Pensiya va nafaqalar..(oyiga)
|
2019-yil
1-dekabr holati
|
2020-yil
1-avgust holati
|
2020-yil
1-dekabr holati
|
Ish haqi.
|
62920
|
72355
|
79590
|
Yoshga doir pensiyalar.
|
123060
|
14152
0
|
155670
|
Bolalikdan nogironlarga
beriladigan nafaqa.
|
123060
|
14152
0
|
155670
|
Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mexnatga layoqatsiz fuqorolarga nafaqa.
|
75510
|
86883
5
|
95520
|
Jadval ma’lumotlaridan shuni ko’rishimiz mumkinki oxirgi ikki yil mobaynida yoshga doir pensiya,bolalikdan nogironlarga zarur ish stajiga ega bo’lmagan keksa yoshdagi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalarning minimal miqdorlari o’sish tendensiyasiga ega.
Hozirgi sharoitda aholining ijtimoiy himoya turlari kengayib, uning qo‘llanish asoslarini tubdan o‘zgartirish talab qilinayotgan bir paytda xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soni va sarflanayotgan mablag‘ miqdori jihatidan pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalashda asosiy o‘rinni egallaydi. 1993-yil 3-sentabrda Oliy Majlis tomonidan O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan. Ushbu Qonun 9 ta bob, 67 ta moddadan iborat. Undagi moddalar davlat pensiyalarini 3 xil turiga bag‘ishlangan va Qonun faqat ish staji bo‘lgan shaxslargagina va ularning oila a’zolariga pensiya tayinlash mumkinligini ko‘zda tutadi. Qonunni qabul qilishda O‘zbekiston Respublikasining demografik, geografik va iqlim sharoitlari va urf-odatlari hisobga olingan. Bu xususiyatlar Qonunning ish stajini hisoblashga, imtiyozli pensiyalar tayinlashga doir boblarda o‘z ifodasini topgan. Qonun respublika qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga moslashganini hisobga olib, qishloq xo‘jalik xodimlarining ayrim toifalari paxtakor, sholikor, tamakikor ayollarga, cho‘ponlarga, paxta suvchilariga umumiy pensiya yoshini besh yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya tayinlash mumkinligini belgilagan. Davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilangan:
Yoshga doir pensiya;
Nogironlik pensiyasi ;
III.Boquvchini yo‘qotganlik pensiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |