush darajasini, uning faravonligini oshirishning asosiy omili bo`lib hisoblanadi va u quyidagi yo`nalishlarni o`z ichiga oladi:

  1. Daromad siyosati

  2. Ijtimoiy ta`minot va ijtimoiy kafolatlar

  3. Aholini ish bilan ta`minlash va mehnat bozorini shakllantirish

  4. Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish va ular sifatini yaxshilash.

Aholi turmush darajasini oshishida ish haqi miqdorini uzluksiz oshirib borishi muhim ahamiyatga ega. Respublikamizni o`tgan davrlarda qo`lga kiritgan salmoqli yutuq va natijalari xalqimizning daromadlari va faravonligini izchil ravishda oshirib borishga, keng ko`lamli ijtimoiy dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini berdi. 2013-yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdorini o‘rtacha 23 foizdan kam bo‘lmagan darajada oshirish, 2013-yilda va keyingi ikki yilda aholi real daromadlarini kamida bir yarim barobar ko‘paytirish vazifasi qo‘yilmoqda..Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovni Vazirlar Mahkamasining yig`ilishidagi ma`ruzasida ta`kidlaganidek 2020- yilda mamlakatimizda o`rtacha ish haqini kamida uchdan bir miqdorda, 2013- yilga borib esa 2.5 barobarga oshirish vazifasi qo`yilmoqda.Ijtimoiy ta`minot va kafolatlar deganda aholining nafaqaxo`r, bolalikdan nogiron, urush nogironlari, ishsizlar, ko`p bolali kabi qatlamlari borki ularni ijtimoiy ximoyalash davlatning vazifalaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy ta`minot va kafolatlar ichida pensiya va ijtimoiy nafaqalar asosiy o`rinni egallaydi. Ish bilan ta`minlash mehnat bozorini shakllantirish aholi ijtimoiy ta`minotida ma`lum salmoqga ega. Keyingi yillarda ko`rilgan chora tadbirlar asosida, yurtimizda zamonaviy mehnat bozori shakllandi. Mustaqillik yillarida 5 milliondan ortiq yangi ish o`rinlari tashkil etildi. Ularning 70 foizidan ziyodi sanoat va xizmat ko`rsatish sohalariga to`g`ri keldi. Shahar va qishloqlarda birinchi navbatda xotin- qizlarni ish bilan ta`minlash imkonini beradigan, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya asosida tashkil etiladigan kasanachilik jadal rivojlanmoqda. Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish (aholining ayrim qatlamlariga bepul yoki imtiyozli) ham ularni ijtimoiy ximoyalashning yo`nalishlaridan biri hisoblanadi . Bu bo`yicha keyingi yillarda aholiga tibbiyot, ta`lim, kommunal va boshqa xizmatlarning turi ko`payganligi va sifati yaxshilanganligini alohida qayd etish lozim. Umuman aholini ijtimoiy himoyalash va ijtimoiy ta`minot mamlakatimizda dolzarb sohalardan hisoblanadi. Bu to`g`risida Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda – «Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab amalga oshirilayotgan bu siyosatning amaliy tasdig`i sifatida shuni ta`kidlash kerakki, ijtimoiy soxaga yo`naltirilayotgan mablag`lar davlatimiz budjetining umumiy xarajatlariga nisbatan 2000-yilda 51 foizni tashkil etgan bo’lsa bu ko’rsatkich 2013-yilga kelib 60 foizdan yuqori bo`lishi belgilab qo`yilgan. Bunday ko`rsatkichlar boshqa davlatlar tajribasida kamdan-kam uchraydigan hol, desak, bu ayni haqiqatdir» - degan edi. Prezidentimizning «xalqimiz salomatligini saqlashda fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan shifokorlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman», degan so‘zlaridan har bir shifokorning qalbi g‘ururga to‘ldi, desam yurtimizdagi barcha hamkasblarimning fikrini aytgan bo‘laman.Shunday yuksak ishonchga javoban, biz ham ezgu maqsad yo‘lida faol harakat qilishimiz, xalqi-miz salomatligini asrash va yanada mustahkamlash yo‘lida tinmay izlanishimiz, fidoyi bo‘lib mehnat qilishimiz zarur. Xususan, dasturiga muvofiq, onalar va bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishga doir chora-tadbirlar hayotga izchil tatbiq etilishida faol ishtirok etishimiz talab etiladi. Bu sog‘lom va barkamol avlod ulg‘ayishi, farzandlarimiz hayotga katta kuch, keng dunyoqarash bilan kirib kelishi, pirovardida, turmushimiz yanada farovon bo‘lishida alohida o‘rin tutadi.
Keyingi yillarda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va nufuzi ortib borayapti. Mahalliy ijro hokimiyati organlarining ayrim vakolatlari ushbu tizimga o‘tkazildi. Natijada mahallaning ijtimoiyiqtisodiy, ma’naviy hayotiga oid muhim masalalar fuqarolar yig‘inlarining o‘zida hal etilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Darhaqiqat, xalqimiz turmushiga oid urf-odat va ezgu an’analarning shakllanishi, yashab kelishi, ayni paytda rivojlanishida mahallaning tarixiy o‘rni va ahamiyati beqiyos. Mahalla kishilarning mehr-oqibatli bo‘lib, hamjihatlikda yashashini ta’minlashga xizmat qiluvchi institut hisoblanadi. Shu bois har bir oila va jamiyatning farovonlashuvida uning ta’sirchanligi, hayotimizdagi qadr-qimmatini oshirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, odamlarning qalbi va intilishlarida yurt obodligi, tinch va farovon hayot barpo etish g‘oyalari mujassam bo‘lishi, barcha bir yoqadan bosh chiqarib, ezgu ishlarni amalga oshirishida mahallaning xizmati katta.
Davlatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish dasturiga binoan mablag'lar ajratiladi. Ijtimoiy xarajatlar asosan, ijtimoiy madaniy tadbir xarajatlariga va aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlariga bo'linadi. Bu yo'nalishdagi xarajatlar nomoddiy sohaga mo'ljallangan mablag'lar hisoblanadi. Bu xarajatlarga: maorif, sog'liqni saqlash, madaniyat va fan hamda boshqa xarajatlarni sanab o'tish mumkin. Budjet korxonalari tarkibida yana bir guruh xarajatlar boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari ham rejalashtiriladi. Bu guruh xarajatlariga mudofaa, ichki ishlar vazirligi, milliy havfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasining rezerv fondi ko'zda tutiladi.
So’ngi yillarda aholining daromadlarining oshishi mamlakatimiz turmush darajasini yaxshilanayotganligi va kam taminlangan oilalar sonini sezilarli pasayotganligiga sabab bo’layotganligini ko’rishimiz mumkin.
Aholi daromadlari barcha aholiga tegishli pul va natural (mahsulot shaklida) tushumlar hamda ko`rsatilgan bepul xizmatlar summasi, aholining milliy daromaddagi hissasi. Aholining jami turdagi daromadlari manbai ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar, mukofot, fonda, dividend, zayom va lotereya yutug`i, bank to`lagan foiz puli, ko`chmas mulkdan kelgan renta to`lovi va ijara puli, sug`urta qoplamalari va boshqalardan iborat. Aholi jon boshiga hisoblangan real daromad aholi turmush darajasining umumlashgan va yaxlit ko`rsatkichi hisoblanadi. Iqtisodiyotda aholi yalpi pul daromadlaridan barcha majburiy va ixtiyoriy to`lovlar (soliqlar, qarz puli, badallar) chegirib tashlangandan so`ng uning qo`liga tegadigan daromad ham muhim ahamiyatga ega. Aholi qo`liga tegadigan daromad miqdoriga soliqlar kuchli ta`sir etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi daromadning 2/3 qismini tashkil etadi. Agar mamlakatda xususiy mulk ustivor, renta, aholi pul jamg`armasi ko`p bo`lsa, bank to`laydigan foiz puli salmoqli bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari tarkib jihatidan mehnatdan, tadbirkorlikdan, mulkdan olingan daromadlar va transfert (nochorlarga budjetdan beriladigan nafaqa va yordam puli) kabi daromadlardan shakllanadi. Transfertlar nobozor daromadi, qolganlari bozor daromadi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida O`zbekistondagi aholi daromadlarida bozor tizimiga xos yangi daromad turlari (tadbirkorlik, mulk daromadi kabilar)ning ko`payib borishi kuzatiladi.



Download 211.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling